Guliston davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika- psixologiya
Download 0.67 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-Kasbiy psixologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Pedagogik munosabat
1.
Iqti s odchi - pedagoglarni tayorlashda muloqotning psixologik va pedagogik xususiyatlari. David G. Mayers Psycholo 138 ayniqsa pedagog uchun g`oyat muhimdir. Negaki, uning kasbiga ko`ra vazifasi ham agar u o`quvchilarni o`zi bilan birgalikdagi faoliyatga unumli jalb qila bilgan, tarbiyaning maqsadlari va vazifalariga javob beradigan tarzdagi o`zaro birgalikdagi harakat va o`zaro hamjixatlikni yo`lga qo`ya olgan, ya’ni to`laqonli pedagogik munosabatni o`rnata olgan taqdirdagina muvaffaqiyatli hal etilishi mumkin. 4-rasm Pedagogik munosabat deganda pedagog va o `quvchilar jamoasi o`rtasida o`zaro birgalikdagi harakatning mazmunan axborot ayirboshlashdan, o`quv- tarbiyaviy ta’sir ko`rsatish va o`zaro hamjixatlikni tashkil etishdan iborat tizimi, usullari va malakalari tushuniladi. Pedagog ushbu jarayonning tashabbuskori sifatida maydonga chiqadi va uni tashkil etadi hamda unga boshchilik qiladi. Pedagogik munosabat bir tomondan, o`quv-tarbiya jarayonining hissiy holati bo`lib, ikkinchidan tomondan esa, uning bevosita mazmuniy ta’rifi sifatida namoyon bo`ladi. Munosobatning birgalikdagi faoliyat bilan aloqasi aniq ravshandir. Kishi birgalikda faoliyat ko`rsatayotganda zaruriyatga ko`ra boshqa odamlar bilan birlashishi, ular bilan muomalaga kirishishi, ya’ni aloqa o`rnatishi, o`zaro hamjixatlikka erishishi, kerakli axborot olishi va javob tariqasida axborot berishi lozim. Bu o`rinda munosabat faoliyatning bir tomoni, bir qismi, uning eng muhim informativ jihati, kommunikatsiya sifatida namoyon bo`ladi. Turli xil ta’lim yoʻnalishlari, jumladan muxandislik va biznes sohasi talabalarida seminarlar davomida intensiv oʻqitish gʻoylari sinab koʻrildi. Talabalardan oʻzlari bilan devorga ilingan ikkita biri qoʻlda va biri raqamli formatda chizilgan daraxt rasmlarini olib kelish soʻraldi. Keyin ulardan rasm chizish amaliyotining oddiy lekin asosiy prinsiplarini namoyon etuvchi rassomchilikning kichik bosqichlarini amalga oshirishlari kerakligi aytildi. Har bir bosqichda natijalar talabalar tomonidan muhokama, tahlil va ifoda qilindi. Ikki soat davomida, prinsiplarga rioya etgan holda, har bir talaba professional, koʻrgazma standartidagi suratlarni chizishdi. Ularning yakuniy seminardagi ishlarini birinchi seminardagi ishlari bilan solishtirish natijasida ular rivojlanishning asosiy elementlarini aniqlay va baholay oldilar. Va muhimi, san’at talabalari boʻlmaganlari vizual til va ijodkorlikni kashf qilish uchun etarli darajada oʻzlarini vakolatli his etdilar. David G. Mayers Psycholo 139 Seminarlarni kuzatishda, ta'lim xodimlari talabalar va seminar yetakchisi oʻrtasidagi muloqotga asoslangan, studiya muhitida baholash jarayonini ifoda eta oldilar. Ahamiyatga molik boshqa tomonlar “kichik bosqichlar” metodi, rasmlarni kritik baholash, yuqori energiya, motivatsiya va rohatlanish guruh dinamikasi – yuqori natijalarni erishish uchun xizmat koʻrsatish kabi usullarni ishlatishdir. Umumiy baholash seminarlar maqsadi emas, balki asarlar koʻrgazmalari bilan tuzilgan toʻliq rivojlangan dasturlar doirasida birlashgan boʻlishi mumkin. 72 Yaratilgan narsa (qurilgan bino, shehriy satr, o`tkazilgan daraxt, yaratilgan yoki ijro etilgan qo`shiq) - bu, bir tomondan, faoliyat mavzusi bo`lsa, ikkinchi tomondan esa vosita sifatida namoyon bo`ladiki, kishi uning yordami bilan ijtimoiy hayotda o`zini qaror toptiradi. Negaki, bu narsa boshqa odamlar uchun yaratilgandir. SHu orqali odamlar o`rtasidagi munosabat bevosita o`z aksini topadi, ijod qilayotganlarga va bajarayotganlargaham, iste’mol qilayotganlarga va o`zlashtirayotganlarga ham tegishli bo`lgan umumiy narsani ishlab chikarish tariqasidagi munosabat hosil bo`ladi. Darhaqiqat, shu o’rinda yana bir boshqa nomutanosiblik mavjud bo’lib, u o’quvchining ingliz tilini o’rganayotgan vaqtida o’zining ona tilini yo’qotib borishi holatida namoyon bo’ladi. Bu kabi bilingualism Amerika Qo’shma Shtatlarida va immigrant fuqarolar orasida oddiy holbo’lib qolgan (Tse, 2001). Mana bu holatni tasavvur qiling: Birinchi avlod vakillari immigrantlar mamlakatga kirib kelgan va ingliz tilini o’zlarining kunli ehtiyoji va ishi yuzasidan o’rganishadi, lekin uylarida o’zlarining ona tilini oila a’zolari davrasida yoki do’stlari bilan muloqotda ishlatishadi. Xatto ularning bolalari ingliz tilini o’rganish va ishlatish uchun ota-onalari tomonidan kuchli bosim oladilarva ushbu holat bolaning ona tilisini va ingliz tilini aralashtirib o’rganishiga olib keladi.Bolalar balog’at yoshiga yetgunlaricha ingliz tilida ona tillaridan ko’ra ravon yozib, so’zlab keta boshlaydilar xatto o’z ona tillarini ishlatishga xohislari ham yo’qolib boradi (dastlabki immigrantlarni nabiralari). Ushbu holat bir qarashda muammo bo’lib ko’rinmasligi mumkin, lekin bu muammoni oldini olish uchun bia o’qituvchilar ma’suliyatni o’z zimmamizga olishimiz kerak negaki immigrant o’quvchilar begona tilning ko’rsatmasini olib kata bo’lishadi. Haqiqattan ham ushbi holatga ko’z yumib 72 A handbook for teaching and learning in higher education : enhancing academicpractice / [edited by] Heather Fry, Steve Ketteridge, Stephanie Marshall.–3rd ed.p. cm. pp: 49,50. David G. Mayers Psycholo 140 ketib bo’lmaydi.Izlanishlar shuni ko’rsatadiki, tilni yo’qotish o’quvchining ingliz tilini o’rganish qobiliyatiga ta’sir o’tkazadi. Agar ona tilde so’z boyligi yuqori bo’lsa, demak ikkinchi tilda ham so’z boyligini oshirish vaqti tejaladi (Hansen, Umeda & McKinney, 2002). Biroq o’quvchilar faqat ona tilini saqlab qolishgina anglab yetishadi.Agar o’quvchi hamma tilalrda beo’xshov mahorat va qobiliyatga ega bo’lsa uning ona tilisini saqlab qolish juda ahamiyatli shuning uchun ham nutq bo’yicha mutaxasislardam yordam kerak bo’ladi. Izlanishlar shuni ko’rsatdiki, agar mutaxasisning o’zi ham ona tilini va shuningdek ingliz tilini ravon gapirsa shunda o’quvchiga samara beradi ekan (Kohnert, et al., 2005). Umuman, til yo’qolishi kamaytirish bolaning bilim salohiyatiga yordam beradi chunki tilni saqlab qolish o’quvchilarning va otaonalarning o’rtalaridagi muloqotni boyitadi.Ikkita til bilan ishlashda ota-onalar bir xil maromda bolalarning bilimini oshirishda ro’l o’ynashadi va o’qituvchilarning ishini qo’llab- quvvatlashadi masalan uy vazifalariga ko’maklashgan holda (Ebert, 2005). 73 Download 0.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling