Guliston davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika- psixologiya


Download 0.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/257
Sana04.11.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1747942
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   257
Bog'liq
portal.guldu.uz-Kasbiy psixologiya

Kasbiy qobiliyat
- odamning shunday psixologik xususiyatlaridirki, bilim, 
malaka orttirish shu xususiyatlarga bog‘lik bo‘ladi. Kasbiy qobiliyat taraqqiy 
etmay, so‘lib ketishi ham mumkin. O‘quvchida hali zarur ko‘nikma va malakalar 
tizimi hamda mustaqil bilimlar va tarkib topgan ish uslublari yo‘qligiga 
asoslanab, jiddiy tekshirmay shoshilinch ravishda unda qobiliyatlar yo‘q, deb 
xulosa chiqarish pedagogning jiddiy xatosi hisoblanadi. Qobiliyatlar bilim, 
malakalar, ko‘nikmalarda
ko‘rinmaydi, balki ularni egallash dinamikasida namoyon bo‘ladi, ya’ni, 
boshqacha aytganda, mazkur faoliyat uchun muhim bo‘lgan bilim va 
ko‘nikmalarni o‘zlashtirish jarayoni turli sharoitlarda qanchalik tez, chuqur, engil 
va mustahkam amalga oshirishingizda namoyon bo‘ladi. Demak, qobiliyat 
shaxsning faoliyatini muvaffaqiyatli amalga oshirish sharti hisoblangan va bilim, 
ko‘nikma hamda malakalarni egallash dinamikasida yuzaga chiqadigan farqlarda 
namoyon bo‘ladigan indiviudal-psixologik xususiyatdir. Agar shaxsning ma’lum 
sifatlari yig‘indisi odamning pedagogik jihatdan asoslab berilgan vaqt oralig‘ida 
egallagan faoliyati talablariga javob bersa, bu narsa bizga, unda mazkur 
faoliyatga nisbatan qobiliyati bor, kasbiy adaptatsiya muvaffaqiyatli o‘tdi, deb 
xulosa chiqarishga asos bo‘ladi.
36-rasm  


80
Qobiliyatlar taraqqiyotning yuksak bosqichiga iste’dod deb 
ataladi. Iste’dod deb odamga qandaydir murakkab mehnat 
faoliyatini muvaffaqiyatli mustaqil va original tarzda bajarish 
imkonini
beradigan qobiliyatlar uyushmasiga 
aytiladi. 
Iste’dod mahoratning dastlabki sharti bo‘lib, lekin 
mahoratning o‘zidan ancha uzoqdir.
Mohir usta bo‘lish uchun juda ko’p ishlash kerak bo‘ladi. Iste’dod mehnatdan 
ozod qilmaydi, katta ijodiy yuksalish va tinimsiz mehnatni, o‘z ustida ishlashni 
taqazo qiladi. Iste’dodli kishilar shubhasiz, o‘z mehnatlari orqali olamga mashhur 
bo‘lgan mahorat darajasiga erishganlar.
37-rasm  
Shunday qilib, jamiyatni odamlar mehnatisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Ishlab 
chiqarish resurslarining orasida inson o‘z mehnat faoliyati bilan etakchi o‘rinni 
egallaydi.
Mehnat faoliyatining sub’ekti sifatida esa u muayyan sharoitlarda ishlashi va 
bunda muayyan vositalardan foydalanishi kerak bo‘ladi. Bunga esa u tayyor 
bo‘lishi, aniqrog‘i tayyorlangan bo‘lishi kerak.
Maslouning aytishicha, bizning harakatlarimizni boshqaruvchi bosh mexanizm
bu - ehtiyojlarimizdir. Bizning fiziologik ehtiyojlarimiz qondirilgandan so‘ng
bizning ma’naviy ehtiyojlarimiz haqida o‘ylash boshlanadi.  


81
Agar o‘zimizning xavfsizligimizni ta’minlasak, bizda sevish va sevilish
ehtiyojini qondirish masalasi ko‘tariladi. O‘zimiz xohlaganimizdek sevish va
sevilish ehtiyojini qondira olganimizdan so‘ng esa biz mustaqil ravishda 
shakllangan shaxs deb hisoblanamiz.
37
  
4-5 yoshdan boshlab bolada nafaqat real, balki ideal narsalar tushunchasi
shakllana boshlaydi. Bu narsa esa Super-ego shakllanishiga olib keladi. Bu
davrda bola nima qilish kerak ekanligini kattalarga o‘rgatishni boshlaydi. Bu 
esa, ijtimoiy-psixologik adaptatsiya jarayonida inson hayot va faoliyatining
tashqi va ichki sharoitlari o‘rtasida uygunlikka erishish uchun uzluksiz
ravishda harakat qiladi.
38
  
SHu nuqtai nazardan adaptatsiya shaxs ijtimoiylashuvining muhim sharti va 
mexanizmidir. Individning jamiyatda o‘zini anglashi, o‘zining o‘ziga hamda 
atrofdagilarga munosabatini anglashda ham uning roli katta bo‘lib, shunga 
aloqador ijtimoiy tasavvurlardagi kamchiliklar va buzilishlar shaxs ijtimoiy 
faoliyatining samaradorligiga salbiy ta’sir ko‘satadi.
Bu g‘oya professional o‘zini-o‘zi anglashga bevosita aloqador bo‘lib, o‘zi 
tanlagan kasb yo‘nalishiga shaxsning faol moslasha olmasligi uning professional 
kompetensiyasining past bo‘lishiga olib keladi. SHu bois ham mamlakatimizda 
Kadrlar tayyorlash Milliy dasturining sifat bosqichi muvaffaqiyat bilan amalga 
oshirilayotgan bir sharoitda temir yo‘llar muxandisligi yo‘nalishida kadrlar 
tayyorlovchi ta’lim muassasalaridagi yoshlarni bo‘lg‘usi kasbiga ijtimoiy 
psixologik jihatdan adaptatsiya qilishini bilish kerak bo‘ladi.
Psixologik lug‘atlarda 

Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   257




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling