Guliston davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika- psixologiya
Ayrim psixologik manbalarda ehtiyojlarning turlari ko‘proq ko‘rsatilgan
Download 0.67 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-Kasbiy psixologiya
Ayrim psixologik manbalarda ehtiyojlarning turlari ko‘proq ko‘rsatilgan:
➢ fiziologik (ovqatlanish, uxlash, nafas olish va shunga o‘xshash); ➢ naslni davom ettirish (tug‘ilish, tarbiya, himoya); ➢ yashash uchun turli vositalarga ega bo‘lish (turar-joy, ozuqa, kiyim- kechak); ➢ ma’naviy ehtiyojlar; ➢ muloqot; 31 Psixologiya. Uchebnik. / Pod. red. A.A. Krilov. – M.: “PROSPEKT”, 1998. C. 488. 3 2 - rasm Amerikalik psixolog Abraxam Maslouning ehtiyojlar piramidasi 72 ➢ o‘zini o‘zi namoyon etish (e’tiqod, san’atga oshnolik, ilm olish kabi); ➢ o‘zini o‘zi ko‘rsatish (hurmatga, e’tirofga, xokimiyatga ega bo‘lish kabi). Bevosita ishlab chiqarish sharoitlarini nazarda tutadigan bo‘lsak, har qanday mutaxassis yoki menejer xodimlarni ishga, mehnatga chorlash, ulardagi barcha imkoniyatlarni ishga solinishiga erishish uchun ularni faoliyatga chorlash yoki motivatsiya qilish borasida ishlar olib borishi shakllangan ichki psixologik turtkidir. Amaliyotda mehnatdan manfaatdorlik, undan qoniqish hissining mavjudligi, ishga nisbatan ehtiyoj kabilar ijro faoliyatining asosiy motivatorlari hisoblanadi. Ishlab chiqarish sharoitlarida ishchi va xodimlarning mehnatga undash va ulardagi manfaatdorlikni oshirishning tashqi omillaridan (moddiy va ma’naviy) keng foydalaniladi. Ma’lumki, ishga nisbatan moddiy rag‘batlantirish xodimlarga moliyaviy, pullik imtiyozlar berish orqali amalga oshirilsa, nomoddiy rag‘batlar – bu ishchi va xodimlarning ijtimoiy ehtiyojlarini qondirish, yaratilgan sharoitlar, xodim hurmatini o‘rniga qo‘yish, o‘zini o‘zi hurmat qilishiga turtki bo‘luvchi turli choralar tizimidan iboratdir. Ma’ruzachilar odatda talabalarning ilm olishga nisbatan motivatsiaysi pastligi borasida shikoyat qilib, bu masalani yaxshilash boʻyicha nima qilish mumkinligiga bosh qotirishadi. Koʻpgina ma’ruzachilarning qarashlariga binoan talabalarda maqsadsiz motivatsiya, ya’ni sababsiz motivatsiya shakllanib qolgan. Shunigndek, ma’ruzachilarning aksariyat qismi talabalarda ichki motivatsiyani shakllantirish kerakligi borasida da’vo qiladilar. 32 Inson tabiatan ijtimoiy mavjudot bo‘lgani sababli, u o‘z xatti-harakatlarida yaxlit jamiyat, mehnat jamoasi, o‘zi hurmat qiladigan, unga referent bo‘lgan guruhning normalari, qadriyatlari va fikrlarini qabul qiladi va unga moslashadi. Referent guruhning shaxsga ta’siri shunda ifodalanadiki, u bevosita u yoki bu ishni bajarishi uchun motivirovka rolini o‘ynaydi. SHu o‘rinda ta’kidlash o‘rinliki, shaxs uchun Download 0.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling