Guliston davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika- psixologiya
Download 0.67 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-Kasbiy psixologiya
Qo‘shilish, kirishimlilik
– shaxsning shunday ehtiyojidan kelib chiqadiki, u odamlar orasida ular bilan birga bo‘lish, ajralib turish va o‘zgalar diqqati markazida bo‘lishni bildiradi. Bu mohiyatan insonning o‘ziga o‘hshash insonlar bilan hamkorlikka qilishga bo‘lgan tabiiy intilishidir. Lekin bu istak osonlikcha ro‘y bermaydi. Zero, qo‘shilishga bo‘lgan motivatsiya muammosi shaxsning o‘z qadr – qimmati va sha’nining himoya qilish bilan oqlanadi. Bola taraqqiyotida ham kim bilandir birga bo‘lishga intiqlik uning interpersonal muammolaridan biridir. Keyinchalik katta bo‘lgan sari ushbu masala echimi shaxsning quyidagi xattiharakat modellarini keltirib chiqaradi: ➢ subsotsial - anglanmagan ustanovka bo‘lib, u inson ongida quyidagi fikrni bildiradi: “Men o‘zgalar nazaridan chetda qolib ketishim mumkin. SHu bois men ulardan ayro bo‘lishim kerak”. SHunday fikrlar bilan odam o‘zini o‘zgalardan tortadi, unda o‘zgalar e’tiborida bo‘lishi mumkinlik fikri tobora yo‘qolib boradi. SHuning uchun u o‘zini turli tadbirlardan, turfa xil odamlar bilan muloqotda bo‘lishdan tortadi, muloqot jarayonlarini chetlashga urinaveradi (“imitatsiya” obщeniya); ➢ yuqori darajadagi ijtimoiylik – anglanmagan ustanovka shu xolatda quyida mazmunda bo‘ladi: “Men o‘zimning o‘zgalar uchun unchalik ahamiyat kasb etishimni bilmasdan, nima qilib bo‘lsa-da ularning e’tiborini o‘zimga qaratishim shart.” YA’ni, bunday inson hamisha odamlar davrasini istaydi, qidiradi va topadi, yolg‘izlikni mutloq yoqtirmaydi. Muloqotining ko‘rinishi – muomalaga kirishish, o‘ziga diqqat-e’tiborni tortish, o‘zining o‘zgalardan ustun 35 Битянова М.Р. Социальная психология: Учебное пособие. 2 - е изд.,– СПб.: Питер, 2008. С. 150 77 tomonlarini ochiq namoyish qilish, niqob ostida bo‘lsa ham o‘zini hammaga ochiq va yoqimtoy qilib ko‘rsatish; ➢ Download 0.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling