Guliston davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika- psixologiya
Download 0.67 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-Kasbiy psixologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Temperament tiplari xususiyatlarini faoliyat talablariga moslashtirish mumkin, buning uchun
46-rasm 80 A handbook for teaching and learning in higher education : enhancing academicpractice / [edited by] Heather Fry, 3rd ed.p. cm. p: 130-b. 149 Temperament tiplari xususiyatlarini faoliyat talablariga moslashtirish mumkin, buning uchun: Kundalik hayotimizda “xarakter” so`zi ko`p ishlatiladigan so`zlardan. Uni biz doimo birovlarga baho bermoqchi bo`lsak, ishlatamiz. Bu so`zning ma’nosini olimlar “bosilgan tamg`a” deb ham izohlashadi. Xuddi temperament kabi xarakter ham kishining individual xususiyatlariga kiradi, ularning paydo bo‘lishi va kechishining dinamik xususiyatlarini belgilab beradi. Temperamentning xususiyatlari xarakterning muayyan tomonlari rivojlanishiga karshilik ko‘rsatishi yoki yordam berishi mumkin. Xolerik yoki sangvinik tipdagi odamga karaganda flegmatik tipdagi odam o‘zida tashabbuskorlik va kat’iylikni tarkib toptirishi qiyinrokdir. Jur’atsizlik va vahimalilikni bartaraf etish melanxolik uchun jiddiy muammo bo‘lib xisoblanadi. Xarakterning jamoada shakllantirilishi xolerik tipdagi kishilarda o‘zini tuta bilishni va o‘ziga tanqidiy ko‘z bilan qarashni, sangviniklarda sabotlilikni, flegmatiklarda faollikni rivojlantirish uchun kulay sharoitlar yaratadi. 81 Xarakter xususiyatlari irsiyatning biologik qonuniyatlari bilan emas, balki ijtimoiy qonuniyatlar bilan belgilanadi. Xarakterning har bir xususiyati shaxs munosabatlari bilan bog‘liq. Lekin shaxs munosabatlari o‘z navbatida ijtimoiy munosabatlar bilan belgilanadi. Insonning xarakteri tug‘ma, doimiy, o‘zgarmaydigan narsa emas. Hech bir bola mehnatsevar yoki dangasa, rostgo‘y yoki yolg‘onchi, qo‘rqoq yoki jasur bo‘lib tug‘ilmaydi. Har bir odamning xarakteri, temperamenti asosida, ijtimoiy muhit ta’siri bilan, tarbiya, amaliy faoliyat jarayonida va kishining o‘z-o‘zini tarbiyalashi bilan taraqqiy qilib, o‘zgarib boradi. 81 David G. Mayers Psychology,© 2010 by Worth Publishers 235-b. 150 Xarakterning taraqqiyoti inson irodasi, aql-idroki va hissiyotlarining rivojlanib borishi bilan mustahkam bog‘liqdir. Xitoydan kelgan talaba, butunlay farqli madaniyatga ega bo’lib Buyuk Britaniya sharoitlariga moslashib ketishi uchun ana shunday bo’limlarni yordamiga muhtoj bo’ladi. O’quv rejasini halqaro talabalarni inobatga olgan xolda moslashtirish talab qilinadi, yani rejani ko’proq Buyuk Britaniya oliy ta’lim sharotlarigami yoki Evropa Ittifoqi sharoitlariga moslashtirish masalasida. 82 Inson xarakterining tarkib topishiga ijtimoiy muhit, uning oilasi va u a’zo bo‘lgan jamoa katta ta’sir ko‘rsatadi. Xarakterning tarkib topishida taqlidning roli ham katta. Bolalar ota-onasiga, yaqin kishilariga va kattalarga o‘xshashlikka harakat qiladi. Bolalarda ijobiy irodaviy va ahloqiy sifatlarni tarbiyalash uchun ota-onalar va tarbiyachilarning o‘zi bunday sifatlarga ega bo‘lishlari kerak. Inson jamoada muloqot jarayonida boshqalar va o‘zining xarakter xususiyatlarini bilib boradi. Xarakterning ba’zi xususiyatlari ijobiy, ba’zilari esa salbiy ekanligini ajratib boradi. Bunday sharoit kishini o‘z xarakterini o‘zi tarbiyalash, uni qayta tarbiyalashni yo‘lga soladi. Demak, bizning munosabatlarimiz ma’lum ma’no va mazmun kasb etgan munosabatlar bo`lib, ularning har birida bizning hissiy kechinmalarimiz aks etadi va xarakterimiz namoyon bo`ladi. Psixologiyada turli olimlar xarakter masalalariga juda katta qiziqish namoyon etish odamlarni shu xususiyatlariga ko‘ra bir nechta tipologiyalarga bo‘lganlar. Ulardan eng mashhurlari: Nemis psixologi va psixiatri Download 0.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling