63
Pedagogning kasbiy layoqati muhim shaxsiy komponentdir.
U integrativ xususiyatga ega bo‘lib, mutaxassisning ishchanlik va shaxsiy fazilatlarini
o‘zida
mujassamlashtiradi hamda bilim, ko‘nikma malaka va tajribalar darajasida o‘z ifodasini
topadi.
Kasb-hunar ta’limi o‘qituvchisining muhim fazilatlari
Pedagog shaxsining tuzilmasida kasbiy fazilatlar muhim ahamiyatga ega.
Ular sirasiga
quyidagilarni kiritish mumkin: maqsadga intiluvchanlik, shaxsiy faollik, o‘z- o‘zini boshqara olish,
o‘quvchilar bilan
ishlash xohishining mavjudligi, ekstremal vaziyatlarda o‘zini yo‘qotmaslik,
to‘g‘riso‘zlik, haqgo‘ylik, zamonaviylik,
insonparvarlik, bilimdonlik,
pedagogik takt sohibi
ekanlik, intizomlilik, pedagogik ishonchlilik.
O‘qituvchining muhim kasbiy pedagogik fazilatlaridan biri mantiqiy fikrlash hisoblanadi.
Bunday xislat
tushunchalarni tahlil etish, sintezlash, turlash, mantiqiy aloqalarini o‘rnatish,
operasiyalarini bajarishga yo‘naltirilgan mantiqiy fikrlash usullarini
yaxlit shakllanganligi
kabilarda namoyon bo‘ladi. Shuningdek, pedagog professiogrammasiga
artistik qobiliyati ham
kiradi. Bu qobiliyat obrazga kirib fikr va yechimlar topishni qamrab oladi.
Shaxsning muhim kasbiy fazilatlari uning aqliy, emosional, irodaviy tavsifi sifatida kasbiy
pedagogik faoliyat natijalariga ta’sir ko‘rsatadi, pedagogning individual ish uslubini belgilaydi.
13-Mavzu: Kasb-hunar ta’limining maqsadi va mazmuni.
Reja:
1. Kasbiy ta’limning maqsadi va ta’lim tarbiya faoliyati.
2. Ijtimoiy tajriba yoki madaniyatni maqsadga muvofiq pedagogik tilga o‘girilishi.
Do'stlaringiz bilan baham: