Guliston davlat universiteti kasbiy pedagogika fandan
Ijtimoiy tajriba yoki madaniyatni maqsadga muvofiq pedagogik tilga o‘girilishi
Download 1.89 Mb. Pdf ko'rish
|
Guliston davlat universiteti kasbiy pedagogika fandan
2. Ijtimoiy tajriba yoki madaniyatni maqsadga muvofiq pedagogik tilga o‘girilishi.
O‘qituvchi tomonidan uzatilishi va o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirishiga imkon beruvchi omillar tizimiga pedagogik jarayon deb ataladi. Pedagogik jarayonni tashkil etuvchi muhim komponentlar sirasiga uning ishtirokchilari, maqsadi, mazmuni kiradi Chunki bu tarkibiy qismlar (komponentlar)siz ta’lim-tarbiya va rivojlanish jarayoni meyorida kechishi mumkin emas. Demak, pedagogik jarayonda o‘quvchi bilimi, va shaxsiy fazilatlaridagi o‘zgarishlar bosh ko‘rsatkich hisoblanadi. Shuning uchun ham kasbiy ta’lim-tarbiya ishi shunday tashkil etilishi zarurki, unda imkon qadar belgilangan maqsadga erishilsin, buning uchun empirik tasavvurlar va hayotiy tajribalar bilan chegaralanib qolish kamlik qiladi. To‘laqonli kasbiy ta’lim maqbul vaqt davomida belgilangan o‘quv materialini o‘quvchilar tomonidan talab darajasida har tomonlama chuqur va puxta o‘zlashtirilishini ta’minlab, jamiyat taraqqiyotiga o‘zining munosib hissasini qo‘shuvchi yuqori malakali, keng ixtisosli, raqobatbardosh mutaxassis kadrlar tayyorlashni anglatadi. Bundan kasb-hunar ta’limining aniq maqsadga yo‘nalganligi kelib chiqadi. Ana shu maqsadga yo‘nalganlik o‘z navbatida jamiyat taraqqiyotida muhim ahamiyat kasb etadi. Demak, kasb-hunar ta’limi o‘ziga xos ijtimoiy vazifani bajaradi. Kishilik jamiyatining turli tarixiy davrlarida kasb-hunar ta’limining maqsadlari, mazmuni, hajmi, xarakteri, tashkil etish shakllari, amalga oshirish metod va vositalari turlicha bo‘lgan. Kasbiy ta’lim mazmunining hajmi kishilik jamiyati tajribalari, madaniyati ko‘lamiga, xarakteri esa uning darajasi, yo‘nalishi va eng avvalo jamiyat tuzilmasiga bog‘liq bo‘ladi. Bundan jamiyat maqsadi, talab va ehtiyojlari, orzu- umidlariga binoan kasbiy ta’lim-tarbiya mazmuni, uning tarkibi va yo‘nalishi aniqlanishi kelib chiqadi. Kasbiy ta’lim jarayonida o‘quvchilar ta’lim (o‘quv materiali) mazmunini o‘zlashtiradilar. Bu mazmun qancha kam va tushunarli bo‘lsa, kasbiy ta’lim-tarbiya jarayoni ham unga mos holda qisqa bo‘ladi. Lekin bu jarayon samaradorligi aniq boshlang‘ich va so‘nggi holatiga ko‘ra baholanadi. Umuman, ta’lim-tarbiya, shuningdek, kasb-hunar ta’limi jarayoni murakkab jarayonlar turkumiga mansubligi e’tirof etilgan. Chunki o‘quv materialining o‘zlashtirilishini ta’min etuvchi psixik jarayonlarni bevosita kuzatish imkoniyati mavjud emas. Ular to‘g‘risida o‘quvchilarning tashqi ko‘rinishlari (hatti -harakatlari) va natijaga binoan xulosa chiqarish mumkin xolos. Shuning uchun ham kasb-hunar ta’limining mohiyatini tushunish uning qonuniyatlari va qoidalarini bilishni talab etadi. Biz kasbiy ta’lim mazmuni deganda pedagogik tilda o‘z ifodasini topgan jamiyat to‘plagan tajribalarni tushunamiz. U bir paytning o‘zida ta’lim maqsadlari, o‘zlashtirish obyekti, ta’lim- tarbiya natijasi sifatida namoyon bo‘ladi. Kasb-hunar ta’limi jarayonida maqsad, mazmun, o‘zlashtirish qonuniyatlariga mos aniq maqsadlar shaklida o‘quvchilar oldiga vazifa sifatida 65 qo‘yiladi. O‘quvchilar vazifalarning mohiyatini anglab, unga mos o‘quv-bilish faoliyatini amalga oshiradilar. Natijada o‘quvchilarning ongli, faol, mustaqil o‘quv-bilish faoliyati orqali o‘quv materialini o‘zlashtirilishiga erishiladi. O‘qituvchi o‘zlashtirish qonuniyatlarini bilish orqali o‘quvchilarning o‘quv-bilish faoliyatlarini boshqarish imkoniyatiga ega bo‘ladi. O‘zlashtirish natijalari esa, o‘z navbatida keyingi xatti-harakatlar xarakterini belgilaydi. Shunday qilib, kasb-hunar ta’limi o‘quvchilar oldiga ma’lum maqsadlarning qo‘yilishi bilan boshlanadi. Maqsadning qo‘yilishi va uning qabul qilinishi turlicha kechishi mumkin. Eng avvalo u diqqat-e’tiborini qaratish, eshitish, ko‘rish, ushlab ko‘rish, xatti-harakat usullarini bajarish, ya’ni idrok (his) etish darajasida amalga oshiriladi. Keyinchalik maqsadlar murakkablashib, turli vazifalar, savollar ko‘rinishiga ega bo‘lib, amaliy xarakterdagi ijodiy ishlarni bajarish darajasigacha oshib boradi. Maqsadlarni o‘quvchilarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bevosita talabalar ehtiyojlari, ya’ni materialning yangiligi, o‘quvchining mustaqilligi, o‘ziga bo‘lgan ishonchi kabilarni hisobga olgan holda qo‘yish zarur. Ta’limning keyingi bosqichi yangi axborotni idrok etish va mohiyatini tushunishni tashkil etishdir. Idrok etish turli yo‘llar bilan tashkil etiladi, unda avvalgi o‘zlashtirilganlarga tayanish va kelgusilariga ishora qilish holatlari bir paytning o‘zida kechadi. Bunda yangi materialni tashkil etish turlicha: induktiv, deduktiv yoki traduktiv kabilar ko‘rinishida bo‘lishi mumkin. Keyingi bosqich idrok etilganni xotirada saqlash, yangi axborotlarni mustahkamlashdir. Lekin o‘qituvchi uchun har doim o‘zlashtirish jarayoni qanday kechayotganligini bilish muhim ahamiyat kasb etadi. Buning uchun o‘z navbatida teskari aloqani amalga oshirish zarur. Teskari aloqa faqat o‘qituvchiga o‘zlashtirish natijalarini aniqlash uchungina emas, balki o‘quvchilar uchun o‘zini-o‘zi nazorat qilish, o‘qib-o‘rganishga nisbatan ongli munosabatda bo‘lish uchun zarur. Shuning uchun ham o‘zlashtirish natijasini nazorat qilish kasbiy ta’lim-tarbiya jarayonining muhim bosqichi sifatida e’tirof etiladi. Yuqorida zikr etilgan barcha bosqichlar birgalikda kasbiy ta’limning yaxlitligini ifodalaydi. Shuningdek, bu barcha bosqichlar ochiq- oydin o‘zini ko‘rsatadi, degan ma’noni anglatmaydi. Real ta’lim jarayonining u yoki bu bo‘lagida (bosqichida) ular o‘rin almashishi va turli darajada namoyon bo‘lishi mumkin. Bu holat pedagogik mantiqqa tegishlidir. Ta’lim jarayonini harakatga keltiruvchi kuch sifatida jamiyatning yuqori malakali, keng ixtisosli, raqobatbardosh kadrlarga bo‘lgan talabi bilan ularni haqiqiy tayyorgarlik darajasi orasida ziddiyatlar e’tirof etilgan. Bu ziddiyatli holatni harakatga keltiruvchi kuch sifatida barcha ko‘rinishda ta’lim mazmunini o‘zlashtirish va o‘quvchini shakllantirish qonuniyatlari hisobga olingan holda amalga oshiriladi. Demak, kasb-hunar ta’limida jamiyat talablari asosiy omil hisoblanadi. Ularsiz kasbiy ta’lim- tarbiya jarayoni bo‘lmaydi, bo‘lishi ham mumkin emas. Jamiyatda yosh avlodni tayyorgarlik darajasiga qo‘yilgan talablar kasbiy tayyorgarlik natijalarini baholash uchun o‘ziga xos meyor va mezon vazifasini o‘taydi. Har doim ham talab bilan tayyorgarlik darajasi bir-biriga mos bo‘lavermaydi, bunday holat o‘z navbatida uzoq tarix davomida isbotlangan va muntazam ravishda rivojlanib boruvchi tajribalarni tez fursatlar ichida o‘rganish mumkinligini ko‘rsatadi. Shuning uchun ham har doim zikr etilgan ziddiyatli holat kasb ta’limini harakatlantiruvchi kuch sifatida xizmat qiladi. Bu ziddiyat turlicha shaklda o‘z ifodasini topishi mumkin. Har bir shaxsga kasbiy ta’lim berishda harakatga keltiruvchi kuch, bir tomondan unga qo‘yilgan talab, ikkinchi tomondan, undagi imkoniyat va motivlar orasidagi ziddiyatlar hisoblanadi. Ma’lumki, motivlarsiz kasbiy ta’lim jarayoni amalga oshmaydi. Demak, o‘quvchilarning motivasiyasi ziddiyatlarning muhim komponentidir. Kasbiy ta’lim o‘qituvchi-o‘quvchi, faol o‘quv-bilish faoliyati hamda ta’lim mazmunining o‘zaro ta’siri, aloqadorligi jarayonida sodir bo‘ladi. Aynan mana shu holat ta’limning ikki tomonlamaligi, ya’ni mazmuniy va jarayoniy jihatlarining yaxlitligini ko‘rsatadi. O‘zlashtirish ilgarigi tajriba bilan yangisini, yangi axborot bilan avval anglangan axborotlarni bir-biriga qo‘shilishidir. O‘zlashtirish ijtimoiy tajribani shaxsiy mulkka aylanishini anglatadi. O‘zlashtirish tartibsiz va maqsadga muvofiq ravishda amalga oshirilishi mumkin. Agar katta yoshlilar bolalar diqqat-e’tiborini o‘ziga tortib ma’lum obyekt xususiyatlarini tushuntirsa, maqsadga muvofiq o‘zlashtirish jarayoni kechgan bo‘ladi. Maqsadga muvofiq o‘zlashtirish ham o‘z navbatida mustaqil va maxsus tashkil etilgan jarayonda amalga oshadi. 66 Psixologik jarayonlar: idrok etish, fikr yuritish, xotira va uning natijasi o‘laroq o‘zlashtirish ham ma’lum faoliyat ko‘rinishidir. Yetuk psixolog olim L.S. Vigotskiy fikricha, individning mehnat faoliyati, eng avvalo qurollarni anglab, jamoaviy tajriba to‘plash natijasi sifatida namoyon bo‘ladi. Bu tajribani yosh avlod tomonidan o‘zlashtirish doimo idrok etish orqali kechadi. Shunday qilib, ma’lum materialni o‘zlashtirish shart-sharoitlari va vositasi avvalo tashqi moddiy, so‘ngra ichki (psixologik) faoliyatlarni birlashish (tutashish) joyida sodir bo‘ladi. Idrok etish har qanday o‘zlashtirishning boshlang‘ich va zaruriy sharti hisoblanadi. U eng avvalo moddiy xatti-harakatlarda, so‘ngra esa moddiylashtirilgan tasvirlarda, obyekt sari yoki belgilarda kechadi. Idrok etish, tasavvur hosil qila olish va undan bilim, ko‘nikma va malaka darajasiga rivojlantiriladigan mazmunga binoan o‘zlashtirish darajalari farqlanadi. Pedagogik psixologiyada tushunchalar, ko‘nikma, malaka fikrlash usullari farqlanadi. Bu faoliyatning har bir turi o‘ziga xos o‘zlashtirish usullarini talab etadi. Bilimlarni o‘zlashtirish: dalillarni idrok etish, fikrlash va xotirada saqlash jarayonida kechadi. Har qanday o‘zlashtirish jarayonining zaruriy komponenti xotirada saqlash hisoblanadi. Turli vaziyatlarda avval o‘zlashtirilgan bilimlarga tayanish xotirada ularni mustahkamlaydi. Bilimlar, ma’lum tartibga solinsa, boshqa bilimlar bilan qonuniy bog‘lansa, tizimli bilimning ma’lum bo‘lagiga aylansa to‘laqonli o‘zlashtiriladi. Bunday holda material hajmi o‘zlashtirishga to‘siq bo‘lmaydi. Bilimlar qancha aniq bo‘lsa, sezgi tajribalari o‘zlashtirishga asoslansa, ko‘rsatmalilikning roli shuncha ortadi. Sezgi organlari kancha chegaralangan, axborot mavhum va umumlashgan bo‘lsa, unga mos ravishda o‘quvchidan yuqori darajadagi umumlashtirish va mavhumlashtirish faoliyati talab etiladi. Lekin har qanday umumlashgan faoliyatning asosi aniq dalil, tushuncha tizimidan tashkil topadi. Download 1.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling