Guliston davlat universiteti tarix kafedrasi eng yangi tarix


Tinchlikparvarlik (Mirotvorchestvo)


Download 4.26 Mb.
bet77/126
Sana12.11.2023
Hajmi4.26 Mb.
#1768610
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   126
Bog'liq
portal.guldu.uz-ENG YANGI TARIX

Tinchlikparvarlik (Mirotvorchestvo) – tinchlik va xavfsizlikni o’rnatishga qaratilgan xalqaro hukumatlararo tashkilotlar faoliyati. Tinchlikparvarlik operatsiyalarining quyidagi tasnifini keltirish mumkin. Huquqiy maqomiga ko’ra: tinchlikni ta’minlash operatsiyalari – xalqaro hamjamiyat tomonidan konflikt tomonlarining roziligiga asosida amalga oshiriladigan operatsiyalar, agar xalqaro ahamiyatga ega bo’lmagan konfliktlar bo’lsa, konflikt ro’y bergan davlat siyosiy rahbariyatining roziligi asosida; tinchlikni o’rnatish operatsiyalari – BMT mandati asosida konflikt tomonlari yoki hududida konflikt ro’y bergan davlat siyosiy rahbariyatining roziligisiz amalga oshiriladigan operatsiyalar; amalga oshirish funktsiya va vositalariga ko’ra: kuzatuvchilar xalqaro missiyasi yoki holatni aniqlash bo’yicha missiyalar – fuqarolik, harbiy yoki aralash; qurolli kuchlar jalb qilish orqali amalga oshiriladigan xalqaro tinchlikparvarlik operatsiyalari; xalqaro tinchlikparvarlik politsiya operatsiyalari; mojaro mintaqalarida gumanitar yordam ko’rsatish bo’yicha o’tkaziladigan xalqaro tinchlikparvarlik operatsiyalari.
Aqliy markazlar (Mozgovo’e tsentro’. Think tanks) – birinchi marotaba German Kann tomonidan 40-yillarda muomalaga kiritilgan mazkur atama dastlabki paytlarda turli xarakterga ega strategiyalarni muhokama etish maqsadida olimlar va harbiylar uchrashadigan xonani nazarda tutgan. 50-yillarning boshlariga kelib, mazkur atama o’z ma’nosini o’zgartirdi va harbiy-siyosiy tadqiqotlar olib boruvchi tashkilotlarga nisbatan qo’llana boshlandi. Bugungi kunda «aqliy markazlar» siyosat sohasida qo’llanilishi lozim bo’lgan bilimlarga ega bo’lish hamda bu yo’nalishda tadqiqotlar olib borish maqsadida tashkil etilgan institutlarni nazarda tutadi. «Aqliy markazlar»ning asosiy funktsiyasi – g’oyalar va ularni amalga oshirishda ob’ektiv ravishda yuzaga keladigan bo’shliqlarni to’ldirishdan iborat. «Aqliy markazlar» AQSh va Evropa Ittifoqi mamlakatlarida keng tarqalgan. Bugungi kunda AQShda 2 mingdan ortiq analitik markazlar mavjud. Ularning aksariyati universitetlar bilan bog’liq. «Aqliy markazlar» ko’lami, moliya manbaalari va vazifalariga ko’ra farqlanadi. Ularning ayrimlari ham ichki ham tashqi siyosatning muayyan sohalariga, boshqalari esa ma’lum bir mintaqa muammolarini o’rganishga ixtisoslashadilar. Ayrim «aqliy markazlar» yirik jamg’armalarga ega; boshqalari esa shartnoma asosida ham davlat uchun, ham xususiy sektor uchun ishlarni bajarganliklari evaziga daromad oladilar; uchinchilari esa mutlaqo davlat hisobiga ta’minlanib turadilar. Bugungi kunda O’zbekistonda qator hukumat (masalan, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti), idoraviy (Iqtisodiy tadqiqotlar markazi) hamda mustaqil (Mintaqaviy siyosat jamg’armasi) «aqliy markazlar» faoliyat olib bormoqdalar.



Download 4.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling