Guliston davlat universiteti kurbanova gullola baxramovna


Tadqiqotning amaliy natijalari


Download 4.04 Mb.
bet6/35
Sana11.09.2023
Hajmi4.04 Mb.
#1675969
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35
Bog'liq
АВТОРЕФЕРАТ КУРБАНОВА 27,03,2023 (8)

Tadqiqotning amaliy natijalari quyidalardan iborat:
oliy ta’lim muassasalari iqtidorli talabalarining ijodkorlik salohiyatini shakllantirish va rivojlantirish uchun shart-sharoitlar takomillashtirilgan;
iqtidorli talabalarning ijodkorlik salohiyatini tarkibiy qismlari yoritib berilgan;
iqtidorli talabalarning ijodkorlik iqtidorini tashhislash va baholashning amaliy, standartlashtirilgan va ishonchli usuli ishlab chiqilgan;
iqtidorli talabalarning ijodkorlik salohiyatini shakllantirish va rivojlantirishni takomillashtirish bo‘yicha ta’lim jarayonini texnologik imkoniyatlari sinovdan o‘tkazilgan.
Tadqiqot natijalarining ishonchliligi. Tadqiqot usullarini amalga oshirish, etarli namunalarni taqdim etish, statistikaning zamonaviy usullarining ishonchliligi va samaradorligi hamda tadqiqotning empirik natijalariga tegishli talqin qilish bilan ta’minlangan. Ma’lumotlarni qayta ishlash matematik-statistika usullarini samarali qo‘llashni ta’minlovchi standart dasturiy vositalar tajriba-sinov ishlarining reprezentaviyligi (sinalgan, tajribadan o‘tgan) yordamida amalga oshirilgan
Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati. Tadqiqot natijalarining ilmiy ahamiyati shundan iboratki, dissertatsiya tadqiqotlari muammosiga oid adabiyotlarni nazariy tahlil qilish orqali olingan materiallardan oliy ta’lim muassasalari iqtidorli talabalarini ijodkorligidan o‘quv jarayonlarida foydalanish mumkin. Ishlab chiqilgan eksperimental standartlashtirilgan usullar (asosiy va qo‘shimcha), shuningdek, ekspert baholash so‘rovnomasi universitet iqtidorli talabalarining ijodkorligini oshirish uchun turli tadqiqotlarni tashkil etish va o‘tkazish bilan izohlanadi.
Tadqiqotning amaliy ahamiyati shundan iboratki, ishlab chiqilgan dasturdan oliy ta’lim muassasalarining iqtidorli talabalarining ijodkorlilik salohiyatni shakllantirish va rivojlantirish bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun foydalanish mumkin. Ijodkorlik salohiyatning belgilangan afzalliklari va uni baholashni cheklashlari, uni shakllantirish va rivojlantirish sub’ekti uchun pedagogik talablar, ta’lim jarayonini texnologik qobiliyat va pedagogik zahiralari ta’lim modullashtirish sharoitida bu xususiyati shakllanishi va rivojlanishini yaxshilash pedagogik amaliyotda sezilarli darajada universitet o‘quv jarayoni sifatini umumiy yaxshilashga yo‘naltirilgan muhim amaliy tavsiyalardan keng foydalanish belgilanadi.

Download 4.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling