Darsning maqsadi: «Kleupatra uyqusi» she’ri misolida insoniy sevgiga sadoqat tuyg’usini talabalarda singdirish.
Identiv o’quv maqsadlari:
6.1. Kleopatraning tarixiy shaxsligini tushunadi.
6.2. «Kleupatra uyqusi» she’rini Cho’lponning «Kleupatra» hikoyasi bilan muqoyasa qila oladi.
6.3. «Kleupatra uyqusi» she’ri ishq madhi ekanini anglaydi.
Ishni bajarish tartibi:
1. «Jahon tarixi» darsligidan Kleopatra hasbi holi o’rganiladi.
2. U sevgini ko’ngilxushlik, deb bilgani tufayli salbiy timsolga aylangani uqtiriladi.
3. Jumladan, Cho’lponning «Kleupatra» hikoyasidagi musaffo sevgidan masuvo malika haqidagi rivoyat keltiriladi.
4. Hikoya zamiridan «Kleupatra uyqusi» she’rining tug’ilishi.
5. She’r poetikasiga e’tibor qaratiladi.
Adabiyotlar: 11 (196-205), 40 (34-46).
VI. Talabalarning mustaqil ish topshiriqlari
Mavzu: Forobiy, Ibn Sino, Beruniylarning she’r va she’rshunoslik haqidagi qarashlari
Reja:
1. Forobiy she’rning boshqa san’at turlaridan farqi haqida.
2. Ibn Sinoning she’rshunoslikka qo’shgan hissasi.
3. Beruniy she’riy obraz va ifodalarning haqqoniyligi to’g’risida.
Uslubiy tavsiyalar: Abu Nasr Forobiyning «She’r san’ati» (-T.; 1979) risolasidagi Aristotel «Poetika»siga yozgan sharhlariga oid o’rinlar aniqlanadi va she’rga berilgan ta’rif, she’rning san’atdan tub farqi o’rganiladi. Forobiyning she’rga bergan izohi daftarga ko’chiriladi va yodlanadi.
Ibn Sinoning «Salomon va Ibsol» asaridagi she’rga oid nazariy fikrlari o’rganib chiqiladi.
Beruniyning «Hindiston» (II jild) asarida keltirilgan she’riy parchalardagi poetik obrazlarning hayotiyligi aniqlanadi. Bu masalalarni to’liq echish uchun A.Qayumovning «Beruniy va adabiyot» risolasidan foydalanish mumkin.
Adabiyotlar: 13(13-21-b.), 21 (27-128-b.), 22 (106-109, 115-118, 119-120-b.).
Do'stlaringiz bilan baham: |