Guliston davlat universiteti kurbanova gullola baxramovna


Download 4.04 Mb.
bet5/35
Sana11.09.2023
Hajmi4.04 Mb.
#1675969
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35
Bog'liq
АВТОРЕФЕРАТ КУРБАНОВА 27,03,2023 (8)

Tadqiqotning vazifalari: iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqotchilik kompetentligini takomillashtirishning pedagogik imkoniyatlarini aniqlash;
iqtidorli yoshlarni tadqiqotchilik kompetentligini rivojlantirish modelini takomillashtirish;
iqtidorli talabalarning tadqiqotchilik kompetentligini rivojlantirish texnologiyalarini takomillashtirish;
iqtidorli talabalarning tadqiqotchilik kompetentligini rivojlantirish mezonlarini takomillashtirish.
Tadqiqotning obyekti oliy ta’lim muassasalari iqtidorli talabalarini ilmiy-tadqiqotchilik kompetentligini innovatsion yondashuv asosida takomillashtirish jarayoni belgilanib, GulDu, TerDPI, TDPU, Qo‘qon pedagogika institutlaridan 219 nafar respondent talaba jalb etildi.
Tadqiqotning predmetini oliy ta’lim muassasalari iqtidorli talabalarining ilmiy-tadqiqotchilik kompetentligini innovatsion yondashuv asosida rivojlantirish texnologiyalarini takomillashtirish jarayonini shaklmaqsad va vositalari tashkil etadi.
Tadqiqotning usullari maqsadga erishish va qo‘yilgan vazifalarni hal etish uchun nazariy va empirik tadqiqot usullaridan foydalanildi; ekspert baholash; so‘rov; hujjatlar tahlili; empirik ma’lumotlarni qayta ishlashning statistik usullari.
Dissertatsiya tadqiqotining ilmiy yangiligi quyidagicha:
iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqotchilik faoliyatini rivojlantirish imkoniyatlari ijodiy muhit barqarorligini va individual-kognitiv, kommunikativ strategiyalar bilan aloqadorligini bosqichma-bosqich belgilash hamda sub’yekt-sub’yekt hamkorligi uyoʻunligini ta’minlash asosida aniqlangan;
iqtidorli talabalarning ilmiy ijodkorlik salohiyatini rivojlantirish modeli kreativ faoliyatga yoʻnaltirilgan koʻnikmalarga moslashish hamda pedagogik hamkorlikni shaxsiy natijalaridagi didaktik imkoniyatlarini diagnostik loyihalash asosida takomillashtirilgan;
oliy ta’lim muassasalari iqtidorli talabalarining ilmiy tadqiqotchilik kompetentligini rivojlantirish texnologiyalari, informatsion dunyoqarash va yangi axborotlarni oʻzlashtirishga tayyorgarligi gʻoyalarni integratsiyalash hamda aloqalarning refleksiv va virtual imkoniyatlarini uygʻunligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
oliy ta’lim muassasalari iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqotchilik kompetentligini rivojlantirish mezonlari fikrlash dialekti, assotsiatsiyalar, rivojlanish, nostandart yechimlar hamda abstrakt tasavvurlarni pedagogik mazminga moslashtirish asosida takomillashtirilgan.

Download 4.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling