Guliston davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika- psixologiya
so‘zma-so‘z qaytarish va boshqacha talqin etish
Download 0.67 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-Kasbiy psixologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Suxbatdoshga samimiy qiziqish bildirish
so‘zma-so‘z qaytarish va boshqacha talqin etish.
Birinchisi, suxbatdosh so‘zlarining bir qismini yoki yaxliticha qaytarish orqali, sherikni qo‘llab-quvvatlashni bildiradi. Ikkinchisi esa — sherigimiz so‘zlarini tinglab, undagi asosiy g‘oyani muxtasar, o‘zimizning talqinimizda ifoda etish. Ikkala usul xam sherik uchun muxim, chunki u sizning tinglayotganingizni, xattoki, undagi g‘oyalarga qarshi emasligingizni bildiradi. Bunday tashqari, biz yaxshi tinglayotgan bo‘lib, «Yo‘g‘e?», «Naxotki?», «Qara-ya?», «Yasha!» luqmalari bilan xam suxbatdoshimizni gapirishga, yanayam o‘z fikrlarini oydinlashtirishga chaqirib turamiz. Demak, aslida bizdagi gapirayotgan shaxs etakchi, u suxbatning mutloq xokimi, degan tasavvur unchalik to‘g‘ri emas. Yaxshi tinglashda xam shunday kuch borki, u suxbatdoshni sizga juda yaqinlashtiradi, ishonchni tug‘diradi. Chunki muloqot jarayonidagi eng qimmatli narsa - bu axborotning o‘zi. Tinglayotgan odam ma’nili, yaxshi dialogdan faqat yaxshi, foydali ma’lumot oladi. Gapirgan esa aksincha, o‘zidagi borini berib, gapirmaydigan suxbatdoshdan «teskari aloqani» olib ulgurmay, xech narsasiz qolishi xam mumkin. SHuning uchun muloqotga o‘rgatishning muxim yo‘nalishlaridan biri - odamlarni faol tinglashga, bunda barcha paralingvistik va noverbal omillardan o‘rinli foydalanishga o‘rgatishdir. 17-jadval 180 ✓ Aktiv holat. Bu - agar kreslo yoki divan kabi mebel bo‘lsa, unga bemalol yotib olmaslik, suxbatdoshning yuzidan tashqari joylariga qaramaslik, mimika, bosh chayqash kabi xarakatlar bilan uning xar bir so‘ziga qiziqayotganligingizni bildirishni nazarda tutadi; ✓ Suxbatdoshga samimiy qiziqish bildirish . Bu nafaqat suxbatdoshni o‘ziga jalb qilib, balki keyin navbat kelganda o‘zining xar bir so‘ziga uni xam ko‘ndirishning samarali yo‘lidir. ✓ O‘ychan jimlik. Bu muloqot jarayonida suxbatdosh gapirayotgan paytda yuzda mas’uliyat bilan tinglayotganday tasavvur qoldirish orqali o‘zingizning suxbatdan manfaatdorligingizni bildirish yo‘li. Agar muloqot jarayonida ishtirok etuvchi ikki jarayon - gapirish va tinglashning faol o‘zaro ta’sir uchun teng axamiyatini nazarda tutsak, bu jarayon qatnashchilarining psixologik savodxonligi va muloqot texnikasini egallashining axamiyatini anglash qiyin bo‘lmaydi. Shuning uchun ham psixologiyada odamlarni samarali muloqotga ataylab o‘rgatishga juda katta e’tibor beriladi. Bu boradagi fanning o‘z uslubi bo‘lib, uning nomi ijtimoiy psixologik trening (IPT) deb ataladi. IPT - muloqot jarayoniga odamlarni psixologik jihatdan hozirlash, ularda zarur kommunikativ malakalarni maxsus dasturlar doirasida qisqa fursatda shakllantirishdir. Eng muhimi IPT mobaynida odamlarning muloqot borasidagi bilimdonligi ortadi. Asariyat olimlarning tadqiqotlarida ko`rsatilishicha, bolaning dastlabki ijtimoiy ehtiyojlaridan biri – bu muloqotga nisbatan ehtiyojdir. Bolalarning kattalar bilan muloqotga kirishish ehtiyoji 7 yoshgacha bir nechta bosqichlar tarzida rivojlanib boradi: ➢ e’tibor va hayrixohlikka ehtiyoj paydo bo`ladi; ➢ kattalar bilan hamkorlik qilish ehtiyoji tug`iladi; ➢ avvalgi barcha ehtiyojlarga kattalar tomonidan hurmat qilish ehtiyoji tug`iladi; Download 0.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling