Guliston davlat universiteti kurbanova gullola baxramovna
Download 4.04 Mb.
|
АВТОРЕФЕРАТ КУРБАНОВА 27,03,2023 (8)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zaruriyati.
I.T.Choriev
Ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash raisi, p.f.d., professor M.Q.Bozorova Ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash kotibi, p.f.n., dotsent X.J.Xudoyqulov Ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash qoshidagi ilmiy seminar raisi, p.f.d., professor KIRISH (falsafa doktорi (PhD) dissertatsiyasi annotatsiyasi) Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zaruriyati. Jahon oliy ta’lim muassasalarida iqtidorli talabalarni aniqlash, ularda ilmiy tadqiqotchilik kompetentsiyalarini shakllantirish va rivojlantirishning kreativ modulli texnologiyalari ta’lim jarayoniga tadbiq etilmoqda. Evropa davlatlari, Rossiya, AQSh, Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreyada raqamli iqtisodiyot sharoitida texnologik va iqtisodiy innovatsiyalarning birligini ta’minlash, ta’lim muassasalarida ilmiy pedagogik muhitni yaratish orqali talabalarda tadqiqotchilik kompetentligini rivojlantirish, novatorlikni shakllantirish, kreativ salohiyatni oshirish, ijodkorlik muhitini yaratish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Jahon oliy ta’lim va ilmiy tadqiqot muassasalarida ta’limning xalqarolashtirish va globallashuv sharoitida iqtidorli talabalarni aniqlash, ularda tadqiqotchilik faoliyatini shakllantirishning diagnostik tizimini takomillashtirish, ijodkorlik salohiyatini shakllantirishning elektron monitoringi tizimini yaratish, rivojlantirishning lokal modulli texnologiyasini joriy etishning metodik tizimini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Shu bilan birga iqtidorli talabalarning ijodkorlik salohiyatini innovatsion yondashuv asosida individual o‘zini-o‘zi baholash mezonlari va parametrlarini aniqlash, iqtidorli talabalarning ijodkorlik salohiyatini shakllantirishning bashoratli modellarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarga alohida e’tibor berilmoqda. Respublikamizda so‘ngi yillarda iqtidorli talabalarni aniqlash ularni tarbiyalashning ijtimoiy-pedagogik texnologiyalarini takomillashtirish, iqtidorli o‘quvchilarni tarbiyalash va rivojlantirishda davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlari hamkorligini ta’minlashning me’yoriy asoslari yaratilmoqda. “Yuksak bilimli va intelektual rivojlangan avlodni tarbiyalash, oliy ta’lim muassasalarida kompetentli ilmiy pedagogik kadrlar zahirasini yaratish” vazifasi ustuvor etib belgilandi1. Bu iqtidorli talabalarni aniqlash ularni fan olamiga olib kirish, ularda tadqiqotchilik kompetentligini innovasion yo‘ndashuvlar asosida takomillashtirish texnologiyalaridan foydalanishning pedagogik imkoniyatlarini kengaytiradi. Dissertatsiya tadqiqoti O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-son “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g’risida”gi farmoni, 2017yil 20 apreldagi PQ 2909-son “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g’risida”gi qarori, “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasi”, 2017 yil 5 iyuldagi “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvvatlashi to‘g’risidag”i farmoni hamda 2022 yil 26 yanvar sanasida qabul qilingan “Yangi O‘zbekistonning 2022-2026 yillarga mo‘ljalangan taraqqiyot strategiyasi” va boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishga ushbu tadqiqot ishi muayyan darajada xizmat qiladi. Download 4.04 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling