Guliston davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika- psixologiya


Download 0.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet120/257
Sana04.11.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1747942
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   257
Bog'liq
portal.guldu.uz-Kasbiy psixologiya

Sangvinik 
- kuchli, lekin unchalik muvozanatlashmagan asab tizimi sohibiga 
shunday xususiyatlar xoski, uning reaksiyalari tez, tez qarorlar chiqara oladi, psixik 
faolligi yuqori, kirishuvchan, mimikalarga boy, qiyinchiliklarga dosh berishi yaxshi, 
hayotga chanqoq, intiluvchan, oldiga qo‘ygan vazifasini oxirigacha etkazishga kuchi 
etadi, kayfiyatini boshqara oladi. YA’ni, sangvinik - juda faol, har bir narsaga ham 
qattiq kulaveradi, yolg‘on dalillarga jahli chiqadi.
Ob’ektlar, ma’ruzalar diqqatini tez jalb etadi. Imo-ishorani ko‘p ishlatadi
chehrasiga qarab kayfiyatini anglab olish qiyin emas. Juda sezgir bo‘lishiga 
qaramay kuchsiz ta’sirni seza olmaydi, serg‘ayrat, ishchan, toliqmas.
Faollik bilan reaktivlik munosabati muvozanatda, imtizomli, o‘zini tiya biladi, 
boshqara oladi. Xatti-harakati jo‘shqin, nutq sur’ati tez, yangilikni tez payqaydi, 
aqlidroki tiyrak, topqir, qiziqishlari, kayfiyati, intilishlari o‘zgaruvchan. Ko‘nikma 
va malakalarni tez egallaydi. Ko‘ngli ochiq, dilkash, (muomalaga) tez kirishadi.
Xayoloti (fantaziyasi) yuksak darajada rivojlangan, tashqi ta’sirlariga hozir javob 
va hokazo.
Flegmatik 
- asab tipi - inert, psixik faolligi harakatlari ko‘pincha sust, sekin 
harakat qiladi, vazmin, o‘zini va kayfiyatini boshqara oladi, hissiyotlarini boshqara 
olgani uchun kayfiyatini aniq bilish qiyin, xotirjamlik unga xos, bosiq, bardoshli
tanqidni ham munosib qarshi oladi. YA’ni, flegmatikning senzitivligi sust. 
Histuyg‘usi ham o‘zgaruvchan, shunga ko‘ra bunday shaxsni kuldirish, jahlini 
chiqarish, kayfiyatini buzish qiyin.
Ko‘ngilsiz hodisa, xavf-xatar haqidagi xabarga xotirjamlik bilan munosabatda 
bo‘ladi. Vazmin, kam harakat. Imo-ishoralari, mimikasi ko‘zga yaqqol tashlanadi. 
Lekin serg‘ayrat, ishchan, faol, chidamli, matonatli. Nutq va harakat sur’ati sust. 
Diqqatni to‘plash sekin. Yangilikni qabul qilish qiyin. Tashqi taassurotlariga sustlik 
bilan javob beradi.

Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   257




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling