Guliston davlat universiteti kasbiy pedagogika fandan


FSMU – technologiyasi haqida tushuncha


Download 1.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/127
Sana15.02.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1201233
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   127
Bog'liq
Guliston davlat universiteti kasbiy pedagogika fandan

5. FSMU – technologiyasi haqida tushuncha. 
Ushbu texnologiya munozarali masalalarni hal etishda, bahs – munozaralar o‘tkazishda 
yoki o‘quv seminari yakunida (tinglovchilarning o‘quv-seminari, haqida fikrlarini bilish 
maqsadida), yoki o‘quv rejasi asosida biron bo‘lim o‘rganib bo‘lingach qo‘llanilishi mumkin, 
chunki bu texnologiya tinglovchilarni o‘z fikrini himoya qilishga, erkin fikrlash va o‘z fikrini 
boshqalarga o‘tkazishga, ochiq holda bahslashishga, shu bilan qatorda o‘quvchi-talabalarni, o‘quv 
jarayonida egallangan bilimlarini taxlil etishga, qay darajada egallaganliklarini baholashga hamda 
tinglovlarni bahslashish madaniyatiga o‘rgatadi. 
 
TARQATMA MATERIALLARNING TAXMINIY NUSXASI 
FSMU – TEXNOLOGIYASI 
(F) – Fikringizni bayon eting. 
(S) – Fikringiz bayoniga biron sabab ko‘rsating 
(M) – Ko‘rsatilgan sababni tushuntiruvchi 
(isbotlovchi) misol keltiring 
(U) – Fikringizni umumlashtiring. 
FSMU – TEXNOLOGIYASI 




16-Mavzu: Kasbiy pedagogikada qo‘llaniladigan ilmiy tadqiqot metodlari. 
Reja: 
1. Ilmiy pedagogik izlanishlarni jarayoni. 
2. Kasbiy pedagogikada qo‘llaniladigan ilmiy tadqiqot metodlar. 


77 
1. Ilmiy pedagogik izlanishlarni jarayoni. Kasb ta’limi pedagogikasi muammolariga 
karatilgan ilmiy izlanishlar o‘tkazishdan maqsad o‘qitish va o‘rgatish xususiyatlari, samarali 
metodlarni ishlab chiqish va amaliy qo‘llash, texnik vositalarini qo‘llashga doir masalalarni 
yechishdan iboratdir. 
Shartli ravishda quyidagi bosqichlarga bo‘lish mumkin: 
1. O‘qituvchining adabiyotlar o‘rganish va amaliy ishlari asosida muammoni aniqlashi. 
2. Gipoteza qurish ya’ni o‘qitishni bosqichma-bosqich tashkil etish. Faktlar va ularni 
taqqoslash orqali izlanuvchi asoslangan taklifni beradi. 
3. Izlanish natijalarini rasmiylashtirish va o‘quv jarayoniga qo‘llash. 
Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasida ilmiy izlanishlarning umumiy va maxsus 
metodlari qo‘llaniladi. 
Umumilmiy metodlarga nazariy izlanish, kuzatish, suhbat va eksperimentlar kiradi. 

Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling