Guliston davlat universiteti tarix kafedrasi eng yangi tarix


Download 4.26 Mb.
bet92/126
Sana12.11.2023
Hajmi4.26 Mb.
#1768610
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   126
Bog'liq
portal.guldu.uz-ENG YANGI TARIX

Status-kvo – xalqaro huquqqa oid atama bo’lib, ayni paytda yoki o’tmishda mavjud bo’lgan biror-bir holatni anglatadi. Status-kvoni ushlab turish yoki tiklash mavjud holatni saqlab turish yoki avvalda bo’lgan holatiga qaytish tarzida tushuniladi.
Strategik tadqiqotlar (Strategicheskie issledovaniya. Strategic studies) – xavfsizlik nazariyasida 1945 yildan XX asr 60-yillari o’rtalarigacha ustivor bo’lgan xavfsizlik kontseptsiyasi. Mazkur davr tadqiqotchilar tomonidan strategik tadqiqotlarning «oltin davri» sifatida baholanadi. Strategik tadqiqotlar doirasida harbiy soha xavfsizlik muammolarini tadqiq etishning ustivor yo’nalish, harbiy kuch esa – milliy xavfsizlikni ta’minlashning yagona samarali vositasi (quroli) sifatida qaralgan. Shu bois, dushman timsoli va harbiy tahdidning mavjudligi xavfsizlikning boshlang’ich elementi bo’lib xizmat qilgan. Nazariy va amaliy ma’noda xavfsizlik tahdidlarni boshqarish bilan uyg’un holda ko’rilgan. Xavfsizlik sub’ektlari tizimida suveren davlat markaziy o’rinni egallagan. Shunday qilib, strategik tadqiqotlar milliy xavfsizlik kontseptsiyasining ustuvorligiga asoslangan tadqiqotlar bo’lib, individual davlat miqyosida «davlat tomonidan davlatning harbiy qudrati orqali erishiladigan davlatning holati» sifatida baholanuvchi xavfsizlik darajasidir. Qarang: Xavfsizlik tadqiqotlari.
T
Qattiq kuch (Tverdaya sila. Hard power) – (harbiy-siyosiy va iqtisodiy) kuch bosimi orqali boshqa ishtirokchilarning hulq-atvori va manfaatlariga ta’sir ko’rsatish qobiliyati. «Qattiq kuch» – bu boshqalarni o’z irodasiga bo’ysunishga majbur qilish maqsadida «qamchi va shirinlik» siyosatini (davlatning harbiy va iqtisodiy qudratini) qo’llash imkoniyati (kichik J.Nay). Instrumentlar tizimida kuchni namoyish qilish, harbiy qamal, harbiy aralashuv, iqtisodiy embargo va boshq. «qamchi» siyosatining namoyon bo’lish shakllari bo’lsa, harbiy himoyani va’da qilish, savdo barerlarini kamaytirish – «shirinlik»ka oid instrumentlardir. Qarang: «Yumshoq kuch».



Download 4.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling