Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi umumiy psixodiagnostika
-mavzu.Shaxsning emotsional-motivatsion sohasi va funktsional holatlari psixodiagnostikasi
Download 1.05 Mb.
|
umumiy psixodiagnostika
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch tusbunchalar
10-mavzu.Shaxsning emotsional-motivatsion sohasi va funktsional holatlari psixodiagnostikasi
1.Shaxsning emotsional sohasi diagnostikasi. 2. Shaxsning emotsional sohasiini diagnostika qilish metodlari. 3. Empati darajasi diagnostikasi. 4. Emotsional ekspressiya va emotsional intellekt diagnostikasi. 5. Emotsional holatlarning psixofiziologik metodikalari. 6. Bezovatalik, depressiya va emotsional buzilishlar, stress diagnostikasi. Tayanch tusbunchalar: proyektiv metodikalar, strukturalashtirish proyektiv metodikalari, tavsiviy proyektiv metodikalar, ekspressiv proyektiv metodikalar, retest ishochlilik. Proyektiv metodlaming o‘ziga xos xususiyatlari: •Turli-tuman javoblarga y o i qo‘yuvchi topshiriqlarning taqdim etilishi. •Stimul qo‘zg‘atuvchining ko‘p ma’noli ekanligi. • Shaxsni baholashga global yondoshuv, ya’ni uning yashirin, to‘liq anglanmaydigan, yopiq tomonlarini aniqlash imkoniyati. •Sinaluvchi javoblarini “to‘g‘ri” va “noto‘g‘ri” tarzida baholash mumkin emasligi. Proyektiv metodlar tarixi. Proyektiv metodikalar klinik yo‘nalishlarga ega bo’lgan o‘ziga xos, turli - tuman psixodiagnostik vositalar guruhidir. Klinik yo‘nalish deganda bu yerda shaxsning anomal holatlarini aniqlash emas, balki xulq - atvorning individual uslubi, nizoli va boshqa holatlarda affektiv hissiyot hamda kechinmalami, shaxsning ongsizlik holatlarini aniqlashga qaratilgan metodikalar tushuniladi. Proyektiv metodlar tarixi 1904 – 1905 yillarda K.Yung tomonidan yaratilgan so‘zli assotsiatsiyalar testiga borib taqaladi. Mazkur testning turli variantlari keyinchalik aybdorlik hissini aniqlash (detektor Iji M.Vertgayler va A.R.Luriya), normani patologiyadan ajratish va boshqalar uchun qoilanildi. Tugallanmagan hikoya yoki gap testi ham Yungning assotsiativ testidan kelib chiqqan deb hisoblanadi. Proyektiv diagnostikaning kelib chiqishi 1921 yilda shvetsariyalik psixiatr G.Rorshax tomonidan Bemda, nemis tilida “Psixodiagnostika: idrokka asoslangan diagnostik test” asarining nashr qilinishi bilan bog‘langan. 0 ‘zi rassomlikdan voz kechishiga qaramay, Germon Rorshax san’at va rassomlik tarixi bilan ko‘proq HO qiziqardi. Unga ma’lum boiishicha, buyuk Leonardo da Vinchi o‘z hayolini osmondagi bulutlar, ulardagi turli shakllarni uzoq vaqt davomida kuzatish va ularni tahlil qilish orqali mashq qildirar edi. Bu xususiyat, ya’ni atrofimizdagi predmetli dunyoni “jonlantirish” barchaga, ayniqsa rassomlar va yosh bolalarga xos boigan xususiyatdir. G.Rorshaxning taxminiga ko‘ra, siyoh dogiari, ya’ni ko‘rishga yo‘naltirilgan siyoh dogiari motor (harakat) fantaziyalarini jonlantiradi. G.Rorshaxdan avval siyoh dogiari bilan boshqa psixologlar, masalan Rossiyada F.E.Ribakov, A.Bine va V.Anri – Fransiyada eksperimentlar o‘tkazishgan. Biroq G.Rorshax birinchi boiib fantaziya obrazlarini shaxsning asosiy sifat va xislatlari bilan aloqasini isbotlab berdi. Rorshax g‘oya va tadqiqotlari hozirgi kunda ikki yirik yo‘nalishda - Amerika (Vesk, Klopfer, Daviolson) va Yevropa (Bohm, doosli - listeri) yo‘nalishlarida namoyon boiadi. Rossiyada Rorshax testini qoilashga dastlabki urinishlar 20 —30 yillarga to‘g‘ri kelib, u asosan shaxs anomal xususiyatlarini aniqlash, nevroz va psixopatlar diagnostikasi, shuningdek, epilepsiya kasalligini tadqiq qilishda fo‘ydalanildi. 60 yillardan boshlab Rorshax testi psixologlaming tadqiqot va klinik diagnostik ishlarida keng tadbiq qilina boshlaydi. Dastlabki metodik qoilanmalar yuzaga keladi. Bu testdan tashqari proyektiv metodikalar qatoriga 1935 yilda dastlab jurnalda nashr qilingan tematik appersepsion testini ham (TAT) kiritish mumkin. Bu test fantaziyani eksperimental o‘rganish metodikasi sifatida yuzaga keldi. Uning avtori G. Myurrey hisoblanadi. Rorshax testi singari bu testning ham o‘z tarixi mavjud. Psixolog va psixiatrlarga shu narsa oldindan maium ediki, tekshiriluvchilar uchun maxsus tanlab olingan syujetli rasmlar asosida tuzilgan hikoyag§ qarab, insonning qiziqishlari, may 1 lari haqida xulosa chiqarish mumkin. Ba’zida esa psixikaning kasallik ho latin i ham aniqlash mumkin. Bir qarashda TAT fikri, G.Rorshax g‘oyasiga qaraganda ancha sodda va aniq ko‘rinar edi. Ammo bunda “avtor” aynan qaysi shaxsiy tajribasi uning “qahramonalar”i taqdiri va portretini to‘g‘ridan to‘g‘ri aks etadi-yu va qaysilari qarama-qarshi ma’noda aks etishini tushunish murakkab edi. 30-50 yillar davomida o‘tkazilgan tadqiqotlar Myurreyning TAT hikoyalarida uyqudan qolish, bo‘lib o‘tgan muvaffaqiyatsizliklar yoki omad aks etishi haqidagi fikrini tasdiqladi. Proyektiv metodlarning kamchilik va afzalliklari Kamchiliklari: •Natijalarni tavsiflashdagi subyektivlik; •Psixometrik talablarga to‘liq javob bermasligi, ya’ni ulaming yetarlicha obyektiv emasligi; ≫Retest ishonchlilik koeffitsiyentining yuqori darajada emasligi, validizatsiya qilishning murakkabligi; ≫Natijalarni tavsiflashda psixologik tayyorgarlik,psixologik bilimlarga ega boiish va metodikani qo‘llash bo‘yicha tajriba talab qilinishi. Download 1.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling