Guliston davlat universiteti sattarov karim qarshievich tuxtamisheva gulnoza qarshibaevna


Download 1.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/50
Sana05.02.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1167202
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   50
Bog'liq
download-edfiles-16861

Asbob va uskunalar: pintsetlar, tekshirish taxtalari, turli toshli texnik 
torozilar, 4-4,5 kattalikdagi lupa, toshbaqacha-burgalar bilan shikastlangan 
donlar kollektsiyasi. 
Asosiy tushunchalar
 
Don va don mahsulotlarining zararkunandalari; xashorat va turli 
ko`ng`izlar, kalamushlar va qushlar katta zarar keltiradilar. Don, un, yorma va 
omixta em zararkunandalariga nafaqat oziqa, balki yashash joyi vazifasini ham 
o`taydi. Don saqlash va don zaxiralari joylarida o`rnashgan zararkunandalar 
nafaqat mahsulot miqdorini kamaytiradi, balki uning oziqaviy, tovar va urug`lik 
ko`rsatkichlarini pasaytiradi. Ular donlarni o`z-o`zidan qizish jarayonini keltirib 
chiqaradi. Zararkunandalar mahsulotni lichinkalari, pustlari, o`liklari bilan 
ifloslantirib, turli infektsion kasalliklarni tarqatadilar.
Davlat don omborlarida o`tkazilgan tadqiqotlar ko`rsatishicha, g`alla 
tayyorlovi yakunlanganidan bir ikki oy keyin kamida 26 xil xashoratlar donga 
zarar etkaza boshlaydi. Sholi uzuntumshug`i (tekshirilgan don partiyalarining 
45% da), to`g`nag`ich mo`ylovli tillaqo`ng`iz (34% da), pichan xo`rak (32% da), 
g`alla parmalovchi qo`ng`iz (29 %), kalta mo`ylov un xo`rak (23% da), janub 
kapalagi (21% da), surinam un xo`ragi (20% da), silliq tillaqo`ng`iz (10% da), 


70 
baxmal zamburug`xo`r, g`alla kuyasi va tegirmon kapalagi (8% da), ombor 
uzuntumshug`i (6% da) eng ko`p uchragan.
Zararkunandalarga qarshi kurashish davlat miqyosida yuqori ahamiyatga 
egadir. Zararkunandalarga qarshi kurashning samaradorligi mutaxassislarning 
don saqlash soxasidagi malakasi, ularni kerakli sharoit yaratish qobiliyati, shu 
soxa bo`yicha zarur jamoat ishlarini to`g`ri yo`lga qo`yishga bog`liqdir. 
«Donni saqlash va qayta ishlash» mutaxasisligi bakalavrlari 
zararkunandalarning onologiyasi, fiziologiyasi va ekologiyasi bilan chuqur 
tanishishlari, eng xavfli turlari, ularni keltiradigan zararlari, ularning 
klassifikatsiyalashishlari bilimlarini egallashlari lozim. 

Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling