Guliston davlat universiteti tarix kafedrasi eng yangi tarix


O’zini-o’zi mudofaa qilish huquqi (Pravo na samooboronu)


Download 4.26 Mb.
bet83/126
Sana12.11.2023
Hajmi4.26 Mb.
#1768610
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   126
Bog'liq
portal.guldu.uz-ENG YANGI TARIX

O’zini-o’zi mudofaa qilish huquqi (Pravo na samooboronu) – davlatning boshqa bir davlat qurolli hujumi natijasida buzilgan siyosiy mustaqilligi, hududiy yaxlitligi va suverenitetini tiklash maqsadida qurolli javob choralarini amalga oshirishga bo’lgan ajralmas huquqi. BMT Nizomining 51-moddasiga muvofiq, o’zini-o’zi mudofaa qilish huquqi «Tashkilot A’zosiga qurolli hujum sodir etilgan taqdirda»gina yuzaga keladi va ikki shaklda amalga oshiriladi: individual va kollektiv. Birinchi holatda qurolli hujumga uchragan davlatning o’zi tomonidan amalga oshiriladigan javob choralari to’g’risida so’z ketadi, ikkinchi holatda esa, xalqaro shartnoma yoki xalqaro tashkilot doirasida amalga oshiriladigan hamkorlikdagi (kollektiv) javob choralari nazarda tutiladi. O’zini-o’zi mudofaa etish huquqining asosiy talabi shundaki, mazkur huquqni amalga oshirishda ko’rilgan choralar Xavfsizlik Kengashiga darhol ma’lum qilinishi va BMT Nizomiga muvofiq Xavfsizlik Kengashiga tegishli vakolatlar va ma’suliyatga daxl qilinmasligi kerak.


Preventiv o’zini-o’zi mudofaa qilish (Preventivnaya samooborona) – qurolli hujumni oldini olish maqsadida davlatning qurolli kuchlarni qo’llash huquqi mavjudligini tasdiqlovchi zamonaviy xalqaro-huquqiy kontseptsiya. BMT Nizomining 51-moddasiga muvofiq, o’zini-o’zi mudofaa qilish huquqi «Tashkilot A’zosiga qurolli hujum sodir etilgan taqdirda»gina yuzaga keladi. Biroq, mazkur kontseptsiya tarafdorlari g’oyat katta tezlikka ega bo’lgan zamonaviy harbiy texnika davlatning butun harbiy qudratini vayron qilishi, ayrim hollarda esa, davlatning mavjudligiga tahdid solib, qurolli javob qaytarish imkoniyatini deyarli yo’qqa chiqaradi deb ta’kidlaydilar. Xalqaro huquqshunos olimlar preventiv o’zini-o’zi mudofaa qilish borasida konsensusga kelishmoqdalar va muhim shart sifatida qurolli hujumning muqarrarligi va shubhasizligini hamda uni bartaraf etish imkoniyatining mavjud emasligi yoki o’zga vositalarning nomaqbulligini tasdiqlovchi ishonchli dalillarning bo’lishiga urg’u bermoqdalar. Qarang: O’zini-o’zi mudofaa qilish huquqi.



Download 4.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling