Guliston davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika- psixologiya
Download 0.67 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-Kasbiy psixologiya
Sangvinik
- kuchli, lekin unchalik muvozanatlashmagan asab tizimi sohibiga shunday xususiyatlar xoski, uning reaksiyalari tez, tez qarorlar chiqara oladi, psixik faolligi yuqori, kirishuvchan, mimikalarga boy, qiyinchiliklarga dosh berishi yaxshi, hayotga chanqoq, intiluvchan, oldiga qo‘ygan vazifasini oxirigacha etkazishga kuchi etadi, kayfiyatini boshqara oladi. YA’ni, sangvinik - juda faol, har bir narsaga ham qattiq kulaveradi, yolg‘on dalillarga jahli chiqadi. Ob’ektlar, ma’ruzalar diqqatini tez jalb etadi. Imo-ishorani ko‘p ishlatadi, chehrasiga qarab kayfiyatini anglab olish qiyin emas. Juda sezgir bo‘lishiga qaramay kuchsiz ta’sirni seza olmaydi, serg‘ayrat, ishchan, toliqmas. Faollik bilan reaktivlik munosabati muvozanatda, imtizomli, o‘zini tiya biladi, boshqara oladi. Xatti-harakati jo‘shqin, nutq sur’ati tez, yangilikni tez payqaydi, aqlidroki tiyrak, topqir, qiziqishlari, kayfiyati, intilishlari o‘zgaruvchan. Ko‘nikma va malakalarni tez egallaydi. Ko‘ngli ochiq, dilkash, (muomalaga) tez kirishadi. Xayoloti (fantaziyasi) yuksak darajada rivojlangan, tashqi ta’sirlariga hozir javob va hokazo. Flegmatik - asab tipi - inert, psixik faolligi harakatlari ko‘pincha sust, sekin harakat qiladi, vazmin, o‘zini va kayfiyatini boshqara oladi, hissiyotlarini boshqara olgani uchun kayfiyatini aniq bilish qiyin, xotirjamlik unga xos, bosiq, bardoshli, tanqidni ham munosib qarshi oladi. YA’ni, flegmatikning senzitivligi sust. Histuyg‘usi ham o‘zgaruvchan, shunga ko‘ra bunday shaxsni kuldirish, jahlini chiqarish, kayfiyatini buzish qiyin. Ko‘ngilsiz hodisa, xavf-xatar haqidagi xabarga xotirjamlik bilan munosabatda bo‘ladi. Vazmin, kam harakat. Imo-ishoralari, mimikasi ko‘zga yaqqol tashlanadi. Lekin serg‘ayrat, ishchan, faol, chidamli, matonatli. Nutq va harakat sur’ati sust. Diqqatni to‘plash sekin. Yangilikni qabul qilish qiyin. Tashqi taassurotlariga sustlik bilan javob beradi. Download 0.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling