Guliston davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika- psixologiya
Download 0.67 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-Kasbiy psixologiya
3. Kasbiy adaptatsiyaning
psixologik fenomen sifatida. Bo‘lajak mutaxassisni kasbiy mehnat faoliyatiga tayyorlash, uning mehnat bozorida raqobat qila olish qobiliyatini shakllantirish maqsadida ijtimoiy etuk shaxsni voyaga etkazish va tarbiyalash muhim ahamiyat kasb etadi. Bu vazifa insonning talab va ehtiyoji, qobiliyati, ruhiy-jismoniy imkoniyatlari hamda etnik omillar ta’sirini hisobga olgan xolda, o‘quv jarayoni hamda o‘quv ishlab chiqarish jarayoni faoliyati doirasida dasturlashtiriladi va amalga oshiriladi. Bunda mutaxassisning tanlagan kasbiga va unga aloqador mehnat jamoasiga ko‘nikishi, moslashishi muhim rol o‘ynaydi. Psixologiya tilida bunday ko‘nikish va moslashish - adaptatsiyasi deb ataladi. 35-rasm Motivlarning turlari muv affaqiyatga erishish motivi faqat muvaffaqiyat bilan ishlaydiganlar oldindan ishonch bilan shinday ish boshlaydilarki, nima qilib bo’lsa ham utuqqa erishish ular uchun oily maqsad bo’ladi muvaffaqiyatsizliklardan qochish motivi bunday motivga tayangan shaxslarda ishni boshlashdan avval nima bo’lsa ham muvaffaqiyatsizlikka duchor bo’lmaslikni o’ylaydilar. Ularda ishonchsizlik, pissimizm kuzatiladi 79 Keng amaliy ma’noda kasbga moslashtirish yoki profadaptatsiya - bu o‘quv- ishlab chiqarish kombinatlarida, ishlab chiqarish korxonalarida, dehqon xo‘jaliklarida va umuman moddiy ishlab chiqarish sohasida bo‘lg‘usi mutaxassislarning ixtisosliklar egallashi jarayonida ular tanlagan kasbning mehnat sharoitlariga moslashtirishdir. O‘quvchi, amaliyotchi yoki ishchi ishlab chiqarish muassasasida yosh mutaxassis sifatida ishlab chiqarish vazifalarini bajaradilar, mehnatni tashkil qilish, eng maqbul mehnat usullarini qo‘llash, psixologik qiyinchiliklarga qarshi ularni engishga, ishning yuqori natijalariga erishishga o‘rganadilar. Download 0.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling