“Kasbiy psixologiyada individual-psixologik xususiyatlar tushunchasi” mavzusini
o’rganishda
BUMERANG METODI
BUMERANG metodi bir mashg‘ulot davomida o‘quv materialini chuqur va yaxlit
holatda o‘rganish, ijodiy tushunib etish, erkin egallashga yo‘naltirilgan. U turli mazmun
va xarakterga (muammoli, munozarali, turli mazmunli) ega bo‘lgan mavzularni
o‘rganishda samarali bo‘lib, o‘z ichiga og‘zaki va yozma ish shakllarini qamrab oladi
hamda bir mashg‘ulot davomida har bir ishtirokchining turli topshiriqlarni bajarishi,
navbat bilan tinglovchi yoki o‘qituvchi rolida bo‘lishi, kerakli ballni to‘plashiga
imkoniyat beradi, tinglovchilarni dars jarayonida, darsdan tashqarida turli adabiyotlar,
matnlar bilan ishlash, o‘rganilgan materialni yodida saqlab qolish, so‘zlab bera olish,
fikrini erkin bayon eta olish hamda bir dars davomida barcha tinglovchilarni baholay
olishga qaratilgan.
«BUMERANG» metodini qo‘llash qoidalari:
o‘qituvchi mashg‘ulotda o‘rganiladigan mavzuning rejasidagi savollar sonidan kelib
chiqqan holda auditoriyadagi tinglovchilarni guruhlarga ajratadi (masalan, reja savollari 4
ta bo‘lsa, tinglovchilar 4 ta guruhga ajratiladi va guruhlar raqamlanadi);
rejadagi birinchi savol o‘qituvchi tomonidan tayyorlangan javoblari bilan birinchi
guruhning har bir tinglovchisiga taqdim etiladi. SHu tariqa rejadagi boshqa savollar ham
javoblari bilan tegishli raqamdagi guruhlarning tinglovchilariga tarqatiladi;
o‘qituvchi guruhlarga berilgan matnni guruh a’zolari yakka tartibda alohida
o‘rganishlari, matnni eslab qolishlari, iloji boricha matnni o‘zlashtirib olishlari
kerakligini uqtiradi va tayorgarlik uchun matnni katta yoki kichikligiga qarab
10-15 daqiqa vaqt beradi, o‘zi esa guruhni va tinglovchilarning ish faoliyatini kuzatadi.
2-ilova
Mavzu bo’yicha topshiriq: “Kasbiy psixologiyada individual-psixologik
Do'stlaringiz bilan baham: |