Guliston davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika- psixologiya
Download 0.67 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-Kasbiy psixologiya
Melanxolik
- xolerikning teskarisi, asablari kuchsiz, nutqi ham, harakatlari ham o‘ta sust, bosiq, psixik faolligi ham past darajada, salga xafa bo‘ladi, arazchan, pismiq, “ichimdan top” prinsipida odamlar bilan muomala qiladi, taassurotlarga o‘ta beriluvchan, tez charchaydigan, yangi ishlarga tez kirishib ketolmaydi, tortinchoq. Sezgi chegarasi keng emas. Arazchan, xafaqon. Jimgina yig‘laydi, kam kuladi. Sustkash. Tortinchoq, g‘ayratsiz. Qat’iyligi va mustaqilligi kam. Tez toliqadi. Ortiqcha ishchan emas. Diqqati beqaror. His-tuyg‘usi sust o‘zgaradi. Qotib qolgan. Intravertlashgan.. Amaliyotda u yoki bu temperament tipi sof xolda uchramaydi. Lekin qaysidir sifatlari hadeb ustun kelavergani va qaytarilishi qarab tiplarga bo‘linadi. O‘zaro 148 munosabatlarda ko‘pincha qarama-qarshi tiplar ko‘proq chiqishadi. Masalan, oilaviy hayot uchun qarama-qarshi tir ma’qulroq (erkak-xolerik, ayol- melanxolik, yoki erkak -sangvinik, ayol -xolerik kabi). lekin do‘stlar bir xil tip vakillari bo‘lgani ko‘proq ma’qul deb hisoblashadi. Mehnat jamoasida ham boshliqning dadilligi xodimlar aksariyatining vazminligi hisobiga samara bersa, ko‘pincha vazmin og‘ir, lekin asablari kuchli sangvinik rahbar jamoani ishga safarbar qilishi, uyushtirishi oson bo‘ladi. 45-rasm Temperamentning har bir insonda turlicha ekanligi mehnat faoliyatida, kasb-hunar egallashdagi individaul stilni, uslubni keltirib chiqaradi. Har bir insondagi bilim, malaka va ko‘nikmalarning turfaligi, kasbni egallashdagi layoqatlar, hayotiy tajribaning samarasi ham ma’lum ma’noda shu sifatlarga bog‘liq bo‘ladi. Jamoada birgalikda mehnat qilgan in mosligi mehnat unumdorligini keltirib chiqaradisonlarning temperament bo‘yicha bir- birlariga . Buyuk Britaniyada oliy ta’lim soxasida 300,000 ortiq chet ellik talabalar ta’lim olishadi, va ulardan qariyib uchdan bir qismi Evropa Ittifoqidan (Vikers va Bekradnia, 2007). Institutlar halqaro ta’lim bozorini bir qismi bo’lib, ular dunyo har chekkalaridan talabalarni o’qishga jalb qilgani intiladilar. Shuning uchun ular oladigan yordamni sifati juda muhimdir, faqatgina individual talabalarni foydasi uchungina emas, balki butun institut miqyosida. Institut xalqaro bo’limlari immigratsiya qoidalari bo’yicha, turar joy, oilaga yordam berish, moliya va stipendiyalar masalasi, xavfsizlik, va Buyuk Britaniyada yashashga aloqador umumiy masalalar bo’yicha maslahatlar beradilar. Ko’pincha ular yangi talalabarni hursandlik bilan qarshilab, ularga maxsus universitet bilan tanishuv dasturini taqdim etadilar, va shu qatorda ularga ta’lim yordam xizmatlarini xam ta’minlaydilar, masalan ingliz tili kurslariga yozilish bo’yicha, ba’zida universitetga kirish paytida, yoki o’qish davrida. Shu qatorda, o’quv rejasiga, o’qitish usullariga, baholashga tegishli masalalarni ham halqaro talabalar istiqboli nuqtai nazaridan qarash lozim bo’ladi. O’qituvchi xodimlarga talabalar muammolarini to’g’ri tushunishlari uchun ham zarur rivojlanish imkoniyatlarini yaratib berish kerak, masalan, 80 Download 0.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling