Guliston davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika- psixologiya


Download 0.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet108/257
Sana04.11.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1747942
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   257
Bog'liq
portal.guldu.uz-Kasbiy psixologiya

Karerogramma
- bu mutaxassisni muhim bir ishda va joyda samarali 
natijaga erishishida qanday yo‘lni bosib o‘tishi uchun kerakli zaruriyat 
demakdir.
69
Bundan tashqari, ayrim manbalarda 
trudogramma 
atamasi sifatida 
ham ishlatiladi va quyidagicha ta’rif beriladi: trudogramma - kasb 
“missiya”si va uning jamiyatda tutgan o‘rni; kasbning jamiyatga tadbiq 
etilganligi, kasbga doir mehnat predmetlari; kasbiy bilimlar, kasbiy 
faoliyatda samaraga erishish uchun zarur jarayonlar, xususiyatlar va 
xolatlar, mehnat vositalari; mehnat shartlari, tashkilot va korporatsiyalar 
mehnati, mehnat maxsulotlarini o’z ichiga oladi.
Shu bilan birga, kasbga doir malaka razryadlari, kategoriyalar va 
to‘lovlarning professional darajasi, ish beruvchining kasbga doir xuquqlari, 
ish beruvchining kasbga doir majburiyatlari, kasbning insonga nisbatan 
pozitiv ta’siri, kasbning negativ tomonlari mazmunining umumiy 
tavsifnomasi sifatlarini qamrab oladi.
70
  
Har bir hunar shaxs oldiga, uning psixik jarayonlariga muayyan 
talablarni qo‘yadi. Masalan, o‘spirinlarning o‘qishi, mehnat faoliyati, 
muomala jarayoni, kasb tanlashi uchun fazo va vaqtni idrok qilishning katta 
ahamiyati bor. Har qanday kasbhunar, ixtisos va mutaxassislik uchun ish 
sur’ati, vaqt, ish qurollari, vositalarining fazoda qanday joylashganligini 
aniq bilish talab qilinadi. SHaxsni kasbga yo‘llashda, uning olamni idrok 
68
A handbook for teaching and learning in higher education : enhancing academicpractice / [edited by] Heather 
Fry, Steve Ketteridge, Stephanie Marshall.–3rd ed.p. cm.pp: 113.
69
Hayitov O., Umarova N. Boshqaruv psixologiyasidan qisqacha izohli lo‘g‘at. Metodik qo‘llanma.\\ Prof. 
V.M. Karimova umumiy tahriri ostida. – T.: “Fan va texnologiya”, 2008.31-b.
70
Hayitov O., Umarova N. Boshqaruv psixologiyasidan qisqacha izohli lo‘g‘at. Metodik qo‘llanma.\\ Prof. 
V.M. Karimova umumiy tahriri ostida. – T.: “Fan va texnologiya”, 2008. 58-b.

Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   257




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling