Guliston davlat universiteti kasbiy pedagogika fandan


Rejalashtirish bo‘yicha vazifalar


Download 1.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/127
Sana15.02.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1201233
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   127
Bog'liq
Guliston davlat universiteti kasbiy pedagogika fandan

Rejalashtirish bo‘yicha vazifalar: 
 Davlat ta’lim standartlari, o‘quv reja va dasturlar asosida ta’limning maqsad va 
mazmunlarini tanlash va rejalashtirish;
 o‘quv reja va dasturlar asosida kalendar mavzuli reja va dars rejasini ishlab chiqish;
 ta’limni tashkillashtirish va o‘tkazish bo‘yicha hujjatlarni tayyorlash;
 o‘quvchilarning qobiliyatlari va bilimlarini baholash bo‘yicha hujjatlarni tayyorlash;
 korxonaning turli bo‘limlarida o‘quvchilarni o‘qitish joylarini rejalashtirish;
 qo‘yilgan maqsadlarga javob beradigan ish topshiriqlari va mashqlarni tayyorlash;
 amaliy mashqlar hamda loyihalarni o‘tkazish uchun xomashyo va chiqim materiallarni 
rejalashtirish;
 o‘quv ustaxonasida o‘qitish uchun yetarli sharoitlarni tayyorlash;


82 
 o‘quv-didaktik materiallarni aniqlash, tanlash va ishlab chiqish.
3. Nazorat va baholash bo‘yicha vazifalari. 
Ta’lim tarbiya jarayonini bashqarish va nazorat qilishda quyidagilar kasb ta’limi 
o‘qituvchisiga xos bo‘lishi kerak: 
1)Yuqori g‘oyaviylik. O‘qituvchi o‘sib kelayotgan avlodning tarbiyachisidir. U 
o‘quvchilarni milliy istiqlol g‘oyalari ruxida tarbiyalashi kerak. 
2) Yuqori texnika malaka. Masalan, ta’limi jarayonida o‘quvchilar o‘zlari tanlagan 
mutaxassislikka oid o‘quv yurtining talablari bu mutaxassisliklarga oid bilim va ko‘nikmalarni 
egallaydilar. Shu munosabat bilan oliy o‘quv yurtining talablari bu mutaxassisliklarga oid kabiy 
bilimlar asoslarini egallashlari xamda keyingi amaliy faoliyat jarayonida o‘z maxorati darajasini 
uzluksiz oshira borishlari kerak. 
3) Yuqori psixologik-pedagogik tayyorgarlik. Kasb ta’limi o‘qituvchilarining o‘zi bilim va 
malakalarni yuksak saviyada egallabgina qolmay balki o‘quvchilarda xam ma’lum malakalarni 
tarkib toptirish uchun ularga bilimlar berish kerak. Bilim va malakalarni egallash jarayonining o‘z 
qonuniyatlari bor, maktabdagi ta’lim shu qonuniyatlar asosida tashkil etiladi. Kasb ta’limi 
o‘qituvchisi asixologiya, didaktika va boshqa fanlarning o‘quv jarayoniga asos bo‘ladigan muxim 
qoidalarini chuqur o‘zlashtirib olishi kerak. 
4)O‘z kasbiga muxabbat. O‘qituvchilik kasbining o‘ziga xos tomonlarini chuqur bilish, o‘z 
kasbini faoliyatida erishgan yutuqlaridan zavqlanishi, qiyinchilarni yengib o‘tish uchun kuch va 
imkoniyat topa olish kasb ta’limi o‘qituvchisining muxim fazilatlari qatoriga kiradi. 
Kasb ta’limi o‘qituvchisi oliy o‘quv yurtidagi tayyorgarligi xar qancha asosli bo‘lsa xam, u
tugallangan xisoblanmaydi. Ma’lumki, xozirgi zamon ishlab chiqarish juda tez sur’atlar bilan 
rivojlanmoqda. Mexnat qurollari, texnologik jarayonlar uzluksiz takomillashib bormoqda. Bu kasb 
ta’limi jarayonida o‘z aksini topmog‘i kerak. Demak, kasb ta’limi o‘qituvchisi fan va texnika 
soxasidagi taraqqiyotni uzluksiz kuzatib borishi, ulardan o‘quvchilarni tushunarli shakilda 
xabardor qilib turishi kerak. 
O‘qituvchilar kasb ta’limi jarayonida foydalaniladigan metodik vositalar majmuasi xam 
o‘zgarmay qolmaydi. O‘z ishiga ijodliy yondoshuvchi o‘qituvchilar o‘quvchilarga ta’sir qilishning 
yangi shakillarini, uzluksiz ravishda bilim, malaka va ko‘nikmalarni shakillantirishning yangi 
usullarini topadilar. Yaxshi tajriba umumlashtiriladi va ko‘pchilikning mulki bo‘lib qoladi. Shunga 
ko‘ra xar bir o‘qituvchi ilg‘or pedagogik tajriba yoritiladigan vaqtli matbuotni kuzatib borishi va 
undan o‘z ishida foydalanishi kerak. 
O‘quvchilarning moddiy ishlab chiqarish soxasida xayot va kasbga tayyorlanishda kasbiy 
ta’lim o‘qituvchisi yetakchi rol o‘ynaydi. U o‘z mashg‘ulotlarida o‘quvchilarning turli kasblarga 
bo‘lgan qiziqishini aniqlash va rivojlantirish lozim. Buning uchun gurux raxbarini, shu guruxda 
ishlaydigan boshqa predmetlarning o‘qituvchilarnini va o‘quvchilarning ota-onalarini jalb qilish 
kerak. Ular bilan muntazam uchrashib turish va suxbatlashish bu gruppadagi o‘quvchilarni 
yaxshiroq bilish, ularning qiziqishlari va yakka xususiyatlari bilan tanishish imkonini beradi. 
Kasb ta’lim o‘qituvchisi o‘quvchilarni baxolashda, ish joyini tashkil etishda, topshiriqlarni 
bajarishda mustaqillikni tarbiyalashi, shaxsning xalollik, kamtarlik, qat’iylik, dadillik, faollik, 
sabo-matonat xislatlarini, o‘rtooqlik, do‘stlik, ma’suliyatini sezish xissi va xokozolarini tarkib 
toptirish lozim. Buning uchun birqancha vazifalarni bajaradi. 

Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling