Guliston davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika- psixologiya
Download 0.67 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-Kasbiy psixologiya
Tayanch so’z va iboralar:
munosabat, muloqot, individual- psixologik, xarakter, temperament, diolog, monolog, polilog, layoqat, qobilyat, mahorat, individual, professionalizm, intelektual. David G. Mayers Psycholo 137 Rivojlanib borayotgan jamiyatimizda sog`lom avlodni, komil insonlarni voyaga yetkazish masalasiga katta e’tibor berilmoqda. Komil insonning muhim sifatlaridan biri muloqot madaniyatidir. Muloqot inson hayoti va faoliyatining muhim shartidir. Aynan muloqot yordamida insonlar tabiatni o`zlashtirish va o`z ehtiyojlarini qondirish uchun birgalikda harakat qilish imkoniyatlariga ega bo`ladilar. Hozirgi kunda ijtimoiy amaliyotda muloqot va shaxslararo munosabatlar muammosi muhim ahamiyat kasb etmoqda. Muloqot va uning asosiy xususiyatlari, samarali muloqotning psixologik aspektlari, muloqotga o`rgatishga oid psixologik mashqlar, samarali muloqotning psixologik vositalarini o`rganish ishbilarmonlik faoliyatida asosiy o`rinni egallamoqda. Muloqot psixologiyasi fani muloqotning yuqorida keltirilgan va boshqa jihatlarini nazariy va amaliy jihatdan chuqur o`rganishga yordam beradi. Shuningdek talabalarda muloqot psixologiyasi bo`yicha amaliy ko`nikmalarni shakllantirishga xizmat qiladi. Insonning o`zini qurshab turgan olam bilan o`zaro birgalikdagi harakati odamlar o`rtasida ularning ijtimoiy hayoti va ishlab chikarish faoliyati jarayonida tarkib topadigan obyektiv munosabatlar sistemasida yuz beradi. Har qanday ishlab chiqarish odamlarning birlashuvni taqozo etadi. Ishlab chiqarmoq uchun odamlar birlashmog`i lozim. Lekin kishilarning hech qanday birligi unga jalb etilgan odamlar o`rtasida bog`lanish o`rnatilmagan va ular o`rtasida tegishli xamjihatlikka erishilmagan bo`lsa, birgalikda to`lakonli faoliyat yurita olmaydi. Masalan, o`qituvchi o`quvchilarga biron-bir narsann o`rgata olishi uchun, ular bilan munosabatga kirishishi shart. Munosabat - odamlar o`rtasida, birgalikdagi faoliyat ehtiyojlaridan kelib chiqadigan boglanishlar rivojlanishining ko`p qirrali jarayonidir. Munosabat birgalikda faoliyat ko`rsatuvchilar o`rtasida axborot ayirboshlanish munosabatini o`z ichiga oladi. Munosabatga kirishuvchilarning o`zaro birgalikdagi harakati nutq jarayonida faqat so`zlar bilan emas, balki harakatlar, xatti-harakatlar bilan xam ayirboshlashdan iborat. Muloqot jarayonida munosabatga kirishuvchilarning birbirlarini idrok eta olishlarini taqozo qilishidir. Munosabat qonuniyatlarini bilish hamda munosabat o`rnatish malakalari va qobiliyatlarini rivojlantirish har bir inson uchun, Download 0.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling