Guliston davlat universiteti tarix kafedrasi eng yangi tarix


Transmilliy aktorlar (Transnatsionalno’e aktoro’)


Download 4.26 Mb.
bet94/126
Sana12.11.2023
Hajmi4.26 Mb.
#1768610
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   126
Bog'liq
portal.guldu.uz-ENG YANGI TARIX

Transmilliy aktorlar (Transnatsionalno’e aktoro’) – xalqaro munosabatlarda nisbatan yangi hodisa bo’lib, o’z tarkibiga keng doiradagi ishtirokchilarni qamrab oladi. Xususan, transmilliy korporatsiyalar, xalqaro nohukumat tashkilotlar, milliy-ozodlik harakatlari va boshq. Transmilliy aktorlarning paydo bo’lishi xavfsizlik kontseptsiyasi chegaralarini kengayishiga olib keldi. Transmilliy aktorlar xalqaro hayotning tarkibiy qismi bo’lib, davlatlararo amaliyot rivojining tabiiy va muqarrar natijasi sifatida ko’riladi. Qator transmilliy aktorlar, masalan, terroristik tashkilotlar, qarshilik ko’rsatish yoki milliy-ozodlik harakatlari ikki mafkuraviy tizim kurashi vaG’yoki mustamlaka tizimining barham topishi oqibatida paydo bo’ldi. «Sovuq urush» davrida asosiy mafkuraviy raqiblar - AQSh va SSSR – ulardan o’z tashqi siyosatining vositasi sifatida foydalanganlar. Moliyaviy, moddiy-texnikaviy va boshqa yordam olib turgan transmilliy aktorlar, o’z navbatida, homiylarining milliy manfaatlarini amalga oshirishga ko’mak berishgan. Ayni paytda ushbu aktorlarning faoliyati qudratli davlatlarning manfaatlari nuqtai-nazaridan belgilab berilgan doirada ushlab turilgan va ularning nazorati ostida bo’lgan. Biroq, SSSRning parchalanib ketishi bilan «tiyib turish doktrinasi» o’zining avvalgi ahamiyatini yo’qota boshladi. Oqibatda milliy hukumatlarga bo’ysunmaydigan kuchlar yuzaga keldi. Transmilliy aktorlarning faoliyati va transmilliy tahdidlar fenomeni xavfsizlikka an’anaviy qarashlarni qayta ko’rib chiqish zaruriyatini ko’rsatmoqda.
U
Tahdid (Ugroza) – xavfning aniq va bevosita shakli. Tahdid – xavfning eng oliy darajasi bo’lib, unda nafaqat yaqqol niyat, balki xavfsizlik ob’ektiga bevosita ziyon etkazish qobiliyati va tayyorlik namoyon bo’ladi. Tahdid doimo aniq xarakter va mazmunga ega. Shuning uchun ham aksariyat holatlarda uning mazmuni aniq huquqiy tavsifga ega bo’lib, tegishli normativ-huquqiy aktlarda qayd etiladi, misol uchun, Jinoyat kodeksi moddalarida (agressiya, terrorizm, kontrabanda va sh.k.). Qarang: Risk, Tahlika, Xavf.

Download 4.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling