82
ravishda aralashib ketishi, moslashuvi jarayoni ma’nosida ishlatilsa, ikkinchidan,
uning muayyan vazifalarini bajarishiga imkon beruvchi ichki zahirasi ma’nosida
ishlatiladi. Psixolog M.R. Bityanovaning
39
yozishicha,
shaxsning ijtimoiy
adaptatsiyasi to‘g‘risidagi tasavvurlar uning ijtimoiylashuvi hamda shaxsning
etukligi tushunchalari bilan uyg‘unlashib ketadi.
Tadqiqotlarning
guvohlik berishicha, jarohaglantiruvchi hodisa yoki voqelik
ularning paydo bo‘lishi va yuzaga kelishi ahamiyatining aniqlovchisidir.
Umuman, shaxs psixologik himoya mexanizmlarini
egallab ulgursa, bu xolat
uning adaptiv (moslashuv) potensialini ya’ni imkoniyatini ko‘taradi,
shu bilan
birga ijtimoiy-psixologik adaptatsiya jarayoni muvaffaqiyatga yordam beradi.
Mazkur jarayonni amalga oshirish yoki ro‘yobga chiqarish davomida
shaxsda muhitga moslashuvchanlik xususiyati darajasi ko‘tariladi.
Turlicha
xolatlarda moslashuvchanlik to‘laqonli ro‘yobga chiqqandan keyingina shaxs
muhitning muayyan sharoitlari bilan o‘zining faoliyati o‘rtasidagi
adekvatlikka erishadi.
39-rasm
Do'stlaringiz bilan baham: