Guliston davlat universiteti sattarov karim qarshievich tuxtamisheva gulnoza qarshibaevna


Download 1.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/50
Sana05.02.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1167202
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   50
Bog'liq
download-edfiles-16861

Ishni bajarish tartibi 
Kana turini o`rganish va aniqlash uchun avval ombor zararlangan don 1,5 
mm teshikli elakdan o`tkaziladi. Elakdan o`tgan qo`ng`izlar lupa yoki 
mikroskop ostida yaxshilab tekshiriladi, so`ngra, elangan qismi taxlil taxtasining 
qora shishasi ustiga solib lupa yordamida kanalarning aloxida turlarini ajratib 
olib, nina yordamida pedmet taxtachasiga o`tkaziladi. Kanalarni efir bug`lari 
bilan uxlatiladi buning uchun kichkina 2 ta taxtachani olib, efirga bo`ktiriladi va 
kana joylashgan shishaga yaqinlashtiriladi, uxlatilgan kana mikroskopning eng 
kichik kattaligi (x 8) da tekshiriladi va ularning turi o`ziga xoslik belgilari 
bo`yicha aniqlanadi. Aniqlangan kana rasmi chizilib, ularning qisqacha ta`rifi 
laboratoriya ishi xisobotiga yoziladi. 
Boshqa turdagi qo`ng`iz, kapalaklarni o`rganish va aniqlash usuli 
quyidagi:
Tirik xashoratlari taxlil taxtasini oq shisha tomoniga joylashtiriladi va lupa 
yordamida tekshiriladi. Ba`zan xashoratlarni diagnostik belgilarini aniqlash 
uchun ularni efirga botirilgan paxta bilan uxlatiladi va tana qismlarini ko`rib 
chiqiladi (boshi, oyog`i, qanotlari va boshqalar). 
Uxlatilgan kanalarni ignalar yordamida qog`ozga maxkamlanadi va 
qanotlarini yozib qaysi turga kirishini aniqlaniladi. 
 


71 
Donlarni burga-toshbaqachalar bilan shikastlanishini aniqlash 
Ko`pgina bug`doy etishtiruvchi davlatlar hududida qishki va bahorikor 
donlarga zararli toshbaqachalar, mavr burgasi, avstriya burgasi (35-rasm) eng 
ko`p qiron keltiradi. Har xil turlarning tanaa uzunligi 8,3 dan 13 mm gacha. 
Donlarga katta yoshdagi burgalar, shuningdek, ularning lichinkalari ko`p zarar 
keltiradi. 
O`simliklarni bahorgi o`sish davrida burgalar boshoqlarning yosh shoxcha 
va barglarini shikastlaydi. Boshoqlanishdan oldin shoxchaga sanchishlar 
boshoqlanishning birinchi davrida donlarda to`liq yoki qisman oqboshoqlikka va 
chala rivojlanishiga olib keladi. Donning yetilish davrida katta yoshli burgalar, 
ayniqsa ularning lichinkalari boshoqga sirg`alib chiqib, don mag`zi bilan 
oziqlanadi. 
Donning tashqi qiyofasining o`zgarishi burgalarni qaysi yetilish fazasida 
shikast etkazishiga bog`liq. Donni dumbul etili-shigacha shikastlantirilsa u 
mayda, burishgan va rangsizligicha qoladi. Dumbul yetilishi fazasida don 
shikastlanishida kamroq o`zgaradi: don po`stidagi sanchilgan joyning o`rtasida 
qora nuqtali och rangli dog`, ba`zida don sathida shunday dog` paydo bo`lib, 
uning chegarasida shakli buzilgan yoki burishgan, ammo sanchilish izlari-siz 
bo`ladi. Don qiyofasi yana ham kam darajada shikastlanishi to`liq yetilish 
davrida kuzatiladi. 
Donlarni burgalar tomonidan shikastlanishi natijasida ularning mutlaq 
(absolyut) og`irligi, unishi va non yopilish sifatlari yomonlashadi. 
 

Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling