Guliston davlat universiteti tarix kafedrasi eng yangi tarix


Osiyoda o’zaro hamkorlik va ishonch choralari bo’yicha kengash (Sovehanie po vzaimodeystviyu i meram doveriya v Azii)


Download 4.26 Mb.
bet91/126
Sana12.11.2023
Hajmi4.26 Mb.
#1768610
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   126
Bog'liq
portal.guldu.uz-ENG YANGI TARIX

Osiyoda o’zaro hamkorlik va ishonch choralari bo’yicha kengash (Sovehanie po vzaimodeystviyu i meram doveriya v Azii) – davlatlararo uyushma bo’lib, uni tuzish g’oyasi Qozog’iston prezidenti N.Nazarbaevga (1992 y.) tegishli. Osiyoda o’zaro hamkorlik va ishonch choralari bo’yicha kengash EXHKG’EXHTning Osiyodagi o’iga xos timsoli bo’lib, uning faoliyati Osiyoda barqaror siyosiy muhitni barpo etishga qaratilgan. A’zo-davlatlar o’rtasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi printsiplar deklaratsiyasi (1999 yil 14 sentyabr), Tsivilizatsiyalar muloqoti va xalqaro terrorizmga qarshi kurash to’g’risidagi deklaratsiya hamda Ishonch choralari katalogi (2002 y.) Osiyoda o’zaro hamkorlik va ishonch choralari bo’yicha kengashning asosiy hujjatlari hisoblanadi. Osiyoda o’zaro hamkorlik va ishonch choralari bo’yicha kengashning ishchi organi - Sekretariat tuzilgan. Ayni paytda 20 ga yaqin davlat Kengashning ishtirokchilari bo’lib, 10 ta davlat esa kuzatuvchi maqomiga ega.
Davlatlar irodasining kelishuvi (Soglasovanie vol gosudarstv) – suveren davlatlar xalqaro-huquqiy nuqtai-nazarini yaqinlashtirish, muvofiqlashtirish va uyg’unlashtirish jarayoni. Davlatlar irodasining kelishuvi jarayoni «davlatlarning kurashi va hamkorligi» tarzida ta’riflanadi. Odatda, mazkur jarayonda davlatlar ittifoqchilarni, ya’ni xalqaro-huquqiy nuqtai-nazari o’zlarinikiga yaqin bo’lgan davlatlarni qidiradilar. Tomonlar o’z manfaatlariga mos keluvchi qarorlarni qabul qilish va amalga oshirish imkoniyatini beruvchi nuqtai-nazarlarning kelishuvi darajasiga erishishga harakat qiladilar. Davlatlar irodasining kelishuvini shartli ravishda ikki bosqichga ajratish mumkin: 1) birinchi bosqichda davlatlar xalqaro-huquqiy nuqtai-nazarlarining shakllantirishG’formulirovanie yuz beradi; 2) ikkinchi bosqichda shakllantirilgan nuqtai-nazarlarni davlatlarning individual va kollektiv sa’y-harakatlari yordamida hayotga tabiq etish amalga oshiriladi.
Mustaqil davlatlar hamdo’stligi (Sodrujestvo nezavisimo’x gosudarstv) – postsovet makoni yangi mustaqil davlatlarining davlatlararo uyushmasi. Xalqaro tajribada mustaqil davlatlarning «hamdo’stlik» nomi ostidagi uyushmalari, odatda, sobiq mustamlaka davlatlarining umumiy manfaatlari zamirida «noformal klublar» sifatida yuzaga kelgan. Olma-Ota deklaratsiyasida ta’sischilar Hamdo’stlikni «Sobiq SSSRga a’zo-davlatlarning unga qo’shilishlari» uchun ochiqligi ta’kidlab o’tiladi. MDH ta’sischilari, shuningdek, “Hamdo’stlik na davlat, va na davlatlar ustida turuvchi tuzilma” degan qoidani ham qayd qilishni zarur deb bildilar. O’zaro munosabatlarda subordinatsiyaning sustligi, shartnomaviy majburiyatlarning yo’qligi, hamkorlikning tuzulmaviy asosini nisbatan past darajadaligi, qarorlar qabul qilishda konsensusga asoslanish mazkur toifa uyushmalarning o’ziga xos xususiyatlari hisoblanadi. MDH a’zo-davlatlarning o’zaro tan olinishini ta’minladi hamda yangi mustaqil davlatlarning xalqaro maydonda huquqiy maqomini mustahkamlanishiga ko’mak berdi. Barqarorlik va xavfsizlikni ta’minlashda MDHning ahamiyati sezilarli darajada bo’ldi. Hamdo’stlik: xavfsizlik va mudofaa masalalarida vorisiylikni ta’minlab berdi; SSSR parchalanganidan so’ng vaziyatni keskin yomonlashuvi va voqealarni «Yugoslaviya varianti» bo’yicha rivojlanishini oldini oldi; sobiq SSSRning yadro qurollari taqdirini hal qildi; sobiq ittifoqdosh respublikalar ma’muriy chegaralarining xalqaro-huquqiy rasmiylashtirilishiga asos soldi va h.k. MDHning tarixiy missiyasi avvalgi mavjud aloqalarning vorisiyligini ta’minlash va unga a’zo davlatlar o’rtasida suveren munosabatlarni o’rnatishdaG’mustahkamlashda namoyon bo’ldi. Davlatlararo hamkorlikning ixtisoslashuvi natijasida Hamdo’stlik «zamiri»da yangi institutsional tuzilmalar KXShT, EvrOsIH) tashkil topdi. Ular bugungi kunda amaliy ahamiyat kasb etuvchi mintaqaviy institutlarga aylandilar va avvallari MDH vakolatiga kirgan sohalarda etakchilik qilmoqdalar. Hozirgi paytda MDHga 11 ta a’zo davlat ega.

Download 4.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling