Guliston davlat universiteti tarix kafedrasi eng yangi tarix


O Kollektiv xavfsizlik to’g’risidagi shartnoma tashkiloti (Organizatsiya Dogovora o kollektivnoy bezopasnosti)


Download 4.26 Mb.
bet79/126
Sana12.11.2023
Hajmi4.26 Mb.
#1768610
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   126
Bog'liq
portal.guldu.uz-ENG YANGI TARIX

O
Kollektiv xavfsizlik to’g’risidagi shartnoma tashkiloti (Organizatsiya Dogovora o kollektivnoy bezopasnosti) – 2003 yilda MDH doirasidagi Kollektiv xavfsizlik to’g’risidagi shartnoma negizida ta’sis etilgan mintaqaviy harbiy-siyosiy ittifoq. Tinchlik, xalqaro va mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash, kollektiv asosda a’zo-davlatlar suvereniteti va hududiy yaxlitligini himoya qilish uning Nizomida belgilab berilgan asosiy maqsadlari hisoblanadi. Kollektiv xavfsizlik to’g’risidagi shartnoma 1992 yil 15 may kuni MDHning 6 davlati - Armaniston, Qozog’iston, Qirg’iziston, Rossiya, Tojikiston va O’zbekiston tomonidan imzolangan. 1993 yilda Shartnomaga Ozarbayjon, Gruziya va Belarus qo’shildi. U 1994 yil 20 aprel kuni har 5 yilda muddatini uzaytirib borish sharti bilan barcha a’zo- davlatlar tomonidan ratifitsiya qilindi va kuchga kirdi. MDH doirasidagi Kollektiv xavfsizlik to’g’risidagi shartnomaning mohiyati postsovet makoni xavfsizlik tizimida yuzaga kelgan tashkiliy-huquqiy bo’shliqni bartaraf etishdan iborat edi. Shunga qaramay, real shart-sharoitlarda shartnomaning kollektiv xavfsizlikni ta’minlash mexanizmi sifatidagi samarasizligi namoyon bo’ldi. 1999 yilda O’zbekiston, Ozarboyjon va Gruziya Shartnoma muddatini uzaytirmadi (2006 yilda O’zbekiston mazkur tashkilotda o’z a’zoligini qayta tikladi). 2003 yil KXShT BMTda ro’yxatdan o’tdi va BMT Nizomining VIII bobiga binoan mintaqaviy tashkilot maqomiga ega bo’ldi. Davlat boshliqlari kengashi (oliy organ), Tashqi ishlar vazirlari kengashi, Mudofaa vazirlari kengashi, Xavfsizlik kengashi kotiblari qo’mitasi va Kotibiyat KXShTning asosiy organlari hisoblanadi. Bugungi kunda KXShT doirasida terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashning kuch komponentlari shakllanib bormoqda. Markaziy Osiyoda KXShT harbiy bo’linmalarining shakllanishi quyidagi yo’nalishlarda amalga oshirilmoqda: Tezkor harakatlanuvchi kollektiv kuchlar (KSBR, tuzilgan); operativ harakatlanuvchi kollektiv kuchlar (KSOR, tuzilish jarayonida); mintaqaviy qo’shin guruhi (RGV, rejalashtirilmoqda); yagona havo xujumidan mudofaa tizimi (PVO, rejalashtirilmoqda). O’zbekiston KSOR haqidagi bitimni imzolamadi va unga nisbatan o’zining Osoboe mneniyasini bildirdi. Ayni paytda KXShTga 6 davlat a’zo - Armaniston, Belarus, Qozog’iston, Qirg’iziston, Rossiya, Tojikiston va O’zbekiston.



Download 4.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling