Guliston davlat universiteti o’zbek tilshunosligi kafedrasi m. Qambarov Tilshunoslik nazariyasi


Download 0.78 Mb.
bet39/63
Sana28.12.2022
Hajmi0.78 Mb.
#1021146
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   63
Bog'liq
portal.guldu.uz-Tilshunoslik nazariyasi o’quv fanidan MA’RUZA MATNI

Sintaksis


So‘zshakl sintaksisi, so‘z birikmasi sintaksisi, gap sintaksisi, sintaktik aloqa, sintaktik munosabat, predikativ bog‘lanish, qaratqich – qaralmish o‘rtasidagi sintaktik bog‘lanish, sintaktik munosabatni ifodalovchi grammatik vositalar, lisoniy sintaksis va nutqiy sintaksis, lisoniy sintaktik qoliplar, LSQ va dialektik kategoriyalar, valentlik: so‘z valentligi, sintaktik valentlik, grammatik shakl valentligi, sintaktik aloqa va valentlikning dialektik aloqadorligi.
Til sintaktik qurilma hisoblanmish gap vositasida o‘z ijtmoiy vazifasini amalga oshiradi. Tilning barcha birliklari va shu birliklarning nutqiy voqelanishlari, ya’ni fonetik, leksik, morfologik hodisalar ana shu sintaktik qurilmaning yuzaga kelishi uchun xizmat qiladi. Ma’lumki, tilning asosiy vazifasi nutq vositasida kishilarning o‘zaro fikr almashishlarini ta’minlashdan iboratdir. Jamiyatdagi ijtimoiy shaxslar gap orqali fikr almashadilar.
Gap nutqqa xos asosiy kommunikativ birlik bo‘lib, u sintaksisning bevosita o‘rganish obyekti hisoblanadi.
Sintaksis (yunoncha sintyaxys – «tuzish», «qurish» demakdir) atamasini ikki ma’noda tushunish mumkin:

  1. tilning sintaktik qurilishi ma’nosida;

  2. tilning sintaktik qurilishini o‘rganadigan grammatikaning bir qismi ma’nosida.

Biz bu atamani ana shu ikkinchi ma’nosida qo‘llab, birinchi ma’no ifodasi uchun “sintaktik qurilish” atamasidan foydalanamiz. Sintaksis gap haqidagi ta’limotdir. Bu sathda gap turlari, gap bo‘laklari, ularning o‘zaro sintaktik munosabatga kirishish usullari va vositalari, so‘z birikmasi, uning tuzilishi, tiplari, gapdan katta birliklar va shu birliklar qismlarining logik – grammatik munosabatlari o‘rganiladi. Demak, so‘z birikmalarini o‘rganish ham gap ta’limotining tarkibiy qismi bo‘lib, so‘z birikmalarini gapdan ajratilgan holda tekshirish mumkin emas. So‘zshakllar ham bevosita (ba’zan bilvosita) gapning tashkil etuvchisidir. Shunga ko‘ra sintaksis quyidagi uch qismga bo‘lib o‘rganiladi:

  1. so‘zshakl sintaksisi;

  2. so‘z birikmasi sintaksisi;

  3. gap sintaksisi.

Gap tarkibidagi grammatik shakllangan so‘zlarni so‘zshakl sintaksisi o‘rganadi. So‘z birikmasi sintaksisi esa so‘zlarning o‘zaro tobe-hokimlik munosabatida sintaktik bog‘lanib, mustaqil so‘zlarga nisbatan ancha aniqroq fikr (tushuncha) ifodalovchi birlik hosil qila olish qonuniyatlarini tadqiq etadi. So‘zlarning o‘zaro bog‘lanib, fikr ifodalashga xizmat qiladigan nutqiy birlik (gap) hosil qilish qonuniyatlarini gap sintaksisi o‘rganadi.


Ba’zi lingvistik adabiyotlarda sintaksis so‘z birikmasi va gap haqidagi ta’limot deb talqin etiladi (Qar: Baskakov N. va b. Umumiy tilshunoslik. T., «O‘qituvchi», 1979). Vaholanki, so‘z birikmalari gap bo‘laklari kabi gap qurilishining elementlaridandir. Sintaksisning predmetini belgilashda so‘z birikmasi hisobga olinsa, gap bo‘laklarini ham bundan mustasno etib bo‘lmaydi. Va yana eslatib o‘tmoqchimizki, jamiyatda axborot uzatish gap orqali amalga oshadi. Gap fikr ifoda etadi. So‘z birikmasi esa fikr emas, balki so‘z kabi tushuncha ifodalaydi. Ma’lumki, so‘z birikmasi ifodalagan ma’no so‘z ifodalagan ma’nodan ko‘ra xususiyroq (aniqroq) bo‘ladi. Demak, sintaksisning eng asosiy birligi – gap.
Sintaksis sathi til fanining barcha bo‘limlari bilan chambarchas bog‘liqligini isbotlashga hojat bo‘lmasa kerak. Vaholanki, til tizim ekanligini eslashning o‘zi kifoyadir.
Gapda so‘zlar ma’lum qoidalar asosida bir-biri bilan bog‘lanadi, ya’ni semantik-sintaktik aloqaga kirishadi. Har qanday sintaktik aloqa sintaktik munosabatlar majmuidir. «Munosabat» arabcha so‘z bo‘lib, bir qancha ma’nolarni ifodalaydi: 1) kishilar o‘rtasidagi aloqa, muomala; 2) narsa, hodisalar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘lanish, aloqa; 3) kishining voqelikdagi narsalarga, hodisalarga qarashi, yondashishi kabi. «Munosabat» atama sifatida filosofiyada muayyan sistemadagi elementlarning joylanish xarakteri va ularning o‘zaro bog‘liqligini ifodalovchi falsafiy kategoriya bo‘lsa, mantiq fanining atamasi sifatida hodisalarga xos serqirralikka turlicha yondashish nuqtayi nazari tushuniladi.
Tilshunoslikda «sintaktik munosabat» atamasi gap tarkibida so‘zlar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘lanish, aloqa demakdir. Turli tillarda mavjud bo‘lgan sintaktik munosabatlar dastlab ikki turga bo‘linadi: predikativ va nopredikativ bog‘lanish.
O‘zbek tilida predikativ bog‘lanish deganda gap tuzilishining asosi (gapning markazi) kesim bilan bog‘liq bo‘lgan sintaktik munosabat nazarda tutiladi. Shuni ta’kidlash lozimki, o‘zbek tilidagi sodda gaplarni qiyoslasak, har bir gapda – qaysi so‘z turkumi va uning qanday shaklda bo‘lishidan qat’iy nazar – shakllangan kesimning takrorlanganligini kuzatamiz. Gaplarda ega ishtirok etmasligi ham mumkin. Biroq, kesim gapning asosini tashkil etadi. Kesim gapning markazi bo‘lib, u tasdiq G’ inkor, mayl G’ modallik, zamon, shaxs G’ son ma’nolarini ifodalab keladi, hukmni ifodalaydi va gapning boshqa bo‘laklarini o‘z atrofida birlashtiradi. Chunonchi, Mardni maydonda sinaymiz gapida kesim (sinaymiz) tasdiq ma’nosida, xabar maylida, kelasi zamon, I shaxs ko‘plik shaklida ifodalangan bo‘lib, gapning ikkinchi darajali bo‘laklari – vositasiz to‘ldiruvchi (mardni) hamda o‘rin holi (maydonda) bilan o‘zaro sintaktik munosabatga kirishgan. Nopredikativ bog‘lanish bunday xususiyatga ega emas. Bunda so‘zlar o‘zaro turli usulda va turli vositalar bilan sintaktik munosabatga kirishadi. Teng bog‘lanish va ergash bog‘lanish (tenglashish va ergashish) nopredikativ bog‘lanishning turlari hisoblanadi.
Grammatik jihatdan bir-biriga teng bo‘lgan so‘zlarning o‘zaro grammatik munosabatga kirishishidan teng bog‘lanish yuzaga keladi. Tenglashish munosabati, odatda, teng bog‘lovchilar va sanash ohangi orqali ifodalanadi. Chunonchi:
o‘quvchilar va o‘qituvchilar; kitoblar, daftarlar;
otets i deti; xorosho, no dorogo (ruscha);
The Lesson finished and the teacher went off (inglizcha);
Die Mutter und die Tochter (nemischa).
Ergash bog‘lanishda grammatik jihatdan teng bo‘lmagan so‘zlar o‘zaro grammatik munosabatga kirishadi va tobe-hokim munosabatiga ega bo‘lgan so‘z birikmalarini yuzaga keltiradi. Chunonchi:
umidli dunyo, qo‘shiq aytmoq, shoshib gapirish;
dlinnaya doroga, krepkiy chay, imeet pravo (rus tilida);
sleart profit; Long island is a long island (ingliz tilida).
Tobelanish munosabati, asosan, aloqa-munosabat affikslari, ko‘makchilar, fleksiya, so‘z tartibi, ohang kabi vositalar bilan ifodalanadi.
Turkiy tillarda sintaktik munosabatning tenglashish va ergashish tiplaridan tashqari alohida ko‘rinishdagi sintaktik munosabat ham mavjuddir. Bu qaratqich va qaralmish munosabatidir. Agar tenglashishda grammatik tomondan teng bo‘lgan so‘zlar sintaktik munosabatga kirishib, gap bo‘laklarini uyushtirib kelsa, ergashishda esa biri hokim, biri tobe vaziyatdagi bo‘laklar sintaktik munosabatga kirishib, so‘z birikmasini hosil qiladi. Qaratqich va qaralmish munosabatidagi so‘zlar ayni bir paytda bir-biriga tobe, bir-biriga hokim vaziyatda bo‘ladi, ya’ni qaratqich kelishigini olgan so‘z o‘ziga semantik jihatdan mos III shaxs egalik affiksini olgan so‘zni talab etadi. Ayni paytda III shaxs egalik affiksini olgan so‘z o‘zi aloqador bo‘lgan so‘zning qaratqich kelishigi shaklida bo‘lishini talab etadi. Nutqiy bosqichda nutq sharoitiga ko‘ra ba’zan qaratqich, ba’zan qaralmish belgisiz holatda qo‘llanishi ham mumkin. Chunonchi:
Farruxning kitobi, maktab hovlisi, qizlar bazmi, bizning ko‘cha kabi.
Biz yuqorida sanab o‘tgan sintaktik munosabat tiplari turli ko‘rinishdagi grammatik vositalar orqali ifodalanadi. Bular quyidagilar:


    1. Download 0.78 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling