Guliston davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika- psixologiya
Download 0.67 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-Kasbiy psixologiya
Ommaviy axborot vositalari.
Teleko‘rsatuvlar nihoyatda mashhur bo‘lib, har bir xonadonga kirib borga bir sharoitda ular orqali uzatiladigan axbarotlarning mazmuni, ijtimoiy yo‘nalganligiga mos ravishda yoshlarda u yoki faoliyat turini tanlash va unga yo‘nalish shakllanib boraveradi. Bu borada radio eshittirishlarining har o‘rni bor, lekin xususiy kanallar faqat tijorat maqsadlarida faoliyat yuritayotgan hozirgi sharoitda ularning nufuzi va roli ancha pastlagan. Lekin agar yoshlarni o‘smirlik hamda o‘spirinlik davrida turli maqola va kitob mahsulotlaridan foydalanishga o‘rgatish, oila davrasida yangi kitoblarda ko‘tarilgan muammolarga bola ongini yo‘naltirish, shov-shuvlarga sabab bo‘lgan maqola yoki yozma boshqa nashrlarni muhokama qilish, yoshlarning zamonaviy kasb tanlashiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Ommaviy axborot vositalari orqali kasb haqida tasavvurlarni shaxs ongida muhrlashda kinoning ham alohida nufuzi va ta’siri bor. Kino bozori juda keng tarqalgan hozirgi sharoitda milliy kino asarlari bilan bir qatorda jahon kinolarini tomosha qilish, videorolliklar va kliplar, disk materiallari orqali kino suratlarga olingan mahsulotlarda bo‘lgan talabni qondirish qiyin bo‘lmay qoldi. Ko‘pgina milliy kinofilmlar an’anaviy kasb-hunarlardan tashqari, zamonaviy kasblarni, tadbirkorlik sohalari keng reklama qilmoqda. Bu xolat yoshlardan yanada aniq va mustaqil fikrli shaxs bo‘lishni talab etmoqdaki, uning hayotiy pozitsiyasi qanchalik teran shakllangan bo‘lsa, kasb tanlash va uni professional tarzda ado etish kabilarda qiyinchiliklar kam bo‘ladi. Albatta, bu borada reklamaning ham o‘rni bor. Shu bois O‘zbekistonda o‘zimiz uchun kerakli bo‘lgan kasblarni ijtimoiy reklama tarzida targ‘ib etishga ehtiyoj bor. O’qituvchilar uchun o’rganish bu maktabda yoki sinflarda sodir bo’ladigan holatlarda o’z aksini topsa ham garchi har bir o’qituvchi tashqarida ham sodir bo’ladigan “o’rganish” larga misollarni tasvirlay olishadi. Xatto o’g’lim Mishel “o’rganish”ni dadasining tajribasi va tafakkuri qarshisidagi - sinfxonada sodir bo’ladigan o’qituvchining kuzatuvidagi holat bo’lib ko’rinishini 6 yoshida anglab yetgan edi. 121 Yuqorida ta’kidlangan kasbga shaxsni yo‘naltiruvchi omillar professional faoliyatning ichki vositalari bo‘lmish bilim, malaka va ko‘nikmalarning shakllanishini ta’minlaydi. Masalan, o‘quvchi maktabdayoq muayyan fanlar doirasida bilimlar olishdan tashqari, turli amaliy mashg‘ulotlar doirasida kasbning malakaviy va ko‘nikma hosil qiluvchi jihatlarini ham o‘rganadi. Ayniqsa, yurtimizda mustaqillik yillarida Kadrlar tayyorlash milliy dasturi doirasida joylarda tashkil etilgan va hozirda muvaffaqiyat bilan 120 A handbook for teaching and learning in higher education : enhancing academicpractice / [edited by] Heather Fry, Steve Ketteridge, Stephanie Marshall.–3rd ed.p. cm. pp: 167. 121 Kelvin Seifert and Rosemary Sutton, Educational Psychology © 2009, Second Edition. 77-b. 227 yoshlarga kasb-hunar sirlarini o‘rganatyotgan professional kasb -hunar kollejlari bu borada juda katta ahamiyatga egadir. Chunki ularda yoshlar nafaqat bilim oladilar, balki aniq muayyan ixtisoslik bo‘yicha malaka va ko‘nikmalarga ega bo‘lmoqdalar. Masalan, temir yo‘llari sohasida ochilgan kollejlar aynan shu soha uchun turli yo‘nalishli kasblarga yoshlarni o‘rgatadi, chuqur bilimlar beradiki, ular shu soha faoliyati uchun bilim, malaka va ko‘nikma manbai bo‘lib xizmat qiladi. Akademik litseylar esa malakali kadr bo‘lib yetishishga imkon beruvchi akademik bilimlar majmuini berib, yoshlarni oliy o‘quv yurtlariga tayyorlaydi. Bu kabi aniq yo‘naltirilgan tadbirlar yoshlarni kasbiy yo‘nalishiga mustahkam asos bo‘ladi. Ma’ruzachi har bir ma’ruzani boshlashidan oldin talabalardan ularning mobil aloqa vositalarini oʻchirib qoʻyishlarini soʻrashi mumkin. Xattoki bu talab sizning PowerPoint taqdimotingizdagi birinchi slaydda ham aks ettirilishi mumkin. Agar biror mobil telefondan ovoq chiqsa shu tomonga qarab ishora bering. Yana bir bor ta’kidlashimiz mumkin, hazil-kulguli yondashuv bu holatda oʻrinli boʻlishi mumkin, lekin talabalarga qoidalarni buzib, ma’ruza oʻtishga salbiy ta’sir oʻtkazayotganliklarini hamda boshqalarga halaqit berayotganliklarini aytib oʻting. Ushbu holatda ma’ruzachi oʻzini bosiqlik bilan tutgan holda dars buzilayotganligini chehrasida aks ettirmasligi lozim. Yuqorida ta’kidlangani kabi, hazil-kulgu yondashuvi bu muammoning maqbul yechimiga aylanishi mumkin. Ma’ruzaga halaqit berayotgan talabalar bilan oʻqituvchi darsdan soʻng qisqa tanbeh berishga harakat qilishi darkor. Bema’ni xulq-atvor bilan bogʻliq muammolarni yechish stressli kechishi mumkin va bu holatda tajribasi kattaroq hamkasabalar bilan masahatlashishi yordam soʻrashi ham ijobiy oʻzgarishlarga sabab boʻlishi ehtimoldan holi emas. Agar mazkur muammo orqali dars jarayonini davom ettirish imkoni boʻlmay qolsa, u holda ushbu talabadan dars xonasini tark etishini soʻrash mumkin. Ammo bu yechim ma’lum ogohlantirish berishlar orqali amalga oshirilishi lozim. Qat’iyatlik va ortiqcha bema’ni harakatlar bilan bogʻliq muammolarni hal qilish rasmiy yoʻllar orqali ham amalga oshirilishi mumkin. Talabalar tartib-intizomiga tegishli qoidalar barcha universitetlarda mavjud boʻlishi lozim. Bu tartib-intizom qoidalari ayrim kichik miqdordagi talabalarga nisbatan qoʻllanilishi va shu orqali bema’ni xulq-atvorni barxam toptirish mumkin. 117 Texnikani boshqarishga o‘rgatishda bevosita uning qismlarini ko‘rsatish qanchalik muhim bo‘lsa, maxsus trenajerlar yordamida o‘rtazilagan treninglar, mutaxassis sifatida turli ishchanlik o‘yinlari (deloviye igri) shunchalik uni o‘z kasbining mas’uliyatidan qo‘rqmaslik, dadil va iroda bo‘lishga, kutilmagan ekstremal vaziyatlardan chiqishga ruhan hozirlaydi. Chunki texnik qobiyatlarni o‘stirish, texnika bilan “senlashish” uchun qanchalik maxsus trenajerlar muhim 228 bo‘lsa, muxandis uchun odamlar bilan muloqot, ular bilan hamkorlikka hozirlik shunchalik muhimdir. Ikkala xil treninglar ham bo‘lg‘usi mutaxassisni kasbi borasidagi har qanday qiyinchilikka chidamli va hozir bo‘lishga imkon beradi. Bunda psixologiyaning ahamiyati juda kattadir. Ko’p o’qitiuvchilarni ta’kidlashicha, ular asosiy foydali yordamni o’z fanlariga tegishli soxalar doirasida olishmoqda. Oliy Ta’lim Akademiyasi tarmoqlararo doirasida 24 Har xil yo’nalishdagi markazlar faoliyat ko’rsatmoqda va quyidagi ko’rsatilgan markazlar xususan muhandislik sohasiga aloqador: Download 0.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling