Guliston davlat universiteti tarix kafedrasi eng yangi tarix


Xalqaro huquqning asosiy printsiplari (Osnovno’e printsipo’ mejdunarodnogo prava)


Download 4.26 Mb.
bet81/126
Sana12.11.2023
Hajmi4.26 Mb.
#1768610
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   126
Bog'liq
portal.guldu.uz-ENG YANGI TARIX

Xalqaro huquqning asosiy printsiplari (Osnovno’e printsipo’ mejdunarodnogo prava) – xalqaro huquqning asosiy mazmuni, xususiy jihatlarini belgilab beruvchi, oliy darajada siyosiy, yuridik va ma’naviy avtoritetga ega bo’lgan umumiy normalari. Ular umumiy xalqaro huquqning poydevorini tashkil etadi va sub’ektlar faoliyati huquqiyligining asosiy mezoni bo’lib xizmat qiladi. Xalqaro huquqning asosiy printsiplari universal, umume’tirof etilgan va umum majburiy normalar hisoblanadi. Shuning uchun ham xalqaro hamjamiyat tomonidan bir butun tarzda qabul qilinadi. Ular xalqaro huquqning imperativ (jus cogens) normalari bo’lib, ulardan og’ish ta’qiqlanadi. Imperativ normalarga zid bo’lgan shartnomalar inkor etiladi. Xalqaro huquqning asosiy printsiplari asosan uchta xalqaro-huquqiy hujjatda – BMT Nizomida, Xalqaro huquqning printsiplari to’g’risidagi deklaratsiyada (1970 y.) va EXHKning Yakunlovchi aktida (1975 y.) o’z aksini topgan. Xalqaro huquqning asosiy printsiplariga quyidagilar kiradi: kuch bilan tahdid qilish yoki uni ishlatish; xalqaro nizolarni tinch yo’l bilan hal qilish, davlatlarning ichiki ishlariga aralashmaslik, xalqlarning o’z taqdirini o’zi belgilash huquqi, suveren tenglik, xalqaro huquq bo’yicha olingan majburiyatlarni vijdonan bajarish, hamkorlik (BMT Nizomi va Deklaratsiyasida), inson huquqlarini hurmat qilish, hududiy yaxlitlik va chegaralarning buzilmasligi (Yakunlovchi aktda).


P
Brian-Kellog pakti (shuningdek, Urushdan voz kechish haqida yalpi bitim yoki Parij pakti sifatida ham ma’lum) – urushdan milliy siyosatning quroli sifatida voz kechish to’g’risidagi shartnoma. Paktni tuzish to’g’risidagi g’oya Frantsiya tashqi ishlar vaziri A.Brianga tegishli bo’lib, u AQSh davlat kotibi F.Kellog tomonidan qo’llab-quvvatlandi. Hamkorlikdagi say’i-harakatlar natijasida 1928 yilda Pakt imzolanadi va bir yildan so’ng kuchga kirdi. Uning mualliflari tinchlik uchun Nobel mukofotiga sazovor bo’ldilar (A.Brian 1926 y.da va F.Kellog 1929 y.da). 1938 yilning oxiriga kelib 63 davlat, ya’ni bu davrda mavjud bo’lgan deyarli barcha davlatlar Brian-Kellog paktiga qo’shildilar. Brian-Kellog pakti xalqaro munosabatlarda kuch ishlatishni taqiqlashga qaratilgan ilk urinishlardan biri hisoblanadi. Mazkur hujjat uni imzolagan barcha davlatlardan urushni milliy siyosatning quroli sifatida voz kechishga undab, barcha nizolar tinch vositalar bilan hal etilishini mustahkamlab qo’ydi. Brian-Kellog pakti g’oyalari keyinchalik BMT Nizomi qoidalarida ijobiy rivojlantirildi. Brian-Kellog pakti Nyurnberg jarayoni uchun muhim huquqiy asos bo’lib xizmat qildi.



Download 4.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling