Guliston davlat universiteti kasbiy pedagogika fandan


Ta’lim mazmunini tanlab olishga umumiy yondashuv


Download 1.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/127
Sana15.02.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1201233
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   127
Bog'liq
Guliston davlat universiteti kasbiy pedagogika fandan

3.Ta’lim mazmunini tanlab olishga umumiy yondashuv. 
1. Kasbiy ta’limning maqsadi va ta’lim tarbiya faoliyati. 
U yoki bu ta’lim texnologiyasining tanlanishi eng avvalo maqsadga, ya’ni qanday darajada 
bilim, va shaxsiy fazilatlarning o‘zlashtirilishi nazarda tutilganligiga bog‘liq. 
Aniq maqsadni ko‘zlamagan mashg‘ulot samara bermaydi, chunki olingan natija bilan 
ko‘zlangan maqsadni bir-biriga qiyoslab pedagogik jarayon (mashg‘ulot) samaradorligini aniqlash 
mumkin, xolos. Yetarli darajada aniq bo‘lmagan maqsadsiz mashg‘ulot ishtirokchilarning ortiqcha 
hissiyotlarga berilishi, o‘quvchilarni o‘quv-bilish faoliyatiga undovchi rag‘batning pasayishi, o‘quv 
materiali, o‘quv predmeti, tanlagan kasbiga nisbatan salbiy munosabatda bo‘lishi kabilarga sabab 
bo‘ladi. 
An’anaviy ta’lim maqsadni pedagog faoliyati orqali ifodalashga intilgan. Masalan, qishloq 
ho‘jalik mashinalari turkumiga mansub pluglarning tasniflanishini bayon etish. Bu bir 
tomonlamalikni keltirib chiqarishi tabiiy hol. 
Ta’lim-tarbiya va o‘quvchi shaxsini rivojlantirish maqsadlarini ta’lim mazmuni, pedagog va 
o‘quvchining faoliyati orqali ifodalash bu sohada kutilayotgan natijalar haqida aniq tasavvurga ega 
bo‘lish imkonini beradi. 
Maqsadni o‘quvchilar xatti-harakatida ifodalanadigan aniq ko‘rinadigan va o‘lchanadigan 
natijalar orqali belgilash g‘oyasi ilk bor
R. Tayler tomonidan ilgari surilgan bo‘lib, biz bu g‘oyaga to‘liq qo‘shilamiz.
Kasbiy talim maqsadi avvalo jamiyat va davlatning talab hamda ehtiyojiga binoan 
shakllantiriladi. Demak, u mashg‘ulot (dars)ning ma’lum bosqichi maqsadidan to komil inson 
shaxsini shakllantirishgacha kengayib borishi mumkin. 
Komil insonni shakllantirish jamiyatimizning oliy maqsadi bo‘lib, u uzluksiz ta’lim 
jarayonida ta’minlanishi ko‘zda tutiladi. 
Shuning uchun uzluksiz ta’lim tizimining umumiy maqsadi quyidagi darajalarda 
aniqlashtirilishi mumkin: 
1. Respublikamiz uzluksiz ta’limining global maqsadi – barkamol shaxsni shakllantirish; 
2. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim tizimining maqsadi – mehnat bozorida raqobatbardosh
yuqori malakali, keng ixtisosli mutaxassis kadrlarni tayyorlash. 
3. Kasb-hunar kollejlarining maqsadi – aniq soha uchun DTS va TTS doirasida bilim, 
ko‘nikma, malaka va shaxsiy fazilatlarga ega kichik mutaxassis kadrlar tayyorlash. 
4. O‘quv predmetlarining maqsadi – aniq sohaga oid texnika va ishlab chiqarish 


64 
texnologiyalarining mohiyatini yorituvchi bilim, va shaxsiy fazilatlarni shakllantirish. 
Mavzu (mashg‘ulot, dars)ning maqsadi - ilmiy tushuncha, dalil, xulosalar tizimini 
shakllantirish. 
5. Mashg‘ulot dars bosiqichining maqsadi – motivlashtirish, shakllantirish, nazorat qilib 
baholash kabilar. 
Amaliyotda maqsadlar vazifa sifatida ham talqin etiladi. Demak, maqsad va vazifa shunday 
aniq qo‘yilishi kerakki, unga erishilganlik haqida aniq xulosa chiqarish imkoni mavjud bo‘lsin. 
Buning uchun har bir vazifani shakllantirishda quyidagilarga amal qilish zarur: 
- har bir vazifani (mashg‘ulot)dars yakunida o‘quvchi quyidagilarni bajara olishi 
lozim...”deb boshlang; 
- har bir vazifani raqamlang
- har bir vazifani quyidagi amallar bilan boshlang: sanab o‘ting, so‘zlab bering, ko‘rsatib 
bering, tanlang, hisoblang va hokazo.; 
- har bir vazifani o‘quvchi so‘zi bilan qo‘ying; 
- har bir vazifa faqat bitta natijani ko‘zlasin, ikki yoki undan ortig‘ini emas; 
- har bir vazifani shunday qo‘yingki, u “o‘quvchining o‘zini keyinchalik qanday tutishi 
kerakligiga ishora qilsin”. 

Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling