Guliston davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika- psixologiya
Download 0.67 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-Kasbiy psixologiya
mo’tadil ijtimoiylik
– ilk yoshlikdanoq o‘zgalar bilan qo‘shilib, kirishib ketish muammosini muvaffaqiyatli xal qila olgan inson xulqining ko‘rinishi. Asosiy xususiyati – o‘zgalar bilan birgalikda yaxshi muomalada bo‘lish, kirishib ketaverish, va shu bilan birga odamlar jamoasidan tashqarida ham o‘zini yaxshi his qilaverish. Xulqning ijtimoiy motivlari masalaning yana bir echimi G‘arbda asos solingan eksperimental yondashuv bilan bog‘liq. O‘tgan asrning 70-chi yillarida CH. Makklintok 36 o‘z hamkasblari bilan ijtimoiy xulq motivlarining 6 xilini ajratib, eksperiment sharoitida qatnashchilarning o‘zaro munosabatlarini sinovdan o‘tkazdilar: ✓ umumiy manfaatning maksimallashuvi - kooperatsiya, hamkorlik; ✓ shaxsiy manfaatning maksimallashuvi - individuallik; ✓ vaqtinchalik yutuqlarga nisbatan munosabatning oshirilishi - raqobat; ✓ o‘zgalar yutug‘i yoki manfaatining yuqori qo‘yilishi - altruizm; ✓ o‘zgalar yutug‘ining minimallashtirilishi - agressiya; ✓ yutuqlardagi tafovutlarning kamaytirilishi - tenglik. Ko‘rib turganimizdek, har bir motivning mohiyati o‘ziga xos mazmunga ega. Ular har bir sharoitda o‘ziga tarzda namoyon bo‘lsa-da, ularning amaliyotda mavjudligi aniq va har birimizning ijtimoiy xulqimiz qanday namoyon bo‘lishini ko‘rsatadi. Har bir motivning ishlab chiqarish sharoitlarida xodimlar xulqida qanday aks etishini o‘rganish fan uchun ham, amaliyot uchun ham katta ahamiyatga ega. Har qanday motivlarning orqasida shaxsning ehtiyojlari yotadi. Ya’ni, maqsadli hayotda shaxsda avval u yoki bu ehtiyojlar paydo bo’ladi va aynan ularning tabiati va zaruratiga bog’liq tarzda xulq motivlari namoyon bo’ladi. 34-rasm 36 Битянова М.Р. Социальная психология: Учебное пособие. 2 - е изд., – СПб.: Питер, 2008. С. 152 78 Shunday qilib, motivlar tizimi bevosita shaxsning mehnatga, odamlarga va o’z- o’ziga munosabatlaridan kelib chiqadi va undagi xarakter xususiyatlarini ham belgilaydi. Ularning har birimizda real shart-sharoitlarda namoyon bo’lishini biror mas’uliyatli ish oldidan o’zimizni tutishimiz va muvaffaqiyatlarga erishishimiz bilan baholasak bo’ladi. Download 0.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling