Guliston davlat universiteti musurmanov. A. A agrokimyoviy tekshirish usullari
Mustahkamlash va baholash bosqichi
Download 1.8 Mb.
|
portal.guldu.uz-agrokimyo tekshirish usullari
REJA 1. Diagnostika usullari to’g’risida tushuncha. 2. Diagnostika qilish usullari. 3. Indikator o’simliklar to’g’risida tushuncha. 4. O’simliklarda elementlarning yetishmaslik belgilari 5. Xulosa TAYaNCh IBORALAR Diagnostika usullari, diagnostika qilish, barg diagnostikasi, vizual diagnostika. Indikator o’simliklar,elementlarning yetishmasligi. savol bo’yicha dars maqsadi: Diagnostika usullari to’g’risida talabalarga tushunchalar berish. Identiv o’quv maqsadlari; 1.1 Diagnostika usullari to’g’risida tushuncha usullarini sanab beradi. 1.2 O’simliklar oziqlanishini diagnostika qilish usullarini ahamiyatini tushuntira oladi O’simliklarni diagnostika qilishning quyidagi usullari bor: Goffer, Sabinin, Davtyan, Magniskiy, Serling usullari mavjud. O’simlik analizini o’simliklar oziqlanishini diagnostika qilishda ishlatishni Gelrigel taklif qildi. Oziq aralashmadagi kaliy miqdoriga mos ravishda arpa o’simligidagi kaliy miqdori ham oshadi. O’zlashtirish koeffisiyenti 66% Kaliyning Gel’rigel har bir ekin va oziq modda uchun alohida tajriba o’tkazish kerakligini aytdi. Bu qum kulturasida o’tkazildi. Kamchiligi: Dala sharoitida o’tkazib bo’lmaydi. Keyinchalik tadqiqotchilar bir butun o’simlikni emas, balki oziq moddalarning miqdori bilan keskin farq qiladigan organni olishni taklif qildi. XX asrning 30 yillarida Fransiyada Lagatyu va Mom tok o’simligini oziqlanishini o’rgana turib oziqlanish sharoitini diagnostika qilish uchun ma’lum bir yarusdagi bargni olish kerakligini taklif etdi. Sakkiz sxemali tajriba o’tkazib teng yoshli bir xil yarusdagi barglarni analizga oldi. Ular buning natijasida o’sib bo’lgan yetishgan, lekin fiziologik aktiv barglarda oziq moddalar miqdorini aniqladi. Ular tuproqdagi va bargdagi oziq moddalar o’rtasida korrelyasiya borligini aniqladi va buning asosida, Lagatyu va Mom o’zlarining «barg diagnostikasi» uslubini yaratdi . Shunga o’xshash «barg analizi» uslubini donli ekinlar uchun Shvesiyada Lyundegord taklif etdi. Ko’rsatilgan usullarning hammasi miqdoriy usul hisoblanadi. Chunki, namunalar quritiladi va maydalaniladi. Keyin laboratoriyada aniq massali namuna olinib, o’simlik materiali kuydiriladi va N, P2O5, K2O, CaO, MgO va boshqa moddalarning yalpi miqdori aniqlanadi. Paralel namunada namlik aniqlanadi. Bu usullar meva va rezavor mevalar, sitrus, dala va sabzovot ekinlarining o’g’itga bo’lgan talabini aniqlashda keng qo’llaniladi. Sobiq SSSRda XX asrning 30 yillarida A.Yu.Leviskiy va A.A.Leskova donli ekinlarda (suli, bahorgi bug’doy) o’g’itlar ta’sirini bashorat (prognoz) qilish uchun ertangi rivojlanish fazalarida (naychalash va boshoqlash) o’simlikni analiz qilishni taklif etdi. Bu usulda tuproq unumdorligini baholash uchun ko’rsatkich hisobga olinadi. O’simlikdagi oziq elementlarning( N, P2O5, K2O ) umumiy miqdori Hosildagi ularning o’zaro nisbati To’g’ri bashorat uchun almashlab ekish, agrotexnika, iqlim shoroiti, tuproq ta’siri hisobga olinadi. O’simliklarni oziq moddalar bilan ta’minlanganligini aniqlash uchun agrokimyogar va fiziologlar hujayra shirasini mineral tarkibini analiz qilishga asoslangan D.A.Sabinin usullaridan muvaffaqiyatli foydalanilmoqda. Oxirgi paytlarda oziq moddalarning mineral shakllari miqdorini aniqlash uchun analiz qilish usullari keng tarqaldi. O’simliklarda, ayniqsa ertachi rivojlanish fazalarida ularni aniqlash tashqi sharoitga bog’liq ravishda oziq elementlarning miqdori yalpi analizdagi nisbatan keskin farq qilishini ko’rsatdi. O’suv davrining turli fazalarida o’simlik organlaridagi (poyasida, bandda, bargda) oziq moddalarning eruvchan mineral shakllari miqdorini analiz qilish konkret sharoitda o’simliklarning oziq moddalar bilan ta’minlanganlik darajasi ko’rsatkichi bo’lib xizmat qiladi. O’simliklar oziqlanishining diagnostika qilishning uch qoidasi. 1) O’simlik o’sishi, rivojlanishini o’simlikdagi oziq moddalar miqdori bilan bog’lash. 2) Bir paytning o’zida bitta namunada NPK miqdorini va ularning nisbatini aniqlash. 3) Tuproq xususiyati, iqlim sharoitini hisobga olish O’simliklarning o’g’itlarga bo’lgan talabini aniqlashda tuproqni agrokimyoviy analiz qilish, laboratoriyaviy, fiziologik va boshqa tadqiqotlar bilan bir qatorda o’simliklar diagnostikasi ham mavaffaqiyatli qo’llanilmoqda, chunki vegetasiyaning hamma davri davomida o’simliklar oziqlanishining optimal darajasini doimiy ravishda ta’minlash ekinlarning biologik potensialini maksimal ishlatishga imkon beradi. Vegetasiya davriga qarab o’simlikning oziqlanishi o’zgaradi, shuning uchun ham oziqlanish boshqariladigan bo’lishi kerak. O’simliklar oziqlanishni kompleks diagnostika qilish o’g’itlardagi oziq moddalardan to’la foydalanishga imkon beradi. O’simliklar mineral oziqlanishini diagnostikasi o’simliklar o’sish sharoitlarini nazorat qilish va vegetasiya jarayonida o’simliklar oziqlanishga tuzatish (korrektura) kiritishga asoslangan. O’simliklar diagnostikasi o’simlikni oziq elementlar bilan ta’minlashdagi tuproq imkoniyatlarini to’liq ko’rsatadi. O’simliklar oziqlanish diagnostikasi barglarni, barg bandlarini va ildiz sistemalarini analiz kilish yo’li bilan amalga oshiriladi. Vizual, to’qima va barg diagnostikasi usullari keng tarqalgan. Vizual diagnostikada o’simliklardagi biokimyoviy va fiziologik jarayonlarni normal kechishini buzilganligini ko’z bilan barglar rangini o’zgarishiga (dog’lar hosil bo’lishiga) turgorning yo’qolishiga, o’simlikni tashqi kurinishiga qarab aniqlanadi. Bu yoki u element yetishmasa yoki ortikchaligi belgilari ko’pincha bir xil tashqi ko’rinishga ega bo’ladi. Misol uchun azot, xlor, bor, marganes, alyuminiyning o’simliklarda yetishmasligi yoki ortiqchaligi barglar xlorozi, to’qimalarning yemirilishi, o’sishi sekinlashishi kabi ko’rinishida kuzatiladi. Hayot faoliyati jarayonlari optimal o’tish uchun har xil o’simliklarga mineral oziqlanish elementlarning har xil nisbati talab qilinadi. Tabiatda indikator o’simliklar mavjud, ya’ni ularning tashqi ko’rinishiga qarab mineral oziqlanish elementlarning yetishmasligi yoki ortiqchaligini aniqlash mumkin.Ular oziq elementlarning yetishmasligiga juda sezgir bo’ladi va buni o’zining tashqi ko’rinishida yaqqol namayon bo’ladi. Oziq elementlari yetishmasligining indikatori bo’lib: Azot uchun – karam kartoshka makkajuxori, smorodina olma daraxti, qorali,( kuchsiz o’sish, barglari mayda bo’lib, rangi och yashil, sariq-yashil, sariq bo’ladi, xloroz). Fosfor uchun – turnej, bryukvva, tomat, olma daraxti, krijovnik (o’sishi yomonlashishi, barg rangi tuq yashil, havo rangiroq, dog’i binafsha, qizilroq, qo’ng’irroq rangda, keyin barg quriydi): Kaliy uchun - kartoshka, lavlagi, loviya, beda, karam, krijovnik, smorodina, olma daraxti (o’sish sekinlashadi, barg sarg’ayadi, qo’ng’irlashadi va kuriydi.O’simlik havo rang, yashil rang, barg burishadi, tulqinli, yotib qoladi). Magniy buyicha – kartoshka, karam, krыjovnik, smoradina, olma daraxti (pastki barglari ochlashadi va och-yashil, yashil top sariq, sariqtop rangga kiradi, xloroz, tariq barglari tuq sariq zarg’aldok) rangga kiradi, g’uza barglari qirmizi qizil bo’ladi). Temir bo’yicha- kartoshka, mevali daraxtlar (o’sish kuchsizlangan, pastki barglar normal holatda, eng balandgi barglar och-sariq yoki och yashil, barg tomirlari sariq): Bor bo’yicha – kungaboqar, lavlagi, sholi, zig’ir, turneps, bryukva, tomat, selderey, karam, dukkakli ekinlar, mevali va rezavor mevali daraxtlar (yukorgi o’sish nuqtasida xloroz, qorayadi va quriydi, bakterioz, ichi g’ovaklashadi.). Marganes bo’yicha – suli, bugdoy, lavlagi, kartoshka, ildizmevalilar, karam, makkajo’xori, gorox, loviya, beda, kungabokar, savzovat ekinlari, malina, limon, gilos, olxo’ri (qorali), abrikos (o’rik), olma daraxti (yosh barglar xlorozi, barg tomirlari yashil, kul rangolachiporlik, dog’li sariqlik.) Mis bo’yicha - Suli, bug’doy, arpa, o’tlar, zig’ir, kanop, xantal, lavlagi,ildizmevalar, seberga, tariq, kungaboqar, dukkakli va sabzavot ekinlar (o’sishi sekinlashadi, xloroz, turgor yuqoladi, qurish, gullash sekinlashadi, hosil kamayadi, barglar och yashil rangga kiradi, kuchli tuplanish, boshoq rivojlanmay qoladi,tepa qurishi) Rux bo’yicha – loviya soya, makkajo’xori, grechixa,marjumak, xmel, lavlagi, kartoshka, sebarga, sitrusli o’simliklar, olma daraxti (barglari kichkina, rozetkasimonlashishi barglari ola chiporligi, xloroz, barg plastinka va bandlarini buralib qolishi, o’sishni sekinlashishi): Molibden bo’yicha – karam, tomat, salat, ismaloq, dukkakli ekinlar, sitrus o’simliklari (o’sish sekinlashadi, tuganaklar hosil bo’lmaydi, barglar ranggi och-yashil, barg plastinkalari deformasiyalashadi va muddatidan oldin quriydi, barglarda sariq ola-chiporlik (dog’lar) bo’ladi, xloroz) di. Mineral oziklanish elementlarining yetishmasligi hosilga tug’rilab (tuzatib) bo’lmaydigan ziyon yetkazadi. Bu xolatni o’sha yili o’g’itlar bilan oziqlantirish hisobiga faqat kisman tuzatish mumkin. Chunki bu ozik elementlar yetishmasligini bu belgilari o’simlik metobolizmida chuqur o’zgarishlar kechgandan keyin kuzatiladi va buning oqibatini o’sha yili to’liq yo’qotish mumkin emas. Ammo yanagi yil o’suv davrida ushbu dalada o’simliklarni to’g’ri oziqlanishini ta’minlash uchun bu kuzatishlar katta axamiyatga ega.O’simliklardagi azot, fosfor, kaliy va magniy ular tomonidan qayta ishlatilishi mumkinligini ham hisobga olish kerak: Ular yetishmasligi oldin pastki eski barglarda namoyon bo’ladi. Kalsiy temir va mikroelementlar qayta ishlatilmaydi, ya’ni reutilizasiyaga uchramaydi va ular yetishmasligi oldin yosh barglar va o’sish nuqtasida namoyon bo’ladi. Oltingugurt qisman reutilizasiyalanadi. Barg diagnostikasi barglarni (butun o’simlikni yoki aloxida olingan organlarni) yalpi analiz qilishga asoslangan. O’simlikning (indikator organnning) kimyoviy tarkibi bo’yicha olingan ma’lumotlar jadval ma’lumotlari bilan taqqoslanadi. O’simlik holati, bo’yi, o’sishi va rivojlanishi hisobga olingan xolda ularni mineral oziqlanish elementlari bilan ta’minlanganligi aniqlanadi. Analizlar umum qabul qilingan uslublar bo’yicha bajariladi. Nitratlar ekspres uslub bilan aniqlanganda o’simliklar ildiz sistemasida, poyada va barglarda nitratlarni qaytarishni amalga oshrishni e’tiborga olish kerak. Bargli sabzavot ekinlari, ildizmevalilar, tuganak mevalar, xashaki donli o’tlar, tamaki, karam, zigir, donli ekinlar, g’o’za va boshqa ekinlar nitratlarning ko’p miqdorini yer ustki organlariga transportirovka qiladi. Nitratlarning ruxsat etilgan eng yuqori miqdori (konsentrasiyasi) (mg/kg maxsulotda): kartoshka – 80, karam – 150, sabzi 400, bodring – 150, pomidor – 60, kovun va tarvuz -45. O’simliklarning boshlang’ich rivojlanish fazalarida va o’simliklar ovqatga ishlatilganda nitratlar miqdori nazorat qilinadi. Kuzga kelib nitratlar miqdori kamayadi. Poya, barg bandi va asosiy barg tomirlari nitratlarga boy va shuning uchun nitratlarni bu organda aniqlash kerak. Reproduktiv meva organlarda va merestematik to’qimalarda nitratlar yo’q. O’simliklar kimyoviy tarkibi o’simlikning ayniqsa o’sishi va rivojlanishi o’suv davrining hamma sharoitlarini hisobga olgan holda tuproq analizi natijalari, hosil bilan solishtiriladi. Olingan ma’lumotlar asosida ekin va tuproqlar bo’yicha o’simlikning mineral oziqlanish elementlari bilan ta’minlanganlik darajasi gradasiyasi tuziladi. O’simlik analizi tuproq analiziga qaraganda mineral oziq elementlar bilan ta’minlanganlik darajasini aniqroq kursatadi. O’simliklarda elementlarning solishtirma miqdori ularning tuproqdan o’simlikka o’tish tezligi va o’sish sur’atiga bog’liq. Shuning uchun elementlarning olib chiqib ketishini element mikdorini o’simlik quruq massasiga ko’paytirish bilan topiladi va keyin kg/ga da ifodalanadi ( bir gektardagi o’simliklar soniga xisoblash yo’li bilan). Oziqlanishning balanslashganlik darajasini aniqlash uchun elementlar urtasidagi nisbat hisoblanadi. Har qaysi nisbat bu yoki u ekindan yuqori hosil uchun olingan qiymatlar bilan taqqoslanadi. Rejalashtirilgan hosilga ishlab chiqarishda qabul qilingan ug’itlar normasi diagnostikasi ma’lumotlari bo’yicha qayta aniqlanadi: Soptimal D= N --------------- Sfakt Bu yerda: D - kayta aniqlangan o’g’it dozasi (normasi), kg/ga hisobida oziq modda. N – xo’jalikda qo’llanilayotgan o’rtacha o’g’it normasi (dozasi), kg/ga. Soptim – o’simlikda elementlarning optimal konsentrasiyasi , %. Soptom – o’simliklarning ushbu elementga bo’lgan muhtojlik talab Samal darajasi. S fakt – o’simliklarda elementning amaldagi konsentrasiyasi,% O’simliklarda elementlar o’rtasidagi nisbat balanslashgan bo’lmaganda bir o’g’it dozasini boshqa elementning miqdori bo’yicha kayta aniqlashimiz mumkin. misol uchun azot yetishmaganda va fosfor ortiqcha bo’lganda azot dozasi kuydagi formula buyicha tuzatiladi. SoptimalNxCamaliR D =N----------------------- SamalNx CoptimalR To’qima diagnostikasi dala portativ asbobi OP-2 (Serling) yordamida o’simliklar oziqlanishini tez nazorat qilish uchun to’qimalar va o’simlik so’rimida anorganik birikmalar miqdorini aniqlashga asoslangan. Dala portativ asbobi OP-2 bilan yangi o’simliklar kesigida anorganik birikmalar konsentrasiyasini rangli reaksiyalar intensivligi bo’yicha aniqlaydi. Nitratlar, fosfatlar, kaliy, magniy, xlor,Magniskiyning dala asbobi yordamida shira tomchisida aniklanadi. Tuproqda bu yoki u oziq elementlar yetishmasligi shu zahotning o’zidayoq o’simlik organlari va shirasidagi ular miqdorida aks etadi. Magniskiy buyicha analiz natijalarini xisoblash.
Hosil va o’simlik shirasi kimyoviy tarkibi o’rtasida yaqin aloqa mavjud. Yuqori hosilga shiradagi oziq elementlarning ma’lum bir konsentrasiyasi tug’ri keladi. Oziqlanishning kritik darajasi – bu yuqori hosil olishni ta’minlaydigan oziq moddalar miqdorining o’simliklardagi pastki chegarasi. Rivojlanish fazalari bo’yicha bu daraja har xil ekinlarda har xil bo’ladi. Barglarda oziq elementlar miqdorini kritik darajadan pastga tushishi o’simliklar o’sishini yomonlashishini keltirib chiqaradi va hosilni kamayishiga olib keladi. O’simlik bunda mos keluvchi ug’itni qullashga muhtoj buladi. Oziq elementlar yetishmasligi ham, ortikchaligi ham salbiy oqibatlarga olib keladi. O’suv davrining har xil fazalarida oziq moddalarning eruvchi mineral shakllari miqdorini o’simlik organlarida aniqlash bo’yicha o’tkaziladigan o’simlik analizlari xo’jalikning konkret sharoitlarida qishlok hujaldik ekinlarining oziq elementlar bilan ta’minlanlanganligini kursatuvchi bo’lib hizmat qiladi. Mineral ozik elementlar yetishmasligini o’z vaqtida aniqlash va tez diagnoz qo’yish uchun poyaga yoki barg tomiriga ineksiya yoki purkash usuli qullaniladi. Kaliy va kalsiy tuzlarining 0,5% li eritmalari, karbamidning natriy monafosfatning,magniy sulfatning 0,01%li eritmalari, mikroelementlarning 0,1-0,02 % li eritmalari ishlatiladi. Ishlov berilgandan keyin 7-15 kun utgandan keyin bu yoki u element yetarli emasligi aniklanadi. Oziq elementlar funksiyalarini ular harakatchanligini, tuplanishini, hayot faoliyat jarayotlarida qatnishish shakllarini bilish har qaysi elementning boshqa elementlar o’tishiga o’zaro ta’sirini anqroq aniqlashga imkon beradi. Ayrim oziq moddalarni yetishmasligi yoki kup bulib ketishi o’simlikni tashqi ko’rinishiga ta’sir kursatadi. Bu nuqtai nazardan hamma elementlar ikkita katta guruhga bo’linadi. o’simlikda reutilizasiyaga uchraydigan elementlar N, P, K, Mg. qiyin reutilizasiyaga uchraydigan elementlar – Sa, S, Fe, deyarli barcha mikroelementlar. Birinchi guruh elementlari yetishmasa pastki, eski barglar va organlar jabr ko’radi. Ikkinchi guruh elementlari yetishmasa yuqori, yosh barglar, o’sish nuqtasi zarar yetadi. Boshida o’simliklarning kimyoviy tarkibi kuzga tashlanadigan tashqi belgilarsiz o’zgaradi, keyin asta-sekin barglar rangi o’zgaradi, dog’lar paydo buladi, polasalar hosil buladi, keyinchalik zarar ko’rgan to’qimalar va organlar quriydi ayrim xolatlarda o’simlikni tashki kurinishi tuliq o’zgaradi. Vizual diagnostika qilishdan oldin o’simlikda zararkunandalar, zambrug’ va boshqa kasalliklar bor yuqligi kuzdan kechirish kerak. Chunki ular ham o’simlikni tashqi ko’rinishini o’zgaritiradi. Qurg’okchilik, ortiqcha namlanish, kislotalik va sho’rlanish o’simlikka oziq moddalarni o’tishi va aylanishiga katta ta’sir kursatadi. Bunda o’simlik tashqi kurinishi uzgaradi. Shuning uchun vizual diagnostikada iqlim, tuproq sharoiti va agrotexnika xisobga olinadi. Azot yetishmasligi: Pastki barglar och yashil, keyin barg uchidan boshlab sarg’ayadi, qung’ir tusga kiradi va quriydi. Ayrim paytda (karam, bryukva) sariq va qizilsimon rangga kiradi. Makkajuxorida pastki barglarni markaziy tomirlari sarg’ayadi. Barglar kichkina, ensiz, quruqroq, poyaga nisbatan o’tkir burchak ostida joylashgan bo’ladi. Poya ingichka, qattiq hamda shoxlanish kuchsiz bo’ladi. Tup guli va meva shakli o’zgaradi. O’simliklarda bor tanqisligi alomatlari quyidagilardan iborat. O’zagi va ildizi o’sishdan to’xtaydi. Yuqoriga utish nuqtasi sarg’ayib, sungra qorayib qurib qoladi. Yangi novdalar paydo bulib, natijada o’simlik butasimon ko’rinishga keladi. Temir – tuprokda odatda ko’p bo’ladi, lekin ba’zilarida o’simlik o’zlashtira olmaydigan shakilda bo’lganligi sababli o’simliklar temir tanqisligiga uchrab turadi. Temir yetishmaganda faol o’sayotgan novdalarning uchidagi yosh barglarida xloroz paydo bo’lishi uning yetishmasligidan dalolat beradi. Och yashil, sungra esa och sariq rang barg tomirlari orasida tarqaladi va och sariq fonda bargning yashil tomir turi aniq ajralib turadi, o’sish sekinlashadi, hosildorligi kamayadi. Temir uzoq vaqt va anchagina yetishmaganda barg to’qmalari va yosh novdalar nobud bo’ladi. Mis – mis yetishmasligi havo issiq bo’lganda, ammiakli azotning va oziq muhitda ikki valentli temir miqdori ko’p bo’lganda kuchayadi. Boshoqli ekinlarda mis tanqisligining o’ziga xos belgilari – o’simlikning och-yashil rangga kirishi, ko’p shoxlanishi, barg uchlarining oqarishi, barg qinlaridan boshoqlar yoki ruvaklarning yetarli darajada chiqmasligi, boshoqlarning bukilganligi, barglarning buralib qolishini donning puchligi, don sifatiyning pasayishi va hosilning nixoyatda kam bo’lishidir. Molibden – yetishmaganda o’simliklarning barglarida sariq dog’larning paydo bulishi, dukkaklilarda barglarining yoppasiga xlorozga uchrashi, bodringda barg chekkasining xlorozi barglarning yaxshi rivojlanmaganligi va barg plastinkalarining buralib qolishi, barg chekkalarining qurib qolishi va ularning yukoriga qarab buralgan bo’lishidir. Marganes – marganes tanqisligi ko’prok yosh barglarda seziladi. Barg tomirlari orasida xlorid paydo bo’lishiga, ancha keyingi bosqichlarda esa kulrang (sulida), sariq (qand lavlagida) dog’lilik, urug’larning kulrang dog’liligi (nuhatda)ni keltirib chiqaradi. Bu esa xloroz bilan kasallangan to’qimalarning nobud bo’lganligidan darak beradi. O’simliklarning dastlabki rivojlanish fazalarida marganes tanqisligi alomatlari temir tanqisligi alomatlariga o’xshab ketadi. Lekin keyinchalik dog’ paydo bo’lishi ularni bir biridan farqlashga imkon beradi. Rux – tanqisligi mexanik tarkibi yengil, unumdorligi past tuproqlarda kuzatiladi. Mevali daraxtlar va boshqa o’simliklarda tez seziladi. Bunda xloroz dog’lar paydo bo’ladi, ular och yashil yoki deyarli oq bo’lib qoladi, tup barglik yoki mayda barglik paydo bo’ladi.Bunda barglarning shakli normal bo’lmay, tugunlar orasi qisqa bo’ladi. Odatda meva hosil qilmaydi yoki mevalar shakli xunuk bo’ladi. Bir necha yildan keyin daraxtlarda shoxlar, hatto butoqlari ham qurib qoladi. Fosfor tanqisligi – madaniy o’simliklarning kupchiligi uchun fosfor tanqisligining quyidagi alomatlari o’sishning sekinlashuvi hamda yosh barglarning kichkina bo’lishi, barglar xira tuq yashil bo’lib, binafsha yoki xavorang tusda tovlanishi, barglarda binafsha, qizgish, qung’ir dog’lar hosil bo’lib, keyin xuddi shu joylarda to’kimalarning qurib qolishi tavsiflidir. Bunday belgilar dastlab pastki, ancha qarigan barglarda paydo bo’ladi va asta sekin o’simlik bo’ylab yukoriga ko’tariladi. Fosfor tanqisligi yomg’irli sovuq havoda kuchayadi. Fosfor tanqisligi tufayli o’simlik kech gullaydi va kech yetiladi, mevada urug’ miqdori kamayadi. Ularning sifati yomonlashadi. O’simliklarda fosfor tanqisligi kuzatilsa ularga superfosfat berish kerak. Kaliy tanqisligi – o’simliklarda kaliy tanqisligi sezilganda o’sish sekinlashadi, barg chekkalari burishib qoladi, barglarning havorang yashil bo’lishi o’zagining ingichkalashib g’ovak bo’lishi, o’simlikning yotib qolishida namoyon bo’ladi. Bu belgilar odatda kaliyni intensiv o’zlashtirish davrida birinchi navbatda, qarigan barglarda paydo bo’ladi. Kaliy bilan oziqlantirish uchun yerga 0,5gs ug’it berish kerak. Magniy tanqisligi – yerga ko’p miqdorda kaliy xlorid, kaliy tuzlari, ammoniy sulfat solinganda magniyning singishi qiyinlashadi. Tuproqning kislotaligi ko’payganda esa o’simliklarga magniyning singishi kuchayishi mumkin, va aksincha ohaklanganda hamda azotli ug’itlar nitrat shakilda qo’llanganda magniy yetishmasligi ta’sirida kuchayishi mumkin. Magniy yetishmasligining eng tavsifli belgisi barglarning chekkalarida va tomirlari orasida rivojlanadigan xlorozdir. Bunda tomirlar va ularga tutashgan to’qimalar och yashil rangda bo’ladi. Xloroz doimo pastki barglardan boshlanadi va yukorgi barglarga tarqaladi. Magniy yetishmagan yeralarga 1-3 s/ga me’yorda magniyli o’g’itlar berish kerak. Kalsiy tanqisligi – yosh barglarning uchi oqarib qoladi. Ular mayda va notekis bo’ladi. Kalsiy juda ko’p yetishmaganda esa o’simlikning uchki kurtagi nobud bo’ladi. O’simliklar hosil tugishi va xosili shakillanishi davrida kalsiy yetishmasligi namoyon bo’ladi. Kalsiy yetishmaganda kislotali yerlarga ohak , kalsiyli selitra, gips, superfosfat solish yoki usimliklarga silitrani 0,5 -2% li eritmasini purkash kerak. Matematik statistika ( variasion statistika, biometriya, biometrika)- bu ehtimollar nazariyasiga tayanadigan matematikaning bo’limi va sistemalashtirishni (tizmalashtirishni) matematik usullariga, eksperiment va kuzatish natijalariga ishlov berishga ( taxlil qilishga ) bag’ishlangan. Matematik statistika o’rganilayotgan xodisalar qonuniyatlarini izlab topishga, analiz qilishga va asoslashga bag’ishlangan. Biologiya va iqtisodning ehtiyojidan kelib chiqqan (yuzaga kelgan) statistik analizning usuli hozirgi vaqtda fan, texnika va qishloq xo’jaligining turli - tuman oblastlarida keng qo’llanilmoqda. Har qanday tajriba yoki kuzatish o’tkazilganda, eksperimentator asosiy uchta masalani yechish uchun matematik statistikaga murojaat qiladi. tadqiqot uchun obyektlarni qanday va qancha miqdorda tanlab olish kerak. qanday qilib dastlabki ma’lumotlarni matematik statistika yordamida qisqartirish mumkin,ya’ni tajriba ma’lumotlarini oddiyroq umumlashtirilgan ko’rsatkichlar ko’rinishida tasvirlash mumkin,degan muammoni yechishda. olingan eksperimental ma’lumotlar (natijalar) ishonchliyligini qanday qilib baholash mumkin. Ammo, ilmiy bilishning statistik usullari qimmatini oshirib yuborish (bo’rttirish) va ularni ishlatishni o’z maqsadiga aylantirib olish mumkin emas.Matematik statistika usullari eksperimentator fikrida agrofizik, agrokimyoviy,seleksion,fiziologik tadqiqot usullariga nisbatan ko’p joy olishi kerak emas. Agar matematik statistika usullari o’rganiladigan xodisalarning agrokimyoviy ma’nosini (mazmunini) dastlabki malakali analiz va tajribani to’g’ri qo’yish bilan birgalikda qo’llanilmasa (olib borilmasa) unda matematik statistika usullari o’zi alohida eksperimentator epchilligiga (moxirligiga,ustaligiga) hyech nima qo’sha olmaydi.Materialga statistik ishlov berishning hyech qaysisi yomon tajribani yaxshi natija berishga majbur qila olmaydi.Eksperimentatorning asosiy majburiyati-sifatli, puxta, asl,biror bir maqsadga yo’naltirilgan tajribalar qo’yish,matematik statistika esa tajriba o’tkazish uchun optimal sharoitni tanlab olishda agrokimyoviy tadqiqotga yordam beradi va eksperimental ma’lumotlarga obyektiv,miqdoriy baho beradi. Har qanday ommaviy,ko’p qirrali hodisalar (misol uchun,o’simliklar guruhi) dalada ayrim individ,tasodiflar,faktlar,predmetlar yoki ba’zi shartli birliklar majmuasi ko’rinishida bo’ladi. Bu ko’rsatkichlarning (individ, tasodif, fakt predmet, shartli birlik) xar qaysi alohida olinganda keskin individuallikka (shaxsiylikka) ega va boshqalardan bir qator belgilari (balandligi,massasi,maxsulot miqdori va sh.k) bilan farqlanadi. Belgilarni har qaysisi alohida har xil, ayrim individlarda har xil darajada ifodalangan bo’lishi mumkin, shuning uchun ham belgi o’zgaruvchan bo’ladi (variasiyalanadi) deb aytiladi. Variasiyalanish so’zi lotincha Variates (farq) va Variare (rang-barang qilish, ko’rinishni o’zgartirish) so’zlaridan kelib chiqqan shartli birliklarning (o’simliklar,dala tajribasining parallel paykallaridagi hosil va shu kabilar) xossalari hattoki bir jinsli to’plamlarda (majmualarda) ham bir-biridan farq qilishga o’zgaruvchanlik (variasiyalanish) deyiladi.O’zgaruvchanlik tabiatdagi hamma predmetlarga xos (qurollanmagan ko’zga bilinmasada, lekin ikkita mutlaqo (butunlayin) bir xil predmet yo’q). O’simliklardagi o’zgaruvchan belgilar bo’lib balandlik, barglar soni (barglanganlik), don miqdori, ko’rak, ochilgan ko’rak, hosil, gul, shona, boshoq, o’simlikdagi azot, fosfor, kaliy miqdori, sifat ko’rsatkichlari va shu kabilar. Bu tashqi sharoit omillarining har xil nisbatining ta’siri natijasi bo’lib, uni hamma vaqt ham hisob qilib bo’lmaydi. U tasodifiy sabablarning oqibati hisoblanadi. Shuning uchun har qanday tadqiqotda ham tajriba ma’lumotlari hamma vaqt bu yoki u chegarada o’zgarib turadi (variasiyalanadi). Biror bir belgining o’zgaruvchanligini (variasiyalanishini) aniqlash uchun bosh (asosiy) majmuaning (to’plamining) hammasini aniqlash kerak bo’ladi (bir gektardagi hamma o’simliklarni, hamma bor tuproqni, urug’ partiyasidagi hamma urug’ni,olib kelingan hamma o’g’itni va sh.k. ). Ammo bu ishni bajarish mumkin emas, ya’ni imkoni yo’q. Shuning uchun ham to’plamni bir qismida yoki tanlangan to’plamda (tanlanmada) namuna analizi o’tkaziladi. Bunday uslub tanlov usuli deb ataladi va bosh (asosiy) to’plamning (majmuaning) hammasini statistik jihatdan o’rganishda asosiy usul hisoblanadi. Bunday tanlab kuzatishlar natijasida qandaydir sonlar olinadi.Ularni (sonlarni) o’rganish oson bo’lishi uchun variasion (o’zgaruvchanlik) qator hosil qilinadi. Bu sonlarning shunday qatoriki,unda o’zgaruvchanlik belgining ko’payishi yoki kamayishi tartibidagi mumkin bo’lgan qiymatlari va ularga mos keluvchi chastotalari ko’rsatilgan bo’ladi. Farqlanadi:1)miqdoriy o’zgaruvchanlik (o’lchanishi mumkin)-variantlar o’rtasidagi farq miqdor (qiymat) bilan ifodalanadi (massa,balandlik,don soni,xosildorlik va sh.k.). Miqdoriy o’zgaruvchanlik uzlukli (diskret) va uzluksizga bo’linadi. Birinchi holda variantlar o’rtasidagi farq butun sonlar bilan,ikkinchi holda esa bu farq mumkin bo’lgan qiymatlarning chegaralanmagan sonlarini har qanday o’tishi ko’rinishida ifodalanishi mumkin. O’simliklar soni, bosh to’plamning yoki maydonining hajmi deb ataladi. Bir jinsli to’plamda tanlovni rendomizasiya (tasodifiy) usulida o’tkazish mumkin. Xar qaysi paykal tanlovni tashkil qiladi (4 ta paykal bo’yicha hamma to’plam haqida fikr yuritiladi). Kuzatishlar natijasida tanlangan to’plamning har qaysi a’zosida o’rganilayotgan belgining miqdoriy kattaligi to’g’risida ma’lumotlar olinadi. O’zgaruvchan (variasiyalanovchi) belgining mumkin bo’lgan qiymatlari variantlar (x) deb ataladi. Belgi qiymatining necha marta qaytarilishi –chastota ( f ) deyiladi. Variasion qatorga misol:
Tanlanma hajmi = hamma chastotalar yig’indisi = = p = 100 ko’sak. b) Sifat o’zgaruvchanlik –bunda variantlar o’rtasidagi farq bir variantda bo’lgan,boshqasida bo’lmagan sifat ko’rsatkichlari (rang,mazasi, shakli va sh.k.) bilan ifodalanadi.Agar belgi faqat ikkita o’zaro bir-biriga imkon beradigan (qamrab oladigan) qiymatdan iborat bo’lsa (kasal-sog’lom, qiltiqli-qiltiqsiz va boshqalarga), unda o’zgaruvchanlik alternativdir (ikki yoqlama mumkin). Variasion qatorni grafik ko’rinishida ifodalash variantni normal taqsimlanishining egri chizig’i degan nomni oldi (variasion egri chiziq yoki Gauss egri chizig’i). Har xil tasodifiy sabablar (xatoliklar) tufayli bitta variantdagi bir xil parallel paykallar bo’yicha (qaytariqlar bo’yicha) hosil tebranadi (variasiyalanadi). Bu sabablarning ta’sir darajasiga qarab bu tebranish katta yoki kichik bo’lishi mumkin. Tajribada olingan hamma hosil xaqiqiy o’rtacha xosilga (X ) yaqinlashgan bo’ladi. Haqiqiy o’rtacha hosilni hyech qanday tasodifiy sabablar ta’sir qilmaganda biz olgan bo’lur edik (agar tajriba o’tkazishda ideal sharoit yaratilgan bo’lganda). Agar biz tajribada cheksiz ko’p qaytariqlar soniga ega bo’lsak (bu mumkin emas), unda bizning o’rtacha kattaligimiz haqiqiy o’rtachaga yaqin bo’lgan bo’lar edi.Kuzatishlar soni cheksiz ko’paytirilganda variantlarning variasion qatorda taqsimlanishi (joylashishi) nazariy variasion qatorga extimollarning normal taqsimlanish qonuniga yaqinlashadi, (qo’pol va tasodifiy xatolar yo’q bo’lganda parallel bir xil paykallardagi hosil ushbu variant uchun tavsifli bo’lgan hosilning haqiqiy o’rtacha kattaligi atrofida ma’lum bir ko’rinishda joylashadi va parallel ko’rsatkichlarni soni ko’p bo’lganda sonlarning normal taqsimlanishining egri chizig’i hosil bo’ladi). Buning uchun koordinatalar o’qi yasaladi.Abssissa bo’yicha X va nisbatan X ning og’ishi joylashtiriladi (ko’rsatiladi).Bu og’ishlar S ulushida ifodalanadi. Ordinata o’qi bo’yicha-birning ulushlarida yoki foizda chastotalar ko’rsatiladi. Koordinataning boshlanishi taqsimlanishning (X) markaziga olib o’tkaziladi. Egri chiziqning hammasi 6 qismga (sektorga) bo’linadi, uning uchtasi X da o’ngda va uchtasi chapda bo’ladi. Xar qaysi sektordagi variantlar soni ularning maydoniga proporrsional bo’ladi.Qatordagi variantlarning umumiy soni 100% ga teng, extimollar nazariyasi bo’yicha birinchi o’ngdagi sektorda X dan X+S gacha xamma variantlarning 34,15 bo’ladi,chapki spektorda X dan X- gacha xuddi shunday bo’ladi -34,15. X± S chegarasida hammasi bo’lib variantlarning 68,3% yoki 2/3 variant bo’ladi (xamma kuzatishlarning asosiy yadrosi). Shuning uchun asosiy og’ish xisoblanadi, chunki X± S chegarasida hamma kuzatishlarning asosiy massasi yotadi.Ikkinchi o’ngdagi va chapdagi sektorlarda hamma variantlarning 27,18 jamlangan (to’plangan),hammasi bo’lib X dan ± 2 S gacha 95,48 %. Chap va o’ngdagi uchinchi sektorlarga kuzatishlarni kichik soni kiradi- 4,28: xammasi bo’lib X dan ±3 S gacha 99,76 % (deyarli xamma variasion qator). Faqat 0,24 % kuzatishlar u dan ko’pga og’ishi mumkin. Normal qonundan variantlar taqsimlanishidagi quyidagi umumiy qonuniyatlar kelib chiqadi: Variantlarning ko’p qismi variasion qatorning o’rta qismida joylashadi (bu yerda ularni maksiumi kuzatiladi,quyuqlashuv), variant variasion qatorning o’rtacha qiymatiga qancha yaqin bo’lsa,uning paydo bo’lish ehtimoli shuncha ko’p va variant kuzatishlarning ko’p soni bilan namoyon bo’ladi (tasvirlanadi). Variantning maksimumdan ikki tomonga taqsimlanishi (joylashishi) ozmi-ko’pmi simmetrik holda bo’ladi va o’rtacha qiymatdan (X) bu yoki u tomonga qancha kuchli og’sa ,bu variant shuncha kam uchraydi va uni bo’lish ehtimoli shuncha kam bo’ladi. Matematik statistikada normal taqsimlanish qonuni alohida (maxsus) ahamiyatga ega va tajriba ishlarida uning xossasini hisobga olish kerak. Bular asosida o’zgaruvchanlikning mos keluvchi asosiy statistik ko’rsatkichlari (formulalar) chiqarilgan. Bu ko’rsatkichlar parallel paykallardagi hosilni aniqligini, ishonchligini, xaqiqiy o’rtacha kattalikka variantlar o’rtachasini yaqinlashganligini bilishga imkon beradi. Hozirgi vaqtda bu ko’rsatkichlar o’g’itlar bilan qo’yilgan tajribalar natijalarining raqamli (sonli) materialiga ishlov berish uchun yana ham ko’proq qo’llanilmoqda. Miqdoriy variasion qatorlarning muhim umumlashtirilgan statistik ko’rsatkichlari sifatida quyidagilar ishlatiladi: O’rtacha arifmetik qiymat Asosiy kvadratik og’ish Variasion koeffisiyent O’rtacha arifmetik qiymat xatosi Ikkita o’rtacha arifmetik qiymat farqi xatosi Tajriba aniqligi (xatoligi) Tajriba ishonchligi Oddiy o’rtacha arifmetik qiymat- Misol: hosil s/ga hisobida :25;29;30;24;25;26; Oddiy o’rtacha arifmetik qiymatni aniqlang. Vazniy o’rtacha arifmetik qiymat- Misol; Xo’jalikda 1000 ga g’o’za maydoni bor.Birinchi uchastka (200 ga) 20s/ga, ikkinchi uchastka (300 ga) 25s/ga ,uchinchi (500 ga) 30s/ga hosil berdi.Vazniy o’rtacha arifmetik qiymatni toping. X-belgining (variantning) qiymati. -xar bir belgining uchrash (duch kelish) chastotasi -o’lchangan qiymatlarning umumiy soni -hamma chastotalarning yig’indisi -yig’indi (to’plam) 2.Asosiy (o’rtacha,standart) kvadratik o’rtacha kvadratik og’ish S = ± ± ; Bu kam sonli kuzatish yoki qaytariqlar uchun. S = ± ± ; Bu ko’p sonli kuzatish va qaytariqlar uchun. Ishonchlik (to’g’rilik, aniqlik, shubxasizlik, muximlik, ahamiyatlilik)- tajribadagi o’rtacha yoki qandaydir boshqa ko’rsatkichlar o’rtasidagi farq muhimligi. Ishonchlik o’rganilayotgan tadbirning (misol uchun o’g’itning) samaradorligini ta’minlaydi.O’rtacha qiymatlar o’rtasidagi farq ishonarli ravishda ma’lum bir matematik me’yorlardan ko’p bo’lishi kerak. X1 va X2 o’rtasidagi farqning muhim yoki muxim emasligi to’g’risidagi xulosa ishonchliyligining kafolati bo’lib X1 - X2 farqning umumiy farq xatoligiga ( =Sd) bo’lgan nisbati xizmat qiladi. t= = t–Styudentning t kriteriyasi (o’lchovi,mezoni) yoki d>3 Sd farqlar ishonchligini taqsimlanishi bo’lib. d farq necha marta farqlar xatoligidan (Sd) katta. Eng kichik ishonarli farq (EKIF) –agar ko’rsatkich dan ikki variantning o’rtacha qiymatlari (o’rtasidagi) farq EKIF ga keng yoki katta bo’lsa, unda variantlar o’rtasidagi farq ishonarli, agar EKIF dan variantlar o’rtacha qiymatlarining farqi kichik bo’lsa, bu farq ishonchsiz hisoblanadi. EKIF05=t 05 * Sd EKIF-eng kichik ishonarli farq. 05-extimollik darajasi 95% bo’lganda EKIF01=t 01 * Sd 01-extimollik darajasi 99% bo’lganda t= R-0,95– ehtimollik darajasi – ishonchlilik darajasi. R-0,05– ahamiyatlilik darajasi. t-styudent mezoni Tajriba aniqligi (foizda ifodalangan xatolik) S 100 –foizga aylantirish uchun Agar S-x% = 1-2% bo’lsa-tajriba aniqligi juda yaxshi S-x% <3% bo’lsa-tajriba aniqligi yaxshi S-x%=3-5% bo’lsa-tajriba aniqligi qoniqarli Misol: x1=1,5 Sx1%= Sx2=0,6 Sx2%2= X1=30 X2=30 Katta qo’shimcha hosil olinganda tajriba aniqligi 7-8 % bo’lsa ham, yaxshi hisoblanadi. Agar tajriba 4 karrali qaytariqlikda qo’yilgan bo’lsa, unda uning aniqligi ikki ( =2) marta ortadi.Chunki asosiy og’ish kattaligi aloxida olingan qiymatlarning (ko’rsatkichlarning) o’rtacha arifmetik qiymatga nisbatan og’ishini aniqlash yo’li bilan hisoblanadi, unda tajribadagi asosiy og’ishning kattaligini o’rnatish (topish,aniqlash) faqat tajribada,kamida (minimum) ikkita qaytariq bo’lganda mumkin bo’ladi. Shuning uchun qaytariqsiz tajribaning aniqlik darajasi to’g’risida umuman biror bir tushunchaga ega bo’lish mumkin emas va qaytariqsiz stasionarlarda va ishlab chiqarish sharoitlarida bunday tajribalar qo’yish maqsadga muvofiq emas. Tajriba aniqligi tasodifiy xatoliklarga bog’liq. Tajriba o’tkazishdagi texnik xatolar. Tajriba uchastkasidagi tuproq unumdorligini har xilligi O’simliklarning individual o’zgaruvchanligi O’simliklarning mexanik shikastlanishi, ularni kasallik va zararkunandalar tomonidan zararlanishi. Analiz qilishda. Hisoblashda. Hamma bu xatolar bu yoki u darajada har qanday tajribani o’tkazishda o’z ta’sirini ko’rsatadi,ko’pincha biz bu xatolarni bevosita hisoblay va to’g’irlay olmaymiz.Bu xatolar qancha kam bo’lsa,tajriba aniqligi shuncha katta bo’ladi va aksincha.Matematika nuqtai nazaridan tajriba aniqligi-bu foizlarda ifodalangan tasodifiy xatolikning tajriba bo’yicha olingan o’rtacha arifmetik qiymatga nisbatidir.Tajriba aniqligi tajriba materialidagi tasodifiy xatoliklar kattaligini ko’rsatadi va tadqiqot o’tkazish uslubini va texnikasini tavsiflaydi. O’rtacha arifmetik qiymat xatosi (xatoligi) Sx=± = kam sonli kuzatish va qaytariqlar uchun X±Sx Sx=± =± ko’p sonli kuzatish yoki qaytariqlar uchun. Arifmetik xato qaytariqlar soniga bog’liq. Qaytariqlar qancha ko’p bo’lsa, xatolik shuncha kichik bo’ladi. Tanlov xatoligi va tanlanma qanday aniqlikda asosiy (bosh) to’plamni (majmuani) tavsiflashni bildiradi.Uning kattaligiga qarab o’rtacha arifmetik qiymatning tebranish chegarasi to’g’risida fikr yurgizish mumkin. Bu kattalik o’rtacha arifmetik qiymat ifodalangan kattaliklarda ifodalaniladi. Ikkita o’rtacha arifmetik qiymat farqining xatosi (tajriba xatoligi)- tajribalarda bu yoki u xosilning absolyut (mutloq) kattaligini ko’rsatish kerak bo’lmay,balki tajribaning har xil variantlari uchun o’rtacha arifmetik qiymatlarning farqini ishonchligini aniqlashimiz kerak. Agar o’rtacha qiymatning (X1) xatosi ± Sx1 ga teng bo’lsa, unda X1-X2 farqlar xatoligi (tajriba xatoligi) Sd = ± ga teng,ya’ni ikkita o’rtacha arifmetik qiymat farqi xatoligi bitta o’rtacha arifmetik qiymat xatoligidan katta bo’ladi. Ko’p xollarda o’rtacha arifmetik qiymatlar xatoligi umuman tajriba uchun birdaniga yechiladi (xisoblanadi), shuning uchun S x = Sx2 va o’rtacha arifmetik qiymatlar farqining xatosi tajriba xatosi bo’lib qoladi. Shuning uchun: Sd = ± = ± = ±Sx = ± Sx 1,414 Sd = Sd = Bu kichik tanlanmalar uchun va p ni har xil bo’lgan tanlanma uchun. X-variant qiymati (belgining qiymati). X-o’rtacha arifmetik qiymat X-X= -o’rtachadan og’ish. 2 S2 dispersil (o’rtacha kvadrat) yoki asosiy og’ish kvadrati. Asosiy kvadratik og’ish (S)- bu bitta kuzatishning xatosi.U qatorning o’zgaruvchanligini yoki tarqoqligini (yakkam-dukkamligini) tavsiflaydi va o’rtacha arifmetik qiymat (X) ifodalangan kattaliklarda ifodalanadi.Asosiy kvadratik og’ish (S) o’zgaruvchanlikni yaxshi o’lchami hisoblanadi va variasion qatorning kengligi yoki tarqoqligi to’g’rida aniq tasavvur (tushuncha) beradi. S qancha kichik bo’lsa,qator shuncha ensiz bo’ladi (o’zgaruvchanlik yoki tarqoqlik kichik bo’ladi), ya’ni o’rtacha arifmetik qiymatga (X) yaqin bo’ladi. 3. Variasion koeffisiyent yoki variasiya koeffisiyenti (o’zgaruvchanlik koeffisiyenti)- V= : S-asosiy kvadratik og’ish 100-foizga aylantirish uchun X-o’rtacha arifmetik qiymat. Bu (variasion koeffisiyent) foizlarda ifodalangan asosiy kvadratik og’ishni (farqni) o’rtacha qiymatga nisbati .Bu o’zgaruvchan belgining rang-barangligini (turli-tumanligini,bir jinsli emasligini) yoki bir jinsli (bir xil) ekanligini bildiruvchi ko’rsatkich. Agar V<10 % bo’lsa-variasion qatorning o’zgaruvchanligi kam. V=10-20 % bo’lsa-qatorning o’zgaruvchanligi o’rtacha V>20 % bo’lsa –qatorning o’zgaruvchanligi kuchli,deb atash qabul qilingan. Misol: S1=0,5 V1= X1=7 S2=0,5 V2= X2=25 Variasion qatorni ifodalaganda ma’lumotlar taqqoslab bo’la oladigan (taqqoslanadigan) holga keladi va ularni taqqoslash mumkin. Statistik analizning bu usuli tajribaning har qaysi varianti uchun umumlashtirilgan xatoni hisoblashga imkon beradi.Keyin u har xil taqqoslashlarning ishonchligini tavsiflash uchun qo’llaniladi. Bunda quyidagi hisob-kitoblar o’tkaziladi. Xar qaysi variant uchun uning o’rtacha arifmetik qiymati (X) Har bir variant uchun o’rtacha ko’rsatkichdan alohida olingan ko’rsatkichlarning og’ishini topish, (V) Topilgan og’ishni kvadratga ko’tarish, (V2) O’rtacha ko’rsatkichdan alohida kuzatishlar og’ishning xamma kvadrtlarining umumiy yig’indisini hisoblash, Formulalar (ifodalar) bo’yicha X, S, Sx,- Sd, V, t, Sx- % EKIF aniqlanadi,bularning ayrimlariga aloxida o’zgartirishlar kiritiladi,:S= ± bu yerda ,N -tajribadagi paykallarning umumiy soni. l -tajribadagi variantlar soni. Sx= ± Ifodalar o’zgarishsiz qoladi.Erkinlik darajasi miqdorini /sonini/ hisoblash kerak.Bu quyidagicha bo’ladi: Umumiy miqdori = paykallar soni minus 1 = Variantlar bo’yicha erkinlik darajasining soni=variantlar soni minus bir (1) = Qaytariqlar bo’yicha erkinlik darajasi = qaytariqlar soni minus bir. Erkinlik darajasining qoldiq soni (miqdori) =Umumiy erkinlik darajasi –variantlar bo’yicha erkinlik darajasi –qaytariqlar bo’yicha erkinlik darajasi. Erkinlik darajasining qoldiq soni bo’yicha jadvalga qaraladi (kitobning oxirida ilovadan va kesishgan joyida styudent kriteriyasi (mezoni,) topiladi. Misol:
6). Xulosa X= Dispersion analiz. Bu usul eng mukammal hisoblanadi va turli tuman eksperimental materialni statistik ishlashga imkon beradi.Usulni ishlab chiqilishi ko’p darajada ingliz statistigi R.A.Fisher (1925) nomi bilan bog’liq. U agrobiologik tadqiqotlar natijalariga ishlov berishda birinchi bo’lib bu usulni qo’lladi. Hozirgi vaqtda labaratoriyaviy,biologik, qishloq xo’jalik va sanoatga oid har xil eksperimental ishlarda hamda biologiya va qishloq xo’jaligi oblastlarida murakkab kompleks tajribalar rejalashtirilganda dispersion analiz keng qo’llaniladi. U usulni va tajriba natijasini yaxlit baholashga,variantlar o’rtasidagi farqni xamda dala tajribalarini o’tkazishda hamma vaqt uchraydigan qaytariqlar bo’yicha tuproq unumdorligi o’rtasidagi farqni aniqlashga imkon beradi. Bu usulni bir omilli hamda ko’p omilli tajribalar natijalarini baxolashda qo’llash mumkin.Hamma davlat nav sinash tarmoqlari va ilmiy-tekshirish tashkilotlari bu usuldan foydalanadi. Misol:
Umumiy X= ∑R=∑= R= =Q=
∑y2 ∑y2 ∑S2 qaytariqlar bo’yicha R2= ∑R2= Q2= Oldin har bir variant bo’yicha o’rtacha hosil (x) hisoblanadi,buning uchun variantning qaytariqlar bo’yicha hosili qo’shiladi va qaytariqlar soniga (bizning misolimizda to’rtga) bo’linadi=,keyin butun tajriba bo’yicha o’rtacha hosil (umumiy x) topiladi,buning uchun variantlar bo’yicha hamma o’rtacha hosildorliklar soni qo’shiladi va variantlar soniga (bizning misolimizda 6) bo’linadi = Olingan natija butun sonlargacha yaxlitlanadi va ixtiyoriy boshlanish (a) =deb qabul qilinadi.Undan keyingi har bir paykaldagi hosilning ixtiyoriy boshlanishdan og’ishi = hisoblanadi.So’ng variantlar bo’yicha og’ishlar yig’indisi (S)= va qaytariqlar bo’yicha og’ishlar yig’indisi (R) = hisoblanadi. Hamma R va S yig’indilarini alohida qo’shib chiqish kerak.Bunda hamma R lar yig’indisi (∑R) hamma S lar yig’indisiga (∑S) teng bo’lishi kerak, ya’ni ∑R=∑S.Bu yig’indi Q bilan belgilanadi, ya’ni ∑R=∑S=Q=. Xamma og’ishlarni ,variantlar bo’yicha og’ishlar yig’indisini ,qaytariqlar bo’yicha og’ishlar yig’indisini kvadratga ko’tarishimiz kerak (S2 va R2) =.Keyin variantlar bo’yicha og’ishlar yig’indilari kvadratlarini yig’indisini va qaytariqlar bo’yicha og’ishlar yig’indisi kvadratlarini yig’indisini hisoblash kerak,bunda ular ikkalasi bir-biriga teng bo’lishi kerak, va bu ko’rsatkich (yig’indi) ∑u2= bilan belgilanadi. Ularning hammasi jadvalga yoziladi.Quyidagi ma’lumotlarni yozish kerak. Umumiy X= Q= Qaytariqlar soni = Q2= Variantlar soni №= ∑u2= Paykallar soni № p= ∑r2= ∑S2= Quyidagi yordamchi hisoblashlarni o’tkazish kerak. Keyin quyidagi formulalar (ifodalar) bo’yicha tarqoqlik va variasiyalanishni (o’zgaruvchanlikni) hisoblash kerak bo’ladi. Kvadratlarni umumiy yig’indisi = ∑u2-[Q2:(N-n)]= Qaytariqlar bo’yicha kvadratlar yig’indisi: = (∑r2S ):N= Variantlar bo’yicha kvadratlar yig’indisi = (∑S2- ):n= Kvadratlarning qoldiq yig’indisi =kvadratning umumiy yig’indisi –qaytariqlar bo’yicha kvadratlar yig’indisi –variantlar bo’yicha kvadratlar yig’indisi=. Keyin tarqoqlik yoki variasiyalanishni (o’zgaruvchanlikni) analiz qilish o’tkaziladi.Buning uchun erkinlik darajasining soni aniqlanadi: Erkinlik darajasining umumiy soni = (N:n)-I= Qaytariqlar bo’yicha erkinlik darajasining soni p-I= Variantlar bo’yicha erkinlik darajasining soni =№-1= Erkinlik darajasining qoldiq soni =umumiy erkinlik soni –qaytariqlar bo’yicha erkinlik soni-variantlar bo’yicha erkinlik soni. Erkinlik darajasi –bu ushbu belgi uchun (xosil,ko’sak miqdori, o’simlik balandligi,barg soni,tuproqdagi gumus miqdori,azot miqdori va sh.k.) qancha (nechta) mustaqil (biror narsaga bog’liq bo’lmagan) ko’rsatkich borligini ko’rsatuvchi sondir. Dispersion analiz.
Qoldiq tarqoqlik yoki variasiya turini erkinlik darajasini qoldiq soniga bo’lish bilan S2 ning qiymati olinadi.= Keyin S (ya’ni ), Sx yoki Ye,V, Sd, Sx % yoki R,EKIF hisoblanadi. Belgilarning o’zgaruvchanlik darajasidagi farq ishonarligini G’ kriteriysi (mezoni,o’lchovi) yordamida baholanadi.Agar G’ amaliy ≥ G’ nazariy bo’lsa ,unda taqqoslanayotgan dispersiyalar o’rtasida muhim farq bo’ladi,qachonki G’ amaliy variantlar bo’yicha erkinlik darajasining soni= G’ nazariy = kitob ilovasidagi jadvaldan (vertikal bo’yicha (uzunasiga) erkinlik darajasining qoldiq soni,gorizontal bo’yicha (eniga) variantlarning erkinlik darajasi soni olinadi va bu ikki son kesishgan joydagi raqam) olinadi = Keyin bu raqam G’ amaliy bilan taqqoslanadi va xulosa qilinadi. Eng kichik ishonarli farq (EKIF) ikkita tanlangan o’rtachalar farqi uchun eng katta bo’lgan (mumkin bo’lgan) xatolikni ko’rsatadi.Agar amaliy (amaldagi) farq d≥ EKIF bo’lsa, unda bu farq ishonarli (muhim) ,agar d< EKIF bo’lsa,unda farq ishonchsiz (muhim emas,salmoqli emas).Va oxirida ,agar farq tajriba xatoligi uchlanganligidan katta bo’lsa, u ishonchli(muhim,salmoqli,shubhasiz,aniq). Bizning misolimizda tajribaning uchlangan xatoligi =.Endi jadvalga qaraymiz va har bir variantning o’rtacha hosilini nazorat bilan yoki variantlarni o’zaro taqqoslaymiz.Buning natijasida qaysi variantlar o’rtasidagi farq ishonarli (ya’ni uchlangan xatodan yuqori) va qaysi variantlar o’rtasidagi farq ishonchsiz (ya’ni ular o’rtasidagi farq uchlangan xatodan kichik) ekanligini aniqlaymiz va xulosa qilamiz. Eksperimental ma’lumotlarga statistik ishlov berish. Hamma asosiy statistik ko’rsatkichlarni o’zgaruvchanligini hisoblashga misol.
Quyidagi xisoblarni o’tkazish kerak. Hamma paykallar soni (n), ta Hamma paykallardan olingan hosilning o’rtacha arifmetik qiymati (X). Qiymat ishorasini hisobga olib,o’rtacha arifmetik qiymatdan og’ishi (X-X)=V, agar paykaldan olingan hosil o’rtacha xosildan katta bo’lsa,unda +(musbat belgisi),kichik bo’lsa unda – (manfiy belgisi) qo’yiladi. Xisoblash ya’ni xamma musbat va manfiy sonlarni qo’shish kattasidan kichigini ayirish (∑V) va farqni topish. Farqni kvadratga ko’tarish (X-X)2=V2. Farqlar kvadratlarini qo’shish (∑V2) S, Sx, V, Sd, Sx %, t. EKIF ning yuqorida keltirilgan formulalar (ifodalar)yordamida qiymatini hisoblang,(kuzatishlarning kichik soni uchun). Xulosa. O’tkazilgan kuzatishlar va tajribalardan imkoni boricha maksimum axborot (ma’lumot) olish uchun va bu ma’lumotlar bo’yicha xulosa qilish uchun olingan ma’lumotlarning qay darajada aniq ekanligini va bu yoki u xulosani ular bilan qaysi chegaragacha asoslash mumkin ekanligini baholash kerak.Buning uchun tekshirish natijalariga statistik ishlov berish qo’llaniladi.Bunday ishlov berish tasodifiy tebranishlar chegarasini o’rnatishga (aniqlashga), tajriba variantlari o’rtasidagi farqning ishonchligini baholashga va matematik statistikani qo’llamay turib tajriba materiallaridan olib bo’lmaydigan ma’lumotlarni chiqarib olishga imkon beradi. Shu narsani yaxshi bilib olish kerakki,matematik ishlov eksperimental materialga hyech narsa qo’shmaydi va undagi hyech narsani kamaytirmaydi, balki faqat bu ma’lumotdagi mazmunni (ma’noni) ochishga va bu ma’noni (mazmunni) matematik statistika terminlarida ifodalashga yordam beradi. Matematik ishlov berish usullarining ikkita guruhi ajratiladi: 1. Kasriy va umumlashtirilgan-buning ma’nosi (mazmuni) o’rtacha arifmetik qiymatlar xatoliklari (Sx1 va Sx2) asosida hisoblangan o’rtacha qiymatlar farqining o’rtacha xatosi (Sd) bazasida olingan o’rtacha qiymatlar farqining ( X1-X2) muximligini baholash bilan tushuntiriladi. 2. Farqiy tuzatilgan og’ishlar usuli va dispersion analiz- kuzatishlarning parallel qatorlari o’rtasidagi o’rtacha farqlarni ishonarligini baxolashga yo’naltirilgan.. Asosan,qishloq xo’jalik tajriba ishida ikkita usul keng tarqalgan. 1.A.V.Sokolovning umumlashtirilgan usuli. 2.Dispersion analiz yoki V.N.Peregudov modifikasiyasi bo’yicha R.A.Fisher tarqoqligini (variasiyasini) analiz kilish usuli. 1964 yilgacha qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishida agrokimyoviy xizmat ko’rsatishni qishloq xo’jaligi ishlab chiqarish boshqarmasining tuman agrokimyoviy laborotoriyasi olib bordi. 1964 yildan boshlab hukumat qaroriga muvofiq qishloq xo’jaligida yagona davlat agrokimyoviy xizmati tashkil etildi. O’zbekistonda 12 ta zonal agrokimyoviy laborotoriyalar tashkil etildi. Agrokimyoviy xizmat mamlakatimizda tarmoqlangan agrokimyoviy laborotoriyalari bo’lgan yagona markazlash hisoblanadi. Qishloq xo’jaligidagi mamlakat agrokimyoviy xizmati quyidagi zvenolardan tashkil topgan edi. 1) Qishloq xo’jaligiga agrokimyoviy xizmat ko’rsatish bo’yicha ishlab chiqarish ilmiy birlashmasi 2) Viloyatlardagi qishloq xo’jaligiga agrokimyoviy xizmat ko’rsatish bo’yicha ishlab chiqarish birlashmasi (qishloq xo’jaligini kimyolashtirish) 3) Qishloq xo’jaligiga agrokimyoviy xizmat ko’rsatish bo’yicha tuman (tumanlararo) ishlab chiqarish birlashmasi 4) Ilmiy-tekshirish tashkilotlari, qishloq xo’jaligining kimyolashtirishni loyihalash-tekshirish stansiyalari, respublika, viloyat, zonal agrokimyoviy laborotoriyasi. 5) Kimyolashtirishni xo’jalik punktlari. Davlat agrokimyoviy xizmati: Xo’jalik yerlarini agrokimyoviy holatini tekshirish Tuproq, o’simlik va o’g’itning kerakli ommaviy analizlarini bajarish. O’g’itlar samaradorligini o’rganish bo’yicha dala tajribalarini o’tkazish. O’g’itlarni rasional qo’llash bo’yicha tavsiyanomalar ishlab chiqish. Tayyorlanayotgan yem-xashaklarning ozuqa qimmatini aniqlash. Yem-xashaklarni ishlatish bo’yicha fermer xo’jaliklarga kerakli tavsiyalar berish. Fermer xo’jaliklarda o’g’itlar va kimyoviy meliorasiyalash vositalarini to’g’ri qo’llanilishini nazorat qilish. Qishloq xo’jaligida qo’llanilayotgan o’g’itlar va boshqa kimyoviy moddalarni sifatini aniqlash. Qishloq xo’jaligini kimyolashtirishni iqtisodiy samaradorligini aniqlash. Arbitraj analizlarini bajarish. Qishloq xo’jaligiga yuborilayotgan mineral o’g’itlar va kimyoviy meliorantlar sifatini nazorat qilish. 1974 yildan boshlab atrof muhitni va hosilni pestisidlar bilan ifloslanishini nazorat qilish sistemasi ishlab chiqmoqda. Agrokimyoviy xizmat ko’rsatish. ZAL quyidagi bo’limlarni o’z ichiga oladi: 1. Agrokimyoviy tekshirish. 2. O’g’itlar bilan dala tajribasi qo’yish va ulardan samarali foydalanish bo’yicha tavsiyalar ishlab chiqarish. 3. Yopiq grunt. 4. Yem-xashak va o’simlik mahsuloti sifatini baholash. 5. Iqtisodiy tekshirishlar. 6. Loyihalash-smetalash 7. Qishloq xo’jaligi radiologiyasi va toksikologiyasi. 8. Kartografik guruh. Zonal agrokimyoviy laborotoriyalar (ZAL) analizlarni 5 yilda bir marta, O’rta Osiyoning lalimikor yerlarida esa 6-8 yilda bir o’tkazadi. Bunda namunalar quyidagicha olinadi. 1 namuna – 1ga dan 10-25 gektargacha bqlgan yerdan olinib, o’rtacha 18-20 individual namunadan iborat bo’ladi. Laborotiriya sharoitida quyidagi analizlar olinadi. 1) Harakatchan fosfor. 2) Almashinuvchan kaliy. 3) Chirindi. 4) Kislotalik. 5) Azot. 6) Singdirilgan asoslar yig’indisi. Agrokimyoviy laboratoriya quyidagi asosiy ishlarni bajaradi: - Qishloq xo’jalik yerlarni agrokimyoviy tekshirish. - Tuproq o’g’it va o’simlikni ommaviy analiz qilish. - O’g’itlarni samaradorligini o’rganish bo’yicha dala tajribalarni o’tkazish va o’g’itni xo’jalikda rasional ishlatish bo’yicha tavsiyanoma berish. - Tayyorlanayotgan yem-xashak ozuqa qimmatini analiz qilish. - O’g’itlarni to’g’ri ishlatish va tuproq meliorasiyasi vositalarni nazorat qilish. - Qishloq xo’jaligida qo’lanilayotgan o’g’itlar sifatini aniqlash. - Qishloq xo’jalik yerlarini agrokimyoviy tekshirish va o’g’itlar bilan qo’yilgan dala tajribasi ma’lumotlarini umumlashtirish. Laborotoriya analizlari natijasida tuproq kartasi tuziladi. Tuproq kartasi. 1:10.000; 1:5000; 1:25.000; 1:2000 mashtabda bo’ladi. Tuproq kartasidan tashqari fermer xo’jalik tuproqlarining. Agrokimyoviy kartogrammasi. Agrokimyo qissalar tuziladi va shu asosida tuproqlarning agrokimyoviy tavsifi beriladi va o’g’itlar qo’llash to’g’risida tavsiyanoma ishlab chiqiladi. Hosilni hisoblash, tuproqni, o’simlikni analiz qilish, oziq moddalar olib chiqishni hamda tuproqni agrokimyoviy ko’rsatkichi bilan o’g’it samaradorligi o’rtasidagi bog’liqni aniqlaydi. Bitta ZAL bir yilda 25-30 ta dala tajribalari o’tkazadi. Agrokimyoviy xizmat ko’rsatishning eng yaxshi shakli ixtisoslashtirilgan bo’linmalar hisoblanadi. Ular bevosita qabul qilish, saqlash, mo’ljallangan joyga olib borish, tuproqqa mineral o’g’itlarni qo’llash, organik o’g’itlarni tayyorlash va qo’llash, kimyoviy meliorsiya va o’simliklarni himoya qilish vositalarni qo’llash bilan shug’ulanadi. Bunday bo’linmalarga mexanizasiyalashtirilgan unumdorlik otryadlari, xo’jalik va xo’jaliklararo kimyolashtirish punktlari, qishloq xo’jalik aviasiyasi, qishloq xo’jaligiga agrokimyoviy xizmat ko’rsatish bo’yicha tuman ishlab chiqarish birlashmasi, xo’jaliklar ishlab chiqarish brigadalari va bo’limlari misol bo’ladi. XO’JALIKNING AGROKIMYoVIY MARKAZI Xo’jalikning kimyolashtirish punkitida mexanizasiyalashgan (tarozilar va o’g’it aralashtirgich qurilmalari mavjud) ombor bo’lishi kerak. Kimyolashtirish punkitining asosiy vazifasi quyidagilardan iborat: Mineral va mahaliy o’g’itlardan, shuningdek o’simliklarni himoya qilish vositalardan samarali foydalanishni ta’minlash. O’g’it aralashmalari va zaharli dorilar eritmalarini tayyorlash. O’g’itlar solish, ekinlarni gerbisidlar va zaharli preparat bilan dorilash. Zonal agrokimyo laborotoriyalarning mutaxassislari rahbarligida o’g’itlar ustida dala sharoitida tajribalar o’tkazish. Xo’jalikning o’g’itlarga bo’lgan ehtiyojini aniqlash. Keltirilayotgan o’g’itlarni hisobga olishni va tuproqlarning agrokimyoviy ta’rifi hamda rejadagi hosilga qarab ekinlar va dalalarda foydalanishni tashkil qilish. Xo’jalikdagi kimyolashtirish punkti agrokimyoviy xizmati tuzilishining so’nggi ishlab chiqarish zvenosi hisoblanadi. Kimyolashtirish punkti xo’jalik ichidagi ixtisoslashgan bo’linma hisoblanib, o’g’itlarni taqsimlash, qabul qilish, saqlash, tayyorlash va dalalarga yetkazib berish vazifalarini bajaradi. O’g’itlarni agrokimyoviy kartogrammalar asosida o’z vaqtida hamda tabaqalashtirib ishlatilish ustidan nazorat qilish ham punkt vazifasidir. MUSTAQIL ISh UChUN SAVOLLAR: Agrokimyoviy xizmat ko’rsatish kim tomonidan olib boriladi ? Agrokimyoviy xizmat kaysi bo’limlardan tashkil topgan? Qancha ZAL tashkil etildi? Namuna har necha gektardan olinadi? Agrokimyoviy laborotoriya qaysi ishlarni bajaradi? EKIF nima? Uning manosini tushintiring. EKIF qanday topiladi? Erkinlik darajasi deganda nimani tushunasiz? Dispersion analizning maqsadi va moxiyati qan Matematik-statistika usuli haqida tushuncha Bering. Tadqiqot uchun ob’ktlar qanday tanlab olinadi? Variasiyalanish so’zining ma’nosi nima? Miqdor va sifat o’zgaruvchanlik nima? Oddiy va vazniy o’rtacha arifmetik qiymat qanday hisoblanadi? 10> Download 1.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling