Guliston davlat universiteti tarix kafedrasi eng yangi tarix
Ts Markaziy Osiyo-Yaponiya (yoki «6Q1»)
Download 4.26 Mb.
|
portal.guldu.uz-ENG YANGI TARIX
Ts
Markaziy Osiyo-Yaponiya (yoki «6Q1») – Markaziy Osiyo va Yaponiya davlatlari tashqi ishlar vazirlari darajasidagi hamkorlik formati. Mazkur guruhning nomintaqaviy vakili Ozarboyjon hisoblanadi. Muloqot guruhi 2004 yilning sentyabr oyida Yaponiya hukumati tashabbusi bilan tashkil topgan Sh Shanxay hamkorlik tashkiloti (Shanxayskaya organizatsiya sotrudnichestva) – 2001 yil 15 iyun kuni XXR va u bilan chegaradosh bo’lgan sobiq Ittifoq respublikalarni – Rossiya, Tojikiston, Qirg’iziston va Qozog’iston - birlashtiruvchi «shanxay beshligi» negizida tashkil topgan mintaqaviy xalqaro tashkilot. O’zbekiston Xitoy Xalq Respublikasi bilan umumiy chegaraga ega bo’lmagan tashkilotdagi yagona davlatdir. ShHTning tashkil topishi va ta’sis hujjatlarining tahlili uni «Markaziy Osiyo loyihasi» sifatida ta’riflashga asos bo’ladi. «Shanxay beshligi» XXR va sobiq ittifoqdosh respublikalar o’rtasida mavjud bo’lgan «muzlatilgan» hududiy nizolarni hal etishda hamda harbiy-siyosiy va chegara xavfsizligining huquqiy asoslarini yaratishda muhim o’rin tutdi. «Shanxay beshligi» faoliyatining muhim yutug’i «Chegara rayonida harbiy sohada ishonchni mustahkamlash to’g’risidagi» (1996 y.) va «Chegara rayonida qurolli kuchlarni o’zaro qisqartirish to’g’risidagi» (1997 y.) shartnomalarning imzolanishi bo’ldi. 90-yillar oxirida Qirg’iziston janubida ro’y bergan voqealar («Botken voqealari») «Shanxay beshligi» doirasida hamkorlikning tashkiliy-huquqiy asoslarining rivojida turtki bo’ldi. Markaziy Osiyoda faoliyat olib borayotgan boshqa mintaqaviy tashkilotlardan farqli o’laroq, Shanxay hamkorlik takiloti ikki asosga tayanadi: iqtisodyot va xavfsizlik. Tashkilot doirasida 20-25 yilga mo’ljallangan ko’p tomonlama savdo-iqtisodiy hamkorlik dasturi (2003 y.) va uni amalga oshirish rejasi (2004 y.) ishlab chiqilgan bo’lib, Ijroiya kotibining iqtisodiy masalalar bo’yicha o’rinbosari, ShHT Tadbirkorlik kengashi va Banklararo uyushma va sh.k. tashkil etilgan. ShHT an’anaviy ko’p maqsadli mintaqaviy tashkilot sifatida ta’riflanadi. E’tiborli tomoni shundaki, tashkilotning ta’sis sessiyasida ShHTni tashkil etish to’g’risidagi deklaratsiya bilan bir qatorda uning asosiy hujjatlaridan biri Terrorizm, ekstremizm va separatizmga qarshi kurash to’g’risidagi konventsiya ham qabul qilingan. Ayni paytda Hindiston, Eron, Mongoliya, Pokiston tashkilotda kuzatuvchi, Shri-Lanka va Belarus esa muloqot bo’yicha hamkor maqomiga ega. 4. ILOVALAR 4.1. FAN DASTURI 1 25 октябр 2 Кириш Ушбу дастур мамлакатимизнинг жаҳон ҳамжамиятига ҳар томонлама интеграциясини чуқурлаштириш каби долзарб масалани ҳорижий мамлакатларнинг ижтимоий-иқтисодий, сиёсий ва маданий тараққиётини тарихий нуқтаи назардан ўрганмасдан ҳал этиб бўлмайди. Жаҳон тарихини мукаммал даражада билмоқ инсоният цивилизациясининг ютуқларидан ва тажрибасидан тўла баҳраманд қилади, умуминсоний қадриятларни англаб етишга кўмаклашади ва дунё миқёсида мавжуд бўлган муаммоларнинг тарихий илдизларини излаб топишга имконият яратади. Download 4.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling