Guliston davlat universiteti kurbanova gullola baxramovna


Download 4.04 Mb.
bet14/35
Sana11.09.2023
Hajmi4.04 Mb.
#1675969
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   35
Bog'liq
АВТОРЕФЕРАТ КУРБАНОВА 27,03,2023 (8)

3.2.1-rasm

Bu erda - ilmiy tadqiqot samaradorligini ko‘rsatkichini aniqlash.
Yuqoridagi xisoblash natijalaridan ko‘rindi-ki, tajriba hamda nazorat guruhlarining tajribadan keyingi samaradorlik ko‘rsatkichlarining matematik-statistik xisoblash natijalari tajriba guruhlarining o‘zlashtirish samaradorlik ko‘rsatkichlari nazorat guruhlari ko‘rsatkichlariga nisbatan sezilarli darajada yuqori ekanligiga ishonch bildiradi.
Endi, yuqorida ta’kidlaganimizdek, tajriba guruhlarining o‘zlashtirish 3.2.1- jadval natijalaridagi ko‘rsatkichlar asosida qo‘yilgan gipotezani tekshiramiz. Buning uchun biz, gipoteza sifatida tajriba va nazorat guruhlaridagi tajriba natijalarining o‘zlashtirish baholari bo‘yicha kutilayotgan natijalarda hech qanday o‘zgarish bo‘lmagan deb, unga muqobil bo‘lgan gipotezada esa bir xil emas deb olindi. Ya’ni, − gipoteza tajribadan so‘ng talabalarning biz tavsiya qilayotgan metodika bo‘yicha o‘tkazilgan natijalarda sifat va samaradorlik ko‘rsatkichlarida sezilardi o‘zgarish bo‘lmaydi.
– gipoteza esa tajriba guruhlarida sezilarli o‘zgarishlar kuzatiladi. Buning uchun biz, Xi kvadrat usulidagi shartga e’tibor qaratsak, agar aniqlangan empirik qiymat 2 statistika jadvalidan ga mos bo‘lgan kritik qiymatdan kichik bo‘lsa, ya’ni bo‘lsa, u holda H1 gipoteza qabul qilinadi, bu erda  - qiymatdorlik darajasi.



2

3

4

5



2

21

59

32



-2.1

-1.1

-0.1

0.9



-2.84

-1.48

-0.13

1.21



0.0011

0.0721

0.3617

0.1874



0.30

14.903

80.856

42.09



0.30

0.60

0.9

1.485



3.3

ва 3.33 ekanligidan, “Pirson” muvofiqlik kriteriyasiga ko‘ra, tanlanma qiymatlar asosida xisoblangan qiymat natijasiga ko‘ra tengsizlik bajariladi. Bundan esa, yuqoridagi qabul qilib olingan H0 gipoteza rad qilinadi va ekanligidan H1 gipoteza qabul qilinadi.
Demak, oliy ta’lim muassasalarida iqtidorli talabalar ilmiy tadqiqotchilik kompetentligini tadqiqot ishimizda taklif etilgan ilmiy-metodik tavsiyalar asosida tashkil qilish sifatli va samarali ta’lim berishda muhim ilmiy tavsiyalar ekanligidan dalolat beradi.
Bundan tashqari, keltirilgan matematik-statistik tahlil natijalarimiz shundan dalolat beradi-ki, tadqiqotimizning ilmiy va amaliy ish natijalari asosida o‘tkazilgan tajriba-sinov ishlari sifatli va samarali natija berganligi bizning tadqiqot ishimizda qo‘yilgan maqsadlarimizga erishganligini ko‘rsatadi.


XULOSA
Dissertatsiya tadqiqoti dolzarb mavzuga bag‘ishlangan: "Ustoz-shogird faoliyati metologiyasi”. Mavzuning dolzarbligi ta’limning ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, u zamonaviy hayotning o‘zgaruvchan bozor iqtisodi sharoitlariga tez moslasha oladigan, faol, ijodkorlik shaxsning shakllanishi va rivojlanishini ta’minlashdan iborat. Bu borada ijodiy salohiyatga ega bo‘lgan o‘qituvchiga katta o‘rin ajratilgan. Bunday o‘qituvchi ta’lim-tarbiya jarayonida ijodiy muhit yaratish va uni saqlab qolish imkoniyatiga ega, bu esa o‘z navbatida murakkab muammolarning asl echimini topa oladigan va ijod qilishga qodir bo‘lgan mutaxassislarning tarbiyasiga ko‘maklashadi. Iqtidorli talabalar ijodkorlilik salohiyatini shakllantirish va rivojlantirish uchun juda muhimdir.
Ta’limni innovatsion sharoitida iqtidorli talabalarning ijodkorlik salohiyatini rivojlantirishni o‘rganishning nazariy-metodologik asoslarini tahlili shuni ko‘rsatadiki, bugungi kunda nisbatan ko‘p sonli tadqiqotlar ijodkorlikni shakllantirish va rivojlantirishga bag‘ishlangan. Shu bilan birga, iqtidorli talabalarni ijodiy salohiyatining statistik jihatdan muhim tarkibiy qismlari hali aniqlanmagan, ta’limni modullashtirishni hisobga olgan holda, ushbu xususiyatni etarlicha baholash uchun tegishli diagnostika (standartlashtirilgan) vositalari mavjud emas va uning shakllanishi va rivojlanishi uchun samarali vosita ishlab chiqilmagan.
Ta’limni modullashtirish sharoitida iqtidorli talabalarning ijodkorlilik salohiyatini rivojlantirishni o‘rganishning nazariy va metodologik asoslarini yuqorida tahlil qilish natijalari ushbu dissertatsiya tadqiqotining maqsadi, ob’ekti, predmeti va tegishli asosiy vazifalarini belgilab berdi, ularning natijalari nazariy va empirik jihatdan quyidagi xulosalarni chiqarishga imkon beradi:
1. Ilmiy adabiyotlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, ijodkorlilik mohiyati ta’rifida bir ma’noli tushunchaga ega emas. Turli fikrlarga qaramasdan, deyarli barcha ta’riflarda kretivlik yangi narsalarni yaratish bilan bog‘liq. Aksariyat mualliflar kreativlikni insonning bu uchun maqbul imkoniyatlardan foydalanib muammoni idrok etish, ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan yangi, o‘ziga xos mahsulot yaratish qobiliyati deb tushunadilar. O‘z navbatida ijod atamasi voqelikning muayyan hodisalarini qayta yaratish va o‘zgartirishga qaratilgan ongli faol inson faoliyati sifatida talqin etiladi. Biroq, asosiy psixologik yondashuvlarga ko‘ra, ijodkorlik iqtidorlikdan ajratilmasligi kerak. Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, ushbu dissertatsiya tadqiqotlari doirasida ta’limni modullashtirish sharoitida iqtidorli talabalarni ijodkorlilik salohiyati haqidagi ishchi ta’rifimizni shakllantirdik, bu esa mutaxassisning pedagogik tizimda o‘z kasbiy faoliyatiga nostandart yondashuvlarni ishlab chiqish faoliyatini ta’minlaydigan vakolat deb tushuniladi.
2. Ijodiy salohiyatning tarkibiy qismlari aspektida iqtidorli talabalar faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlarini tahlil qilish iqtidorli talabalarni ijodkorlik salohiyatining quyidagi o‘nta tarkibiy qismini shartli ravishda aniqlashga imkon beradi: motivatsion; muammoga sezgir; axborotli; fikriy; o‘ziga o‘zi etarli; kommunikativ; altruistik; analitik; konstruktiv; innovatsion. Shu bilan birga, ta’limni modullashtirish sharoitida iqtidorli talabalarni ijodkorlilik salohiyatiga yuqoridagi komponentlarning ishonchli ta’sirini aniqlash uchun ularning eksperimental tasdig‘i tadqiqotning vakillik namunasiga talab qilinadi.
3. Zamonaviy jamiyatni global modullashtirish ta’limning asosiy vazifalaridan birini, ya’ni umuman jamiyatni modullashtirishni ta’minlashga mo‘ljallangan talabalarni ilmiy madaniyatini shakllantirish va rivojlantirishni oldiga qo‘yadi. O‘z navbatida, iqtidorli talabalarning ilmiy madaniyati bilan ishlash bilim va ko‘nikmalari bilan cheklanib qolmay, balki shaxsning rivojlangan ilmiy dunyoqarashi, ilmiy yo‘nalishi va ijodkorliligi, yangi bilim va ko‘nikmalaridan foydalanish va o‘zlashtirish qobiliyatini nazarda tutadi hamda shaxsiy rivojlanish jabhalaridan biri sifatida qaraladi. Shunga asoslanib, ilmiy zamonaviylik talablariga javob beradigan raqobatbardosh yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashni ta’minlovchi modullashgan sharoitda iqtidorli talabalarni ijodkorlilik salohiyatini maqsadli shakllantirish va rivojlantirish ta’limning muhim vazifalaridan biridir.
4. Olingan natijalarning omilli tahlili ortidan o‘tkazilgan ekspert bahosi ta’limni modullashtirish sharoitida iqtidorli talabalarning ijodkorlilik salohiyatining tarkibiy qismlarini aniqlashtirish va ularni statistik ahamiyati bo‘yicha tartiblash imkonini beradi. Shunday qilib, omil tahlil natijalariga ko‘ra, u sakkizta komponent (motivatsion - 0.71; axborot - 0.69; innovatsion - 0.68; kommunikativ - 0.68; analitik - 0.65; konstruktiv-0.64; o‘z-o‘ziga etarli-0.64; muammo-sezgir-0.63) muhim statistik ahamiyatga ega va muhim omil tashkil etadi.
Ijodkorlik salohiyatning har bir komponentining ekspert koeffitsientini hisoblash muhim va ahamiyatsiz komponentlarning xususiyatlarini ochib berish imkonini berdi. Mohiyatan, sakkizta aniqlangan (statistik ahamiyatli) komponent va ularning xususiyatlari oliy ta’limni modullashtirish sharoitida iqtidorli talabalarni ijodkorlik salohiyatini baholash mezonlari bo‘lib, omilli tahlil natijalari mezonlarning etarliligini va o‘rganilayotgan shaxsiy xususiyatga ta’sir darajasini belgilaydi.
5. Diagnostik muammoni hal qilish maqsadida ham iqtidorli talabalarni, ham oliy ta’limni modullashtirish shart-sharoitlarini hisobga olgan holda ijodkorlik salohiyatni baholash imkonini beruvchi eksperimental usulni ishlab chiqdik. Metodika 49 ta savol va bayonlardan iborat so‘rovnomaga asoslanadi. Ulardan 40 ta savol va bayon kreativ salohiyatning shakllanish darajasini tavsiflovchi sakkizta diagnostik shkala (komponent)da umumlashtirilib, 9 ta savol G.Ayzenk muallifligidagi "EPI" psixodiagnostik usulidan tanlab olingan "samimiylik" shkalasiga taalluqlidir. Tadqiqotchilik salohiyatni baholash, shuningdek olingan natijalarni qayta ishlash tartibini osonlashtirish uchun tajriba metodi uchun javob shaklini ishlab chiqdik. Eksperimental metodikani diagnostik shkalalar yordamida ishlab chiqish tasodifiy emas, chunki ular ijodiy salohiyatning tabiatini tizimli ravishda ochib berish, respondentlar bilan bu xususiyatni samarali shakllantirish va rivojlantirish bo‘yicha yanada maqsadga muvofiq ishlash yo‘llarini aniqlash imkonini beradi. Shu bilan birga ishlab chiqilgan tajriba metodi standartlashtirishdan muvaffaqiyatli o‘tdi va hisoblangan qoniqarli amal qilish va ishonchlilik ko‘rsatkichlari bu vositani o‘quv amaliyotida foydalanish uchun maqbul holga keltiradi.
6. Ta’limni modullashtirish sharoitida iqtidorli talabalarni tadqiqotlik salohiyatini samarali shakllantirish va rivojlantirish maqsadida biz asosan: - ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlardan iborat modulni o‘z ichiga olgan maxsus dastur tayyorladik.; - o‘quv mashg‘ulotlari-ijodiy faoliyatga motivatsiyani rivojlantirishni faollashtirish, ijodkor shaxsiga xos individual xususiyatlarni rivojlantirish, ijodiy pedagogik faoliyatni tashkil etishni o‘rgatish, aks ettirish qobiliyatini shakllantirishga qaratilgan. Shu bilan birga dasturni amalga oshirish mustaqil ish uchun vazifalarni bajarish jarayonida talabalar (umuman axborot texnologiyalari) tomonidan internetdan faol foydalanishni hamda ma’ruza, amaliy va o‘quv mashg‘ulotlarini multimediali qo‘llab-quvvatlashni ko‘zda tutadi. Fanlararo darajasida modul boshqa fanlar bilan aloqani ta’minlaydi, mutaxassislik bo‘yicha nazariya va amaliyotning umumiy ilmiy qoidalarini joriy etadi. Modulni o‘rgangandan so‘ng talaba o‘qitish jarayonida ijodiy muhit yaratish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi kerak. Shu bilan birga, modul pedagogik hodisalar va jarayonlarning o‘zaro bog‘liqligi, tizimli kasbiy faoliyat va shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim nazariyasi qoidalariga asoslangan bo‘lib, bu iqtidorli talabalarga ijodkorlik salohiyatini shakllantirish va rivojlantirish uchun kasbiy mahoratni aniqlash uchun asosdir.
7. Ta’limni modullashtirish sharoitida iqtidorli talabalarni ijodkorlik salohiyatini shakllantirish va rivojlantirish dasturi samaradorligini baholash shuni ko‘rsatadiki, modul natijasida ijodkorlik salohiyati yuqori bo‘lgan tajriba guruhi respondentlari 0% dan 4,5% gacha (3 talaba), o‘rtacha - 3% dan (2 talaba) 59,2% gacha (39 talaba), o‘rtacha 7,6% dan (5 talaba) 33,3% gacha (22 talaba) oshgan. Moduldan keyingi ijodkorlik salohiyatning o‘rtacha darajasidan quyida 63,6% (42 talaba) dan 3% (2 talaba) gacha, past darajasi - 25,8% (17 talaba) dan 0% gacha pasaydi. Shunday qilib, respondentlarning kreativ salohiyatini ifodalashdagi ijobiy o‘zgarishlar ishlab chiqilgan modulning samaradorligini yaqqol namoyon etadi va o‘quv amaliyotida foydalanish uchun maqbul bo‘ladi.
8. Ta’limni modullashtirish sharoitida iqtidorli talabalarning ijodkorlik salohiyatini baholash tartibi xususiyatlarini ko‘rib chiqish shuni ko‘rsatdiki, ishlab chiqilgan (asosiy) baholash usuli ham afzalliklarga, ham shunga mos ravishda olingan natijalarning ishonchliligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan cheklanishlarga ega. Shu munosabat bilan diagnostik samaradorlikni oshirish maqsadida asosiy usul bilan birgalikda foydalanish tavsiya etiladigan yordamchi baholash usulini ishlab chiqdik. Ishlab chiqilgan yordamchi metod respondentning xulq-atvorini kundalik maqsadga muvofiq kuzatish va maxsus ishlab chiqilgan kuzatish kartasini to‘ldirish orqali kreativlik xususiyatlarini aniqlashni ko‘zda tutadi. Ma’lumotlarning taqqoslanuvchanligini ta’minlash, son koeffitsientlarining me’yorini va tegishli izohini aniqlash maqsadida dissertatsiya tadqiqotimizning umumiy namunasi bo‘yicha ishlab chiqilgan yordamchi usulni standartlashtirdik. Ishlab chiqilgan uslublarni (asosiy va yordamchi) majmuada qo‘llash, aniqlangan barcha afzalliklar va cheklovlarni hisobga olgan holda, ta’limni modullashtirish sharoitida iqtidorli talabalarning ijodkorlik salohiyatini shakllantirish darajasini yanada xolisona baholashga imkon beradi.
9. Iqtidorli talabalarning ijodkorlik salohiyatini shakllantirish va rivojlantirish jarayonini takomillashtirish maqsadida ta’lim jarayoni quyidagi amaliy shart-sharoitlarni hisobga olgan holda tashkil etilishi lozim:
- insonparvarlashtirish va demokratlashtirish, jumladan, fikr erkinligi, keng dunyoqarashi, ko‘rgazmalilik, ta’lim usullari va muammoli ta’limdan foydalanish;
- ijodiy muhiti, kasbiy faoliyatga barqaror motivatsiyani shakllantirish, kreativ salohiyatning tarkibiy qismlari, yangi qabul qilish zarurati holatini modellashtirish;
- shaxsga yo‘naltirilgan va faoliyatga asoslangan yondashuvlardan foydalanish orqali ijodiy salohiyatni rivojlantirish, izlanuvchanlik faoliyatining ustunligi va boshqalar;
- ta’lim jarayonini tashkil etishning faol usullari, shakllari va rag‘batlantirishning maxsus usullarini qo‘llash va boshqalar.



Download 4.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling