Guliston davlat universiteti tarix kafedrasi eng yangi tarix


Harbiy-siyosiy bloklarda ishtirok etmaslik printsipi (Printsip neuchastiya v voenno-politicheskix blokax)


Download 4.26 Mb.
bet87/126
Sana12.11.2023
Hajmi4.26 Mb.
#1768610
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   126
Bog'liq
portal.guldu.uz-ENG YANGI TARIX

Harbiy-siyosiy bloklarda ishtirok etmaslik printsipi (Printsip neuchastiya v voenno-politicheskix blokax) – milliy va xalqaro xavfsizlik huquqining printsipi bo’lib, «sovuq urush» davri xalqaro munosabatlarida yuzaga kelgan va uning o’ziga xos xususiyati. Aynan ikki mafkuraviy tizim qarama qarshiligi paytida bloklar qarama-qarshiligi o’z cho’qqisiga etdi. Harbiy-siyosiy masalalar bu raqobatning negizini tashkil etgan bo’lsa ham, biroq qarama-qarshilik ikki tizimni bo’lib turuvchi butun chiziq bo’ylab davom etdi. Harbiy-siyosiy bloklar (masalan, NATO, Varshava shartnomasi tashkiloti, ANZYuS, G’arbiy Evropa ittifoqi va b.) AQShG’SSSR va ularning ittifoqchilari timsolida yuzaga kelishi mumkin bo’lgan harbiy tahdidlarni bartaraf etish maqsadida tashkil etildi. Ikki qutbli tizimning parchalanishi natijasida «dushman timsoli» o’z ahamiyatini yo’qotdi. An’anaviy mudofaa ittifoqlarining maqsad va vazifalari jiddiy transformatsiyaga uchradi: ularning faoliyati harbiy-siyosiy o’lcham doirasidan chiqmoqda; ular BMT Bosh Assambleyasi qoshida kuzatuvchi maqomiga ega bo’ldilar; BMT va mintaqaviy tashkilotlarning oliy darajadagi uchrashuvlarida muntazam ishtirok etmoqdalar. Mazkur printsip «O’zbekiston Respublikasi tashqi siyosiy faoliyatining asosiy printsiplari to’g’risida»gi qonun, «Mudofaa doktrinasi» hamda O’zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik kontseptsiyasida o’z ifodasini topgan.


Barbod bo’lgan davlatlar (Provalivshiesya gosudarstva. Failed states) – «covuq urush» davri va uning oqibatlari bilan bog’liq zamonaviy xalqaro munosabatlarning salbiy tendentsiyalaridan birini anglatuvchi ibora. Ikki qutbli tizimning parchalanishi bilan «tiyib turish doktrinasi» o’zining avvalgi mohiyatini yo’qotdi va qudratli davlatlarning dunyoning ayrim davlatlariga nisbatan manfaatlari «susaydi». Shuningdek, avvallari ikki tizimning global qarama-qarshiligi doirasida u yoki bu qudratli davlat manfaatlariga mos ravishda «o’chirib kelingan» mintaqaviy va submintaqaviy konfliktlar jonlana boshladi. Natijada bir qator davlatlar, birinchi navbatda, polietnik aholiga ega davlatlarda millatlararo va dinlararo konfliktlar,zo’ravonlik, millatchilikning o’sishi (masalan, sobiq Yugoslaviya, Somali, Sudan, Ruanda va b.) bilan bog’liq holda hokimiyat va huquqiy tartibotning inqirozi yuzaga kela.



Download 4.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling