Guliston davlat universiteti tarix kafedrasi eng yangi tarix


Hududiy nizo (Territorialno’y spor)


Download 4.26 Mb.
bet93/126
Sana12.11.2023
Hajmi4.26 Mb.
#1768610
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   126
Bog'liq
portal.guldu.uz-ENG YANGI TARIX

Hududiy nizo (Territorialno’y spor) – davlatlar o’rtasida muayyan hududni yuridik tegishliligi borasidagi xalqaro nizo. Hududiy nizo hududning biror qismini yuridik tegishliligini belgilab beruvchi xalqaro huquq normalarining, ular xoh shartnomaviy, xoh odat normalari bo’lsin, mavjudligi yoki amal qilishi borasida tomonlarning turli yondoshuvlari oqibatida yuzaga keladi. Hududiy nizoning tan olinishi yuridik jihatdan kimga tegishliligi aniq va oxirigacha b0elgilanmagan muayyan hududning mavjudligini tan olinishini anglatadi. Qachonki tomonlar muayyan hudud yoki chegara chizig’i mavjudligini tan olsalar va shu bilan birga aniq, aynan bir xalqaro-huquqiy norma va qoidalar borasida bahsga kirishsalar hududiy nizo e’tirof etilgan bo’ladi. Hududiy nizoda, odatda, har bir tomon muayyan hudud yuridik jihatdan aynan unga tegishli, zero u ushbu hududda o’z boshqaruviga ega yoki ega bo’lgan va boshqa har qanday da’vo o’rinsiz ekanligini ta’kidlaydi. Bunday hokimiyatning isboti sifatida, odatda, davlat funktsiyalarining amalga oshirilishi hisoblanadi. Agar tomonlarning pozitsiyalari nobarqaror va o’zgaruvchan bo’lsa, u holda hududiy nizo mavjud deb bo’lmaydi. Hududiy kelishmovchiliklarning barcha ko’rinishlari ham ularni hududiy nizo deb baholashga asos bo’la olmaydi. Bir tomonlama hududiy da’vo, ya’ni da’vo bildirgan davlat chegara chizig’i yoki muayyan hududning tegishliligi borasida xalqaro huquq normalari borasida bahslashmasa, biroq ayrim sabablarga ko’ra ushbu holat o’zgartirilishi zarur deb hisoblasa, bu holat hududiy nizoni tashkil qilmaydi.
Transchegaraviy tahdidlar (Transgranichno’e ugrozo’) – xavfsizlikka tahdidlarning zamonaviy ko’rinishlaridan biri. Xavf sub’ekti va manbalarini aniqlashdagi qiyinchiliklar, harakatni sodir etish uslubi va instrumentlarini («jinoyat quroli»ini) avvaldan aniqlashning qiyinligi, harakatlarning eksterritorialligi va b. transchegaraviy tahdidlarni an’anaviy (harbiy) tahdidlardan ajratib turadi. Ushbu guruhga xalqaro terrorizm, narkotiklarning noqonuniy savdosi, diniy ekstremizm va b. shu kabi tahdidlarni kiritish mumkin. Bunday tahdidlarning yuzaga kelishi xavfsizlik va xavfsizlikka tahdidlar tabiatini tushunishda keskin o’zgarishlarga olib keldi. Ayni paytda transchegaraviy tahdidlar va aktorlar hodisasining xalqaro munosabatlardagi ahamiyati tobora ortib bormoqda. Qarang: Transmilliy aktorlar.

Download 4.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling