Guliston davlat universiteti kasbiy pedagogika fandan


-Mavzu: Ta’lim va ishlab chiqarish o‘rtasidagi aloqalarni amalga oshirish


Download 1.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/127
Sana15.02.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1201233
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   127
Bog'liq
Guliston davlat universiteti kasbiy pedagogika fandan

15-Mavzu: Ta’lim va ishlab chiqarish o‘rtasidagi aloqalarni amalga oshirish 
jarayonlari. 
Reja: 
1. Korxonalrning yangi xo‘jalik yuritishga o‘tishi jamiyatning yuqori malakali 
mutaxassislarni tayyorlash ijtimoiy buyurtmasini bajarish.
2. Ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar sharoitida kasbiy ta’lim tizimini isloh qilish.
3. «Ijtimoiy hamkorlik» tushunchasi. Ijtimoiy hamkorlar bilan faoliyat yuritishda 
ta’lim muasasalarining mustaqilligini oshirish. 
4. Korxona va ta’lim muassasalarining yangi turdagi hamkorlik shakllari: ijtimoiy 
hamkorlar bilan ikki yoqlama, uch yoqlama shartnomalari. 
5. FSMU – technologiyasi haqida tushuncha. 
1. Korxonalrning yangi xo‘jalik yuritishga o‘tishi jamiyatning yuqori malakali 
mutaxassislarni tayyorlash ijtimoiy buyurtmasini bajarish.
 Fan-texnika taraqqiyoti davrida ishchilarning mehnat qilish sharoiti o‘zgaradi, chunki 
ishlab-chiqarish jarayonida ishchining bajaradigan faoliyati, dunyoqarashi, o‘rni o‘zgaradi. Ushbu 
o‘zgarishlar ishlab-chiqarish bosqichlarining rivojlanishi yangi mayllarning o‘sishiga olib keladi. 
Ishchi ushbu rivojlanishdan foydalangan holda yangicha ishlashni hohlaydi. Ishchilarda yuzaga 
kelayotgan o‘zgarishlarning kuchayishida ishlab-chiqarish omillari kuchli rol o‘ynaydi. Buning 
asosida jismoniy mehnat, ya’ni insonning bajaruvchilik funksiyasi yotadi. 
Mehnatdagi asosiy o‘zgarish, avvalambor, insonlarning jipsligidan kelib chiqadi. Malumki, 
ishlab-chiqarish jarayonida inson asosan 4 ta asosiy funksiyani bajaradi: 

ishchi o‘z jismoniy harakati bilan aylantiruvchi va harakatlantiruvchi harakatlar hosil 
qilish uchun mehnat qurollarini ishlatadi; 

mehnat qurollarini boshqaradi va ularga ta’sir ko‘rsatadi; 

ularni to‘g‘rilaydi va tamirlaydi; 

ularni loyihalashtiradi va ishlab-chiqarish jarayoniga tatbiq qiladi. 
Mehnatni boshqarishda zamonaviy ishchiga 1- va 2-funksiyalar doirasidagi ko‘rsatkichlar 
ahamiyatli bo‘lishi bilan bir qatorda mehnatning mazmuni va ijodiyligini oshirishda 3-4-
funksiyalar ham muhimdir. 
Tarixga nazar solib ko‘rsak yuqori malakali ish darajasi oshib bormoqda. Masalan: 30-
yillarda slesar tamirlovchi 9-10 ta stanokda ishlay olgan, hozirda esa 25-30 ta stanokda bemalol 
ishlay oladi va 100 dan ortiq metall va nometall materiallardan foydalanadi. Bundan tashqari u 
payvandlashni ham bilishi kerak. Tokarlik ishi yillar o‘tgan sari sezilarli darajada o‘zgaradi. 30-
yillarda 3-razryadli tokar oddiy ishlarni master qo‘l ostida qilardi. 40-yillarda esa stanokning 


74 
asosiy qismlarini, ya’ni zo‘riqish bo‘lganda sinadigan joylarni, oddiy qirquvchi va o‘lchov 
asboblarni sovitish va moylash, moylash suyuqligini ishlatishni ham bilishi kerak bo‘lgan. Yana 
tokar stanok markalarini va nuqsonli mahsulotni aniqlay olishi ham kerak. 
60-yillarda esa tokar keng tarqalgan va universal stanoklar tuzilishini, oddiy va qirquvchi 
asboblarni qo‘llashni ko‘rsatma berishni, material o‘lchovlari va yuza tozaligini bilishi talab etilar 
edi. 
70-yillarda tokar stanokning tuzilishi, ishga yaroqliligi hamda stanoklarni boshqarish 
qoidalarini tekshiruvchi o‘lchov asboblaridan foydalanish qoidalarini bilishi kerak bo‘lgan. 
80-yillarda esa 3 - razryadli tokar stanokda ishlash bilan birga elektronika ishlarini ham 
bajara olishi talab qilingan. 
90-yillarda texnikaning rivojlanishi yangi tipdagi stanok ishchilarini shakllantirdi. Keng 
tarmoqli universal ishchilar vujudga keldi. Hozirda bu ishchilar 14 ta ixtisosliklarni egallagan. Bu 
ixtisosliklardan tokarlik avtomatlarini sozlovchilar, yarim avtomat va avtomatlashtirilgan 
stanoklarni sozlovchi hamda boshqalar. Ishchi sozlovchilarning bu guruhi elektrotexnik bilimga 
ham egadirlar.

Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling