Guliston davlat universiteti tarix kafedrasi eng yangi tarix


Tinchlikka tahdid (Ugroza miru)


Download 4.26 Mb.
bet95/126
Sana12.11.2023
Hajmi4.26 Mb.
#1768610
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   126
Bog'liq
portal.guldu.uz-ENG YANGI TARIX

Tinchlikka tahdid (Ugroza miru) – BMT Xavfsizlik Kengashi tomonidan har bir alohida holatda aniqlanuvchi vaziyat bo’lib, mazkur Kengash tomonidan xalqaro tinchlik va xavfsizlikni ta’minlash maqsadida BMT Nizomi VII bobiga binoan tavsiya yoki qarorlar qabul qilishi uchun asos bo’lib xizmat qiladi. Ushbu choralar muvaqqat: qurolli hatti-harakatlarni to’xtatish, sulh tuzish (40-modda); qurolli kuchlarni qo’llash bilan bog’liq bo’lmagan choralar (noharbiy) – iqtisodiy munosabatlarni, temir yo’l, dengiz, havo, pochta, telegraf va boshqa aloqa vositalarini to’la yoki qisman to’xtatish, shuningdek, diplomatik munosabatlarni uzib qo’yish (41-modda) va harbiy (42-modda). Tinchlikka tahdid tushunchasi BMT Nizomiga binoan nafaqat kuch bilan tahdid qilishni, balki boshqa holatlar, ya’ni fuqarolar urushi, ichki konfliktlar, inson huquqlarning keng qamrovda buzilishi va boshqalarni ham qamrab oladi. BMT Nizomiga muvofiq, boshqa vaziyatlarni tinchlikka tahdid sifatida baholash Xavfsizlik Kengashining alohida vakolati hisoblanadi.
Bartaraf etuvchi (yoki oldini oluvchi) zarbalar (Uprejdayuhie (ili preventivno’e) udaro’) – davlat xavfsizligiga daxl qiluvchi tahdidlarni oldini olish maqsadida raqib tomon harakatlaridan oldinroq qurolli kuchlarni qo’llashni anglatuvchi tushuncha; tahdid yuzaga kelgan holda kuchni birinchi bo’lib qo’llash huquqini o’zlashtirishga qaratilgan urinish. Bartaraf etuvchi (yoki oldini oluvchi) zarbalar BMT Nizomi yoki boshqa xalqaro-huquqiy hujjatlarda nazarda tutilmagan. Biroq, bartaraf etuvchi zarbalarning qo’llanilishi muqarrar tahdid oldida oliy milliy manfaatlarni himoya qilish maqsadida oqlanadi. Bartaraf etuvchi zarbalar ayrim davlatlar, xususan, AQShning milliy xavfsizlik strategiyasining tarkibiy qismiga aylandi. 80-yillardayoq AQShning shu davrdagi davlat kotibi J.Shults «aktiv mudofaa» zaruriyatini yoqlab chiqqan edi. Tahdidning muqarraligi, ayrim tadqiqotchilarning fikricha, shoshilinch, tezkor ravishda chora-tadbirlarni amalga oshirish va bir tomonlama kuch ishlatish zaruriyatini keltirib chiqaradi. Ishonchli razvedka ma’lumotlarining mavjudligi mazkur zarbalarni qo’llashning asosi bo’lib xizmat qiladi. Bartaraf etuvchi zarbalardan farqli o’laroq preventiv zarbalar potentsial tahdidlarning oldini olishga qaratilgan bo’ladi. Shuning uchun manevr qilish, kollektiv tarzda harakat qilish hamda boshqa vositalarni qo’llash uchun vaqt mavjud bo’ladi. Qurolli hujumni (agressiya aktini) bartaraf etish maqsadida qurolli kuchlarni qo’llashni nazarda tutuvchi preventiv o’zini-o’zi mudofaa qilishdan farqli o’laroq, bartaraf etuvchi zarbalar davlatlar amaliyotida milliy xavfsizlikning boshqa tahdidlarini bartaraf etish maqsadida ham qo’llanilgan (masalan, terroristik aktlar yoki yadro qurolini paydo bo’lishini oldini olish uchun). Qarang: Bush Doktrinasi, Preventiv o’zini-o’zi mudofaa qilish.

Download 4.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling