Guliston davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika- psixologiya
Download 0.67 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-Kasbiy psixologiya
Kasbga yo‘naltirish jarayoni
- shaxsning individual-tipologik xususiyatlari va his-tuyg‘ularini, layoqat, iste’dodni hisobga olish, shuningdek, yoshlarni fan asoslari va psixologik bilimlar bilan qurollantirish, ularning kasb-hunar, ixtisoslik, mutaxassislik oldiga David G. Mayers Psycholo 135 qo‘yiladigan psixografik, professiogrammali talablarga moslashishga imkon beradi, inson o‘zi tanlagan sohasida amal pog‘onalariga ko‘tariladi, o‘z ishida muvaffaqiyatlarga erishadi. Umuman olganda, san’at va gumanitar fanlarda quyidagilar umumiydir: ular o’zlarini malaka va bilimlarini yetkazib berilishi uchun tuzilgan ta’lim emas, balki bilim majmui bilan mas’uliyatlar tizimi atrofida tuzilgan yoki amaliyot majmui (amaliy san’at holida) deb tushunadilar. Bu “majmua”lar aniq atama bilan ta’riflash uchun chegaralarini aniqlash juda qiyin bo’lsada, olimlar va amaliyotchilar tomonidan doimo munozara qilinib kelinsada, bu ta’rif to’g’ri bo’ladi. Albatta, bu kabi farq sun’iy darajada bo’ladi. Bilim yoki amaliyot bilan shug’ullanish tushunish metodlarini egallab olishni talab etadi va bular esa o’z navbatida texnik tushunishni talab etadi (masalan, til yoki ma’lumot tahlili, yoki artefaktlarni qilinish jarayonlarini tushunishda). Talaba “tabiatan” shug’ullana olmaydi. U yoki bu shaxsning fanga oid bilimi biz yondasha oladigan va bera oladigan usullarni o’rganishi yoki anglab yetishi shart, bu ta’lim haqiqatda qonuniy jihatdan “malakalar” mukammallashtirilishi deb ta’riflanishi mumkin. Ammo, bu mukammallashtirish ta’lim tajribasining g’oyasi boshqaruvchi yetkazib berilishi emas. Bunda biz yirik paradoksga duch kelamiz. 71 YOshlarni kasbga yo‘llashda ularning his-tuyg‘ulari va irodalarini hisobga olishning ham ahamiyati qiymatli, chunki talabalarning his- tuyg‘usi, kayfiyati, stress va ob’ektiv holatlari o‘rganilmasa va e’tiborga olinmasa, ko‘zlangan «Kadrlar tayyorlashning milliy dasturi»dagi maqsadga erishib bo‘lmaydi. Buning uchun iste’dodli yoshlarni tanlash, ularni individual o‘qitish, zarur shart-sharoitlar yaratish, reyting va modul tizimlari asosida ularga saboq berish, ta’limning davlat standartlari talabiga javob beradigan, komil insonlikka intiluvchi shaxslarni kamol toptirish muhimdir. Download 0.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling