Guliston davlat universiteti tarix kafedrasi eng yangi tarix


Tinchlik yo’lida hamkorlik (Partnerstvo radi mira)


Download 4.26 Mb.
bet82/126
Sana12.11.2023
Hajmi4.26 Mb.
#1768610
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   126
Bog'liq
portal.guldu.uz-ENG YANGI TARIX

Tinchlik yo’lida hamkorlik (Partnerstvo radi mira) – 1994 yilda NATOga a’zo bo’lmagan davlatlar bilan sherikchilikni o’rnatish va rivojlantirish maqsadida tuzilgan Shimoliy Atlantika shartnomasi tashkiloti dasturi. Tinchlik yo’lida hamkorlikning asosiy vazifalari sifatida quyidagilar belgilab qo’yilgan: islohotlarga ko’mak berish, barqarorlikni oshirish, tinchlikka tahdidlarni kamaytirish, xavfsizlik sohasida NATO va uning sheriklari o’rtasida mustahkam aloqalarni yaratish va boshq. Tinchlik yo’lida hamkorlikning huquqiy asosini 1994 yilda qabul qilingan Namunaviy bitim (framework agreement) tashkil etadi. Sherik-davlatlar bilan konsultatsiyalar o’tkazish Tinchlik yo’lida hamkorlik faoliyatining muhim tashkiliy shakli hisoblanadi. Tinchlik yo’lida hamkorlik doirasida sheriklarga muayyan majburiyatlar yuklatiladi. Jumladan, harbiy rejalashtirish va harbiy byudjetni shakllantirishda shaffoflikni ta’minlash, qurolli kuchlar ustidan demokratik (fuqaroviy) nazoratni o’rnatish, tinchlikparvar va gumanitar operatsiyalarda NATO bilan olib boriladigan o’zaro harakatlar salohiyatini oshirish va boshq. Ayni paytda Tinchlik yo’lida hamkorlik dasturida Evropa va Osiyodagi 27 davlat ishtirok etmoqda. Markaziy Osiyodagi barcha davlatlar, jumladan, «pozitiv neytralitet»ga ega Turkmaniston ham NATOning mazkur dasturning ishtirokchi hisoblanadi. Dasturdagi ishtiroki mobaynida O’zbekiston vakillari 400 dan ortiq tadbirlarda ishtirok etdi. O’zbekistonda 100 dan ortiq ilmiy-texnikaviy loyihalar amalga oshirildi. 2004 yilda NATOning Markaziy Osiyo va Kavkaz bo’yicha maxsus vakili instituti joriy etildi. Ayni paytda ushbu lavozimni Robert Simmons egallab turibdi.


Kuch pozitsiyasi siyosati (Politika s pozitsii silo’) – asosan tashqi siyosatda harbiy, iqtisodiy, moliyaviy va boshqa sohalardagi sezilarli ustunlikdan foydalanib, bevosita bosim ko’rsatish yoki bosim tahdidi ostida raqibni (o’zga bir davlatni) ilgari surilayotgan talablarni qabul qilishga majbur etish. Odatda, bu kabi xatti-harakat quyidagi instrumentlar orqali amalga oshiriladi: muayyan mintaqalarda qurolli kuchlarni to’plash; embargo; aktivlarni muzlatib qo’yish; savdoni cheklashlar; maxsus operatsiyalarni amalga oshirish; targ’ibot va boshq. Nisbatan samaradorligiga qaramasdan, kuch nuqtai-nazaridan olib borilgan siyosat har doim ham kutilgan natijalarga olib kelmaydi. Chunki bu kabi xatti-harakat konfliktni rivojlanib ketishiga, voqealarning nazorat ostidan chiqishiga, erishilgan natijalarning vaqt o’tishi bilan o’z kuchini yo’qotib, munozara ob’ektiga aylanib qolishiga olib kelishi mumkin.



Download 4.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling