Guliston davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika- psixologiya


Download 0.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet114/257
Sana04.11.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1747942
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   257
Bog'liq
portal.guldu.uz-Kasbiy psixologiya

1.
 
Iqti
s
odchi
-
pedagoglarni 
tayorlashda muloqotning 
psixologik va pedagogik 
xususiyatlari.
 


David G. Mayers Psycholo
138
ayniqsa pedagog uchun g`oyat muhimdir. Negaki, uning kasbiga ko`ra 
vazifasi ham agar u o`quvchilarni o`zi bilan birgalikdagi faoliyatga unumli 
jalb qila bilgan, tarbiyaning maqsadlari va vazifalariga javob beradigan 
tarzdagi o`zaro birgalikdagi harakat va o`zaro hamjixatlikni yo`lga qo`ya 
olgan, ya’ni to`laqonli pedagogik munosabatni o`rnata olgan taqdirdagina 
muvaffaqiyatli hal etilishi mumkin.
4-rasm
Pedagogik munosabat deganda pedagog va
o
`quvchilar jamoasi o`rtasida o`zaro birgalikdagi 
harakatning mazmunan axborot ayirboshlashdan, o`quv-
tarbiyaviy ta’sir ko`rsatish va o`zaro 
hamjixatlikni tashkil etishdan iborat tizimi, usullari va 
malakalari tushuniladi. 
Pedagog ushbu jarayonning tashabbuskori sifatida maydonga chiqadi 
va uni tashkil etadi hamda unga boshchilik qiladi. Pedagogik munosabat bir 
tomondan, o`quv-tarbiya jarayonining hissiy holati bo`lib, ikkinchidan 
tomondan esa, uning bevosita mazmuniy ta’rifi sifatida namoyon bo`ladi.
Munosobatning birgalikdagi faoliyat bilan aloqasi aniq ravshandir. Kishi 
birgalikda faoliyat ko`rsatayotganda zaruriyatga ko`ra boshqa odamlar bilan 
birlashishi, ular bilan muomalaga kirishishi, ya’ni aloqa o`rnatishi, o`zaro 
hamjixatlikka erishishi, kerakli axborot olishi va javob tariqasida axborot 
berishi lozim. Bu o`rinda munosabat faoliyatning bir tomoni, bir qismi, uning 
eng muhim informativ jihati, kommunikatsiya sifatida namoyon bo`ladi.
Turli xil ta’lim yoʻnalishlari, jumladan muxandislik va biznes sohasi 
talabalarida seminarlar davomida intensiv oʻqitish gʻoylari sinab koʻrildi. 
Talabalardan oʻzlari bilan devorga ilingan ikkita biri qoʻlda va biri raqamli 
formatda chizilgan daraxt rasmlarini olib kelish soʻraldi. Keyin ulardan rasm 
chizish amaliyotining oddiy lekin asosiy prinsiplarini namoyon etuvchi 
rassomchilikning kichik bosqichlarini amalga oshirishlari kerakligi aytildi.  
Har bir bosqichda natijalar talabalar tomonidan muhokama, tahlil va 
ifoda qilindi. Ikki soat davomida, prinsiplarga rioya etgan holda, har bir 
talaba professional, koʻrgazma standartidagi suratlarni chizishdi. Ularning 
yakuniy seminardagi ishlarini birinchi seminardagi ishlari bilan solishtirish 
natijasida ular rivojlanishning asosiy elementlarini aniqlay va baholay 
oldilar. Va muhimi, san’at talabalari boʻlmaganlari vizual til va ijodkorlikni 
kashf qilish uchun etarli darajada oʻzlarini vakolatli his etdilar.  


David G. Mayers Psycholo
139
Seminarlarni kuzatishda, ta'lim xodimlari talabalar va seminar 
yetakchisi oʻrtasidagi muloqotga asoslangan, studiya muhitida baholash 
jarayonini ifoda eta oldilar.  
Ahamiyatga molik boshqa tomonlar “kichik bosqichlar” metodi, 
rasmlarni kritik baholash, yuqori energiya, motivatsiya va rohatlanish guruh 
dinamikasi – yuqori natijalarni erishish uchun xizmat koʻrsatish kabi 
usullarni ishlatishdir. Umumiy baholash seminarlar maqsadi emas, balki 
asarlar koʻrgazmalari bilan tuzilgan toʻliq rivojlangan dasturlar doirasida 
birlashgan boʻlishi mumkin.
72
  
Yaratilgan narsa (qurilgan bino, shehriy satr, o`tkazilgan daraxt, 
yaratilgan yoki ijro etilgan qo`shiq) - bu, bir tomondan, faoliyat mavzusi 
bo`lsa, ikkinchi tomondan esa vosita sifatida namoyon bo`ladiki, kishi uning 
yordami bilan ijtimoiy hayotda o`zini qaror toptiradi. Negaki, bu narsa boshqa 
odamlar uchun yaratilgandir.
SHu orqali odamlar o`rtasidagi munosabat bevosita o`z aksini topadi, 
ijod qilayotganlarga va bajarayotganlargaham, iste’mol qilayotganlarga va 
o`zlashtirayotganlarga ham tegishli bo`lgan umumiy narsani ishlab chikarish 
tariqasidagi munosabat hosil bo`ladi.
Darhaqiqat, shu o’rinda yana bir boshqa nomutanosiblik mavjud 
bo’lib, u o’quvchining ingliz tilini o’rganayotgan vaqtida o’zining ona tilini 
yo’qotib borishi holatida namoyon bo’ladi. Bu kabi bilingualism Amerika 
Qo’shma Shtatlarida va immigrant fuqarolar orasida oddiy holbo’lib qolgan 
(Tse, 2001).  
Mana bu holatni tasavvur qiling: Birinchi avlod vakillari immigrantlar 
mamlakatga kirib kelgan va ingliz tilini o’zlarining kunli ehtiyoji va ishi 
yuzasidan o’rganishadi, lekin uylarida o’zlarining ona tilini oila a’zolari 
davrasida yoki do’stlari bilan muloqotda ishlatishadi. Xatto ularning bolalari 
ingliz tilini o’rganish va ishlatish uchun ota-onalari tomonidan kuchli bosim 
oladilarva ushbu holat bolaning ona tilisini va ingliz tilini aralashtirib 
o’rganishiga olib keladi.Bolalar balog’at yoshiga yetgunlaricha ingliz tilida 
ona tillaridan ko’ra ravon yozib, so’zlab keta boshlaydilar xatto o’z ona 
tillarini ishlatishga xohislari ham yo’qolib boradi (dastlabki immigrantlarni 
nabiralari).  
Ushbu holat bir qarashda muammo bo’lib ko’rinmasligi mumkin, lekin 
bu muammoni oldini olish uchun bia o’qituvchilar ma’suliyatni o’z 
zimmamizga olishimiz kerak negaki immigrant o’quvchilar begona tilning 
ko’rsatmasini olib kata bo’lishadi. Haqiqattan ham ushbi holatga ko’z yumib 
72
A handbook for teaching and learning in higher education : enhancing academicpractice / [edited by] Heather 
Fry, Steve Ketteridge, Stephanie Marshall.–3rd ed.p. cm. pp: 49,50.


David G. Mayers Psycholo
140
ketib bo’lmaydi.Izlanishlar shuni ko’rsatadiki, tilni yo’qotish o’quvchining 
ingliz tilini o’rganish qobiliyatiga ta’sir o’tkazadi.  
Agar ona tilde so’z boyligi yuqori bo’lsa, demak ikkinchi tilda ham so’z 
boyligini oshirish vaqti tejaladi (Hansen, Umeda & McKinney, 2002). Biroq 
o’quvchilar faqat ona tilini saqlab qolishgina anglab yetishadi.Agar o’quvchi 
hamma tilalrda beo’xshov mahorat va qobiliyatga ega bo’lsa uning ona 
tilisini saqlab qolish juda ahamiyatli shuning uchun ham nutq bo’yicha 
mutaxasislardam yordam kerak bo’ladi. Izlanishlar shuni ko’rsatdiki, agar 
mutaxasisning o’zi ham ona tilini va shuningdek ingliz tilini ravon gapirsa 
shunda o’quvchiga samara beradi ekan (Kohnert, et al., 2005). Umuman, til 
yo’qolishi kamaytirish bolaning bilim salohiyatiga yordam beradi chunki tilni 
saqlab qolish o’quvchilarning va otaonalarning o’rtalaridagi muloqotni 
boyitadi.Ikkita til bilan ishlashda ota-onalar bir xil maromda bolalarning 
bilimini oshirishda ro’l o’ynashadi va o’qituvchilarning ishini qo’llab-
quvvatlashadi masalan uy vazifalariga ko’maklashgan holda (Ebert, 2005).
73
  

Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   257




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling