Guliston davlat universiteti o’zbek tilshunosligi kafedrasi m. Qambarov Tilshunoslik nazariyasi


Download 0.78 Mb.
bet40/63
Sana28.12.2022
Hajmi0.78 Mb.
#1021146
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   63
Bog'liq
portal.guldu.uz-Tilshunoslik nazariyasi o’quv fanidan MA’RUZA MATNI

Aloqa - munosabat affikslari. Bunday qo‘shimchalar sintaktik shakllar deb ham yuritiladi. Ular so‘zlarning lug‘aviy ma’nosiga ta’sir ko‘rsatmasdan, ularni sintaktik aloqaga kiritish uchungina xizmat qiladi. Turkiy tillarda sintaktik munosabatlarni ifodalashda turlovchi va tuslovchi qo‘shimchalar keng qo‘llaniladi: Masalan: kinoni ko‘rmoq, xonaga kirish, uning qalbi, sizning tuyg‘ularingiz (o‘zbek tilida); Ornina jat (o‘rningga yot), Bez sag‘at 10 da uyeqtaurg‘a jatteq (Biz soat 10da uxlashga yotdik) (qozoq tilida).

  • Fleksiya. Bu hodisa flektiv tillarga hind-yevropa (rus, nemis, latin, hindu), som (arab, ivrit) tillariga xosdir. Bu tillarda har bir mustaqil so‘zning dastlabki ko‘rinishi ham negiz va qo‘shimchalarga bo‘linadi, ammo o‘zak-negizni mustaqil qo‘llab bo‘lmaydi. Chunonchi: starshiy brat, sinie bryuki, moego ottsa, xoroshix druzyax kabi. (Rus tilidan olingan ushbu so‘z birikmalaridagi sintaktik munosabat ifodalovchi vositalar qo‘shilgan so‘zlarning o‘zak-negizi ctarsh, sin, mo, xorosh bo‘lib, ular mustaqil holda qo‘llanilmaydi.)

  • Yordamchilar (bog‘lovchilar, ko‘makchilar, bog‘lama) so‘zlarni sintaktik munosabatga kiritishda alohida ahamiyatga egadir.

    O‘zbek tilida: Rasmni mo‘yqalam bilan chizdi. Men o‘qituvchi bolaman;
    Rus tilida: exat k druzyam, pisat na bumage.
    Ingliz, fransuz, arab tillarida sintaktik vosita sifatida artikl ham qo‘llaniladi. Roman-german tillarida artikl faqat ot so‘z turkumiga xos so‘zlardan oldin ishlatiladi. Arab tilida esa artikl ot, sifat, son bilan birga qo‘llanilaveradi. Chunonchi: a table (stol); an apple (olma); Al kita: bu; ru – N (arabcha) kabi.

      1. So‘z tartibi. So‘zlarning sintaktik funksiyasi maxsus morfologik ko‘rsatkichlar bilan ifodalanmaganda so‘z tartibi sintaktik munosabatlarni ko‘rsatuvchi muhim vosita bo‘lib qoladi. Bu vaqtda so‘zlarning gapdagi vazifasi so‘z tartibiga bog‘liq bo‘ladi. So‘z tartibi o‘zgarishi bilan sintaktik holat ham, gap semantikasi ham o‘zgaradi. Masalan: shirin qovun (aniqlovchi-aniqlanmish), Qovun shirin (ega-kesim), Gullagan daraxt hammamizni hayratga soladi. Daraxt gullagan, hammamizni hayratga soladi.

    Ba’zan so‘z tartibining o‘zgarishi sintaktik holatga daxl etmasligi ham mumkin, ya’ni gap bo‘laklarining o‘rni o‘zgarsa-da, ularning sintaktik vazifasi ilgarigicha qolaveradi. Masalan: Yana keldi qalbimning rozi, Yana keldi men kutgan bahor.
    Qalbimning rozi yana keldi. Men kutgan bahor yana keldi.
    Flektiv tillarda so‘z tartibi sintaktik vosita sifatida kam qo‘llaniladi.


      1. Download 0.78 Mb.

        Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   63




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling