Guliston davlat universiteti tarix kafedrasi eng yangi tarix


Kuch ishlatish yoki kuch ishlatish bilan tahdid qilishni ta’qiqlash printsipi (Printsip zapreheniya primeneniya silo’ ili ugrozo’ siloy)


Download 4.26 Mb.
bet85/126
Sana12.11.2023
Hajmi4.26 Mb.
#1768610
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   126
Bog'liq
portal.guldu.uz-ENG YANGI TARIX

Kuch ishlatish yoki kuch ishlatish bilan tahdid qilishni ta’qiqlash printsipi (Printsip zapreheniya primeneniya silo’ ili ugrozo’ siloy) – xalqaro tinchlik va xavfsizlikni ta’minlashda xalqaro huquq normalari tizimida markaziy o’rinni egallovchi umumiy xalqaro huquqning printsipi. BMT Nizomining 2-moddasi (4-bandi) binoan, «Tashkilotning barcha A’zolari o’zlarining xalqaro munosabatlarda har qanday davlatning hududiy daxlsizligi yoki siyosiy mustaqilligiga qarshi kuch ishlatish yoki kuch bilan tahdid qilishdan, shuningdek, yoki Birlashgan Millatlar Tashkiloti Maqsadlariga to’g’ri kelmaydigan boshqa biror-bir tarzdagi harakatlardan o’zlarini tiyadilar». Davlatlararo munosabatlarda mazkur printsipning samarali joriy etilishida kollektiv institutlar alohida o’rin tutadi. Ushbu printsip kollektiv xavfsizlik tizimi imkoniyatlarini kengaytirdi hamda xalqaro huquqning ijobiy rivojlanishiga jiddiy hissa qo’shdi. Shuningdek, u boshqa xalqaro-huquqiy hujjatlarda o’z rivojini topdi. Ulardan eng muhimlari BMT Nizomiga muvofiq davlatlar o’rtasidagi do’stona aloqalar va hamkorlikka oid xalqaro huquqning printsiplari to’g’risidagi deklaratsiya (1970 y.), Agressiya ta’rifi (1974 y.) va Xalqaro munosabatlarda kuch ishlatish va kuch ishlatish bilan tahdid qilishdan voz kechish printsiplarining samaradorligini oshirish to’g’risidagi deklaratsiya (1987 y.). Xususan, Xalqaro huquqning printsiplari to’g’risidagi deklaratsiya BMT Nizomining 2-modda 4-bandida ta’qiqlangan xatti-harakatlarni quyidagi tarzda kengaytirdi: agressiv urushlar; agressiv urushlarni targ’ib qilish; mavjud xalqaro chegaralarni (xususan, demarkatsiyaviy va vaqtincha tinchlik o’rnatuvchi chiziqlarni) buzish yoki xalqaro nizolarni hal etish maqsadida kuch ishlatish va kuch bilan tahdid qilish; kuch ishlatish bilan buzilgan huquqlarni tiklash (repressalii); xalqlarni o’z taqdirini o’zi belgilash huquqidan va mustaqilligidan mahrum qilish maqsadida kuch ishlatish; boshqa davlatning hududiga kirib borish maqsadida qurollangan jinoyatchi to’dalarni tuzish; ichki konfliktni tashkillashtirish, uni amalga oshirishga undash, yordam berish, mazkur konfliktda yoki boshqa davlat hududida terroristik aktni sodir etishda ishtirok etish; kuch ishlatish va kuch bilan tahdid qilish bilan xorijiy davlat hududini bosib olish.



Download 4.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling