Guliston davlat universiteti tarix kafedrasi eng yangi tarix


Download 4.26 Mb.
bet88/126
Sana12.11.2023
Hajmi4.26 Mb.
#1768610
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   126
Bog'liq
portal.guldu.uz-ENG YANGI TARIX

R
Mintaqa (Region)geografik, tabiiy, iqtisodiy va madaniy xususiyatlarga ega bo’lgan er sharining bir qismini tashkil etuvchi makon. Mazkur omillar mintaqaning fundamental xususiyatlari bo’lib, ular mintaqa davlatlarining o’zaro faol aloqalari natijasida namoyon bo’ladi. Mintaqaning tabiiy-geografik xususiyatlarining eng muhim elementi masofa, ya’ni mintaqa davlatlari o’zaro joylashuvining yaqin va uzoqligi ular aloqalarining darajasini belgilab beradi. Davlatlarning o’zaro munosabatlarida tabiiy yaqinlik omilining ahamiyati to’g’risida gapirganda shuni ta’kidlab o’tish lozimki, mintaqadagi har bir davlat uchun mazkur mintaqada joylashgan o’zga davlatlarning hulq-atvori va hatti-harakati (ular xoh hamkorlik xoh antangonistik ruhda bo’lsin) ularining tashqi va xavfsizlik sohasidagi siyosatini belgilab beruvchi muhim determinant bo’lib xizmat qiladi. Xalqaro-huquqda ham mintaqani belgilashda geografik omillar etakchi o’rinni egallaydi. Xususan, BMT Xavfsizlik Kengashi nodoimiy a’zolarni saylashda asosiy mezonlardan biri bo’lib, «adolatli geografik taqsimot» printsipi (BMT Nizomining 23-moddasi) belgilab qo’yilgan. Xavfsizlik Kengashini isloh qilish borasidagi zamonaviy munozaralarda BMT Xavfsizlik Kengashining doimiy va nodoimiy a’zolarini tanlashda mintaqa boshlang’ich nuqta sifatida ko’rilmoqda.


Mintaqaviylashuv (Regionalizatsiya) – hosila tushuncha bo’lib, mintaqa uning mazmunini ochib berishda boshlang’ich nuqta hisoblanadi. Mintaqaviylashuv tushunchasining eng neytral tavsifi davlatlar va xalqaro munosabatlarning boshqa ishtirokchilari faoliyatining mintaqa darajasida namoyon bo’lishi tarzida izohlanishi mumkin. Mintaqaviylashuv tushunchasining mazmuni, odatda, faoliyat, tashkillashtirish, mintaqa davlatlari o’zaro aloqalarini rivojlantirish va mustahkamlashdan iborat. Davlatlararo aloqalarning muayyan sohalarini mintaqa darajasida ixtisoslashuvi va muayyan tizimga solinishi ham mintaqaviylashuvning muhim jihatlarini ochib beradi. Mintaqaviy aktorlarning o’zaro munosabatlari, asosan, uch omilga asoslanadi: umumiy muammolarni hal etish; umumiy tahdidlarga qarshi kurashish; umumiy manfaatlarni himoya qilishG’amalga oshirish. Oxir oqibatda mintaqaviylashuv mintaqa chegaralarini shakllantiradi, uning xususiyatlari, alohidaligi va avtanomligini kuchaytiradi. Mintaqaviylashuv - yakuniy natijasi emas. U zamonaviy xalqaro munosabatlarning ob’ektiv tendentsiyasi bo’lib, mintaqa davlatlarining yaratuvchanlik, tartibga solish va rivojlanishga qaratilgan maqsadli faoliyatini ifodalaydi. Mintaqaviy tashkilotlar, mintaqaviy mansublik (identichnost), mintaqa haqida bilimlar mazkur jarayonning moddiy tus olishi sifatida namoyon bo’ladi. Qarang: Mintaqa, Regionalizm.
Regionalizm – mintaqaviy (umumiy) manfaatlar negizida muammolarni hal etish, maqsad va vazifalarga erishish hamda davlatlararo hamkorlik mexanizmini shakllantirish g’oyasiG’yondashuvdir. Millat uchun millatchilik qanday ahamiyat kasb etsa, mintaqa uchun regionalizm shunday ahamiyatga ega. Mazkur o’rinda regionalizm mintaqaviy mansublik (identichnost), ya’ni insonlarning muayyan mintaqaga mansub ekanligi, shuningdek, tarixi, madaniyati, an’analari, dini hamda manfaatlari, muammolari va tahdidlarining umumiyligini anglab etishlari bilan bevosita bog’liq holda ko’riladi. Regionalizm – «davlat tomonidan amalga oshiriluvchi loyiha»: uning g’oyalarini amalga oshiruvchi asosiy ishtirokchilar mintaqa davlatlaridir. Shu bilan birga xalqaro hayotda globallashuv bilan bog’liq va mazkur jarayonga bevosita ta’sir ko’rsatuvchi muqarrar voqelikni e’tibordan chetda qoldirish mumkin emas. Regionalizm «barcha mintaqaviy muammo va tahdidlarga davo» emas. Biroq, u rivojlanish va ichki mintaqaviy barqarorlikni ta’minlash salohiyatiga ega. Mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlash orqali davlatlar mintaqani jahon siyosati ob’ektidan uning aktoriga aylantirishlari va global jarayonlarga ta’sir ko’rsata olish salohiyatini oshirishlari mumkin.

Download 4.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling