Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi umumiy psixodiagnostika


Simpatiya (grekcha “sympatheia” - ichki tortish, yoqimlilik) -


Download 1.05 Mb.
bet37/43
Sana03.11.2023
Hajmi1.05 Mb.
#1744532
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   43
Bog'liq
umumiy psixodiagnostika

Simpatiya (grekcha “sympatheia” - ichki tortish, yoqimlilik) - bu boshqa kishilarga nisbatan barqaror ijobiy munosabat boiib, xushmuomalilik,samimiylik kabi muloqotga undovchi xususiyat- Iarda namoyon boiadi va diqqat-e’tiborlilik,yordam ko'rsatishga
intilishda (altruizm) ifodalanadi. Kovalev A.G. ta’rificha, simpatiya - insonning boshqa kishiga unchalik anglanmagan munosabati va moyilligi. Simpatiya yuzaga kelish sabablari:
1.Anglangan - qarash, g‘oya, qadriyatlar, qiziqishlar, ma’naviy
ideallar birligi. -≫■
2.Kam darajada anglangan - tashqi jozibadorlik,xarakter
xislatlari, xulq-atvor manerasi.
Shaxslararo munosabatlar muloqot vositasida amalgaoshiriladi.
Muloqot - bu ikki yoki undan ortiq kishilaming o‘zaro ta’siri, ular o‘rtasida bilish yoki affektiv baholash xarakteridagi axborot almashinishdir. Muloqot ko‘p qirrali, murakkab jarayon boiganligi sababli uning tuzilishida 3 ta tomonni farqlash mumkin. Bular:>Muloqotning kommunikativ toraoni;
>Muloqotning interaktiv tomoni;
>Muloqotning perseptiv tomoni.
Kommunikatsiya - inglizcha so’z boiib, xabar qilish, aytish ma’nosini anglatadi. Kommunikatsiya insonlar o'rtasidagi tasavvur, fikr, his-tuyg£u,kayfiyat almashinuvidan iborat boiib, ulaming o‘zaro ta’siri orqali amalga oshiriladi. Kommunikator - axborot beruvchi.
Retsipiyent - axborotni qabul qiluvchi.
Muloqot jarayonida kommunikator va retsipiyent navbatmanavbat o‘rin almashadilar.
Kommunikatsiya verbal va noverbal vositalar yordamida amalga oshiriladi.
Verbal kommunikatsiya - nutqiy.
Noverbal kommunikatsiya - imo-ishora, mimika, pantomimika, y’ani belgilaming optiko-kinetik tizimi; intonatsiya, pauza kabi vosita va usullar yordamida amalga oshiriladi.
Noverbal kommunikatsiya shakllari:
1 .Kinestetika — tana,qoi harakatlari (jestikulyatsiya), mimika, pantomimika.
2.Paralingvistika - bu ovoz tembri,diapazoni, tonalligi.
3 .Ekstrolingvistika - nutq tempi, pauzalar, tomoq qirish, yig‘lash, kulgi va h.k.
4.Proksemika - muloqotni vaqt va fazoviy jihatdan tashkil etilish sohasi.
MeSoqotuing interaktiv tomoni - bu insoniarning muloqot jarayonida bir-birlariga o‘zaro ta ’sir etishidir.
≫Muloqot va birgalikdagi faoliyat ijtimoiy nazorat sharoitlarida amalga oshiriladi.
≫Ijtimoiy nazorat esa ijtimoiy normalar - jamiyatda qabul qilingan,kishilaming o'zaro ta’sir va munosabatlarini tartibga soluvchi xulq-atvor namunalari asosida olib boriladi.
ijtimoiy nazorat mexanizmlari:
•Ma’qullamaslik.
• Aybiash.
• Jazoiash.
Muloqotning perseptiv tomoni - bu muloqot jarayonida o‘zaro bir-birini tushunish va bir-birini idrok qilish. 0 ‘zaro bir-birini idrok etishning mexanizmlari:
Mdentifikatsiya.
>Refleksiya.
> Stereotiplashtirish.
Identifikatsiya - bu insonning o‘zini boshqa insonga, guruhga o‘xshatishidir.
Refleksiya - bu insonnig muloqotdagi sheriklari uni qanday idrok etishli va shunga qarab o‘z xatti-harakatini to‘g‘rilash. Stereotiplashtirish- xulq-atvor shakllarini tasniflash va ularning sabablarini avva! ma’lum bo‘lgan, y’ani ijtiraoiy stereotipga
javob beruvchi holatlarga kiritish orqali tahlil qilishdir. Shaxslararo munosabatlar psixodiagnostikasida qo‘llaniladlgaa metodlar:
Sotsiometriya
RSo‘rovnomalar (T.Liri metodikasi,Tomas metodikasi) •Proyektiv metodikalar (“Oila rasmi, Rene Jil metodikasi).Sotsiometriya metodi. Ushbu metod shaxslararo munosabatlarda guruh a’zolarining egailagan mavqeini aniqlash imkonini beradi. Sotsiometriya metodining asoschisi J.Moreno hisoblanadi (1934 yilda taklif etilgan). Sotsiometrik tahlil ma’lumotlari shaxsning guruhda tutgan o‘rni, guruhdagi shaxslararo munosabatlar xususiyatlari, guruh lideri, (guruhning tan olingan sardori), guruh yulduzlari, guruh a’zolarining guruhdagi mavqei, guruhning yakkalanib qolgan a’zosini aniqlashrimkonini beradi. Sotsiometriya metodikasi quyidagi maqsadlarda foydalaniladi:
Guruhdagi jipslik yoki tarqoqlikni aniqlash;
Guruh a’zolari orasidagi simpatiya va antipatiyani aniqlash;
Guruhdagi norasmiy liderlar va yakkalanib qolganlami aniqlash.
Guruh a’zolarining o‘zaro munosabatlaridagi mavqeini (statuslari)ni aniqlash.

Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling